4. Taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi.
Taʼlim tizimidagi islohotlar jarayonida xorijiy davlatlardagi yetakchi oliy
o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, o‘quv jarayonini xalqaro
taʼlim standartlariga moslashtirish masalasiga ham eʼtibor qaratilib, 2018-yilda ilk
bor xalqaro tajribalar asosida oliy taʼlim muassasalarining milliy reytinggi
yaratildi, taʼlim tizimi va ilmiy tadqiqot jarayoni tahlil etildi.
Mazkur tahlil sohada qator muammo hamda kamchiliklar borligini ko‘rsatdi.
Xususan, oliy taʼlim muassasalari qabul kvotasi qamrovi umumtaʼlim maktablari,
akademik litsey va kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining atigi 7-9 foizini tashkil
etardi. Bu ko‘rsatkich Rossiyada 74, Koreya respublikasida 96 foizdir.
Taʼlim tizimini takomillashtirish jarayonida 2019-yilda respublika
miqyosida jami 14 ta yangi oliy taʼlim muassasasi tashkil etildi, ulardan 6 tasi
mahalliy oliy taʼlim muassasasining filiali, 8 tasi xorijiy oliy taʼlim
muassasalarining filiali edi. Yangi tashkil etilgan 14 ta oliy taʼlim muassasasida 40
ta yangi taʼlim yo‘nalishi (bakalavriatura) va 41 ta yangi mutaxassislik
(magistratura) ochildi.
Oliy maʼlumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lgan olis, chekka va
tog‘li hududlarda joylashgan umumtaʼlim maktablari uchun maqsadli qabul
ko‘rsatkichlari belgilandi.
Natijada yoshlarning oliy taʼlim bilan qamrovi 20 foizga yetkazildi. Oliy
taʼlim muassasalarida talabalar soni 423 ming nafardan oshdi (2016-yilda 273
ming nafar). 2019-yili Oliy taʼlim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlari 121
mingdan oshdi (2016-yilga nisbatan ikki barobar).
Magistraturaga qabul 7705 tani tashkil etib, 2016-yilga nisbatan 1,5
barobarga (54 %) oshirildi. Bunda tabiiy va muhandis-texnik soha
mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq davlat granti asosida belgilandi hamda davlat
granti ulushi 54 %ga oshirildi. 55 ta oliy taʼlim muassasasida 21 ta xorijiy
davlatning (АQSh, Germaniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Gollandiya,
Indoneziya, Isroil, Italiya va boshqa) yetakchi universitetlari bilan hamkorlikdagi
159
qo‘shma taʼlim dasturlar asosida 83 ta taʼlim yo‘nalishi (bakalavriatura) va 64 ta
mutaxassislik (magistratura) bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
2019-yili respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari soni 60 foizga oshib, 116
taga yetdi. Ular orasida nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari borligi alohida
eʼtiborga loyiq.
Prezidentimizning 2018-yil 5-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim
sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori oliy taʼlim tizimidagi mavjud muammolarini bartaraf etish,
taʼlim sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Miziyoyevning 2019-yil 8-
oktabrda “O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi. Ushbu
Farmon oliy taʼlimda to‘planib qolgan uzoq yillik muammolarga yechim topib
berish barobarida, oliy taʼlimni jahon standartlariga javob bera oladigan,
mamlakatning kelajagi uchun xizmat qila oladigan darajaga ko‘tarishning yangi bir
davrini boshlab berganligini qayd etish zarur.
Ushbu konsepsiyada oliy taʼlim sohasida davlat – xususiy sheriklikni
rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari faoliyatini
tashkil etish asosida oliy taʼlim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada
sog‘lom raqobot muhitini yaratish; respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim
muassasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symondg Wotld
University Ranking, Times Higher Education yoki Akademic Ranking of World
Universites) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy taʼlim muassasalari
ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat
universitetini birinchi 500 o‘rindagi oliy taʼlim muassasalari ro‘yxatiga kiritish,
oliy taʼlim muassasalarini akademik mustaqilligini taʼminlash kabi qator muhim
vazifalar belgilandi.
Shuningdek, Farmonda nodavlat-notijorat tashkilot shaklidagi Respublika
oliy taʼlim Kengashini tuzish belgilandi. Kengash vazifalari sirasiga professor-
o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish, jamoatchilik va ish
beruvchining fikrini o‘rganish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali
oliy taʼlim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish,
shuningdek, “taʼlim berishda yuqori sifatni taʼminlash yuzasidan taʼsirchan
jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, bu borada ommaviy axborot vositalari va boshqa
fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish” vazifasi kiritildi.
Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli
ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
•
Xorijiy oliy taʼlim muassasalari dasturlari asosida o‘qitish tashkil
qilingan OTMlar soni 23 tadan 45 taga ko‘payadi.
•
O‘quv va ilmiy adabiyotlarning elektron shaklini yaratish 20 foizdan
30 foizga oshiriladi.
160
•
Magistratura
mutaxassisligi
bitiruvchilarini
ilmiy
faoliyatga
yo‘naltirish 15 foizdan 45 foizgacha ko‘tariladi.
•
Xorijda
malaka
oshirgan
va
stajirovka
o‘tagan professor-
o‘qituvchilarning ulushi 2 foizdan 20 foizgacha oshiriladi.
•
Muhandislik – texnik taʼlim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar
ulushi 20 foizdan 50 foizgacha ko‘payadi.
•
2019-yil aholini oliy taʼlim bilan qamrab olish 20 foizni tashkil etgan
bo‘lsa, 2030-yilga borib 50 foizga oshadi.
•
Nodavlat, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy
taʼlim muasasalari soni 35 taga yetkaziladi.
•
Kredit – moddiy tizim joriy etiladigan oliy taʼlim muassasalari soni
ham 2 tadan 85 taga ko‘payadi.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, so‘nggi yillarda ilmiy tadqiqot ishlarini
rivojlantirish masalasiga ham katta eʼtibor qaratildi. 2017-2019-yillarda 1693 nafar
professor-o‘qituvchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishi natijasida oliy taʼlim
muassasalarida ilmiy darajaga ega pedagog xodimlar soni 9636 taga yetdi, shu
davr oralig‘ida oliy o‘quv yurtlarining 1611 nafar professor-o‘qituvchisi xorijiy
oliy taʼlim muassasalarida stajirovka o‘tashi va malaka oshirishi taʼminlandi.
Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalar magistratura
mutaxassisliklariga 112 nafar, doktoranturasiga 51 nafar yoshlar taʼlim olishga
yuborildi.
Yuqorida keltirilgan meʼyoriy hujjatlarning amalga oshirilishi oliy taʼlim
muassasalarining taraqqiyotida muhim ahamiyatga molik masaladir. Bu jarayonda
oliy taʼlim muassasalarining real imkoniyatlaridan kelib chiqib, qabul kvotalarini
mustaqil belgilash tizimini joriy etishga yo‘l ochildi. Shu bilan birgalikda, bu oliy
taʼlim olish istagidagi yoshlarimizga bir vaqtning o‘zida bir necha oliy o‘quv
yurtlariga hujjat topshirish imkoniyatini ham yaratdi. Fuqarolarimizning chet
davlatlardagi OTMlardan O‘zbekiston OTMlariga o‘qitishni ko‘chirish tizimi
soddalashtirildi. 2019-2020 o‘quv yilida o‘qishni ko‘chirishga yalpi ravishda
ruxsat berildi. Natijada minglab talaba yoshlar respublika OTMlarida o‘qishni
davom ettirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Oliy taʼlimdagi sifat o‘zgarishlari bilan birgalikda, uning jamiyat hayotidagi
insonparvarlik jihatlariga ham alohida to‘xtalib o‘tish joiz bo‘ladi. Masalan, Davlat
komissiyasi majlisining 2020-yil 1-son bayoni bilan, Respublika OTMlariga
umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan xotin-
qizlar
uchun
to‘rt
foizli
qo‘shimcha
davlat
granti
asosidagi
qabul
ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Unga ko‘ra, yangi
o‘quv yilida xotin-qizlar uchun OTMlar bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakliga
qo‘shimcha 940 ta kvota ajaratildi.
2020/2021 o‘quv yili uchun respublika OTMlariga abituriyentlarni qabul
qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha
ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari belgilandi. Unga ko‘ra,
respublika miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 2799 ta kvota berildi.
161
O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish
bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni qaroriga muvofiq:
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni
2020/2021 o‘quv yilida respublika oliy taʼlim muassasalarining sirtqi va kechki
taʼlim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida
o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik
birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Umuman aytganda, mustaqillik yillarida mamlakatimizda uzluksiz taʼlim
tizimini jahon talablari darajasiga ko‘tarish doimo kun tartibida turdi. Oliy taʼlim
sifatini, universitetlarning jahonning nufuzli universitetlari qatoridan joy olishi
O‘zbekistondagi oliy taʼlim oldiga qo‘yilgan birlamchi talablardan bo‘lib
qolmoqda. Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi, yangi fan, ilm-tadqiqot,
innovatsion yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning
samarali mexanizmi yaratilmoqda. Taʼlim tuzilishini modernizatsiyalash, uni
demokratlashtirish, kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, taʼlim dasturini
erkin tanlash, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish tobora kuchayib bormoqda.
Taʼlimni fundamentallashtirish, maʼnaviy masʼul shaxsni shakllantirish, bilishni
emas, balki fikrlashni o‘rgatish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yosh
avlodning har tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan-yangi
qonun loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha
innovatsion loyihalar ishlab chiqish, taʼlim tizimining barcha bosqichlarida sifat
o‘zgarishlariga erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar yanada kuchaytirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |