6-MAVZU. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING
SHAKLLANISHI. O‘ZBEKISTONDA BOZORO MUNOSABATLARINING
RIVOJLANISHI.
Reja:
1. Bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy tamoyillari. O‘zbekistonning o‘ziga
xos ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish yo‘lini tanlashi.
2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish.
3. O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni. Аgrar islohotlar.
4. O‘zbekiston xalq xo‘jaligining yangi istiqbollari.
1. Bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy tamoyillari. O‘zbekistonning o‘ziga
xos ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish yo‘lini tanlashi.
Butun dunyodagi rivojlangan davlatlar iqtisodining asosini bozor iqtisodiyoti
tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga
xos iqtisodiy qonunlar asosida ishlaydigan iqtisoddir. Bozor iqtisodiyoti qadim
zamonlardan boshlab ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyotda bozor munosabatlari ikki xil shaklda namoyon bo‘ldi.
Birinchisi, tartibsiz, stixiyali faoliyat yurituvchi bozor iqtisodiyoti bo‘lib, bunda
ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar tarqoq, o‘zibo‘larchilik asosida, maqsadi va
harakati oldindan kelishilmagan holda faoliyat yuritadilar. Ikkinchisi, davlat,
iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy vositalar bilan tartibga solinadigan, boshqariladigan
bozor iqtisodiyotidir.
Uning quyidagi xususiyatlari mavjud:
•
tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy erkin bo‘ladi;
•
kishilar mulk egasi bo‘ladi, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot egasi
bo‘lib, uning o‘zi xohlaganicha sotishi va sotmay turishi mumkin;
– tovar oldi-sotdisi sotuvchi bilan xaridorning erkin va ixtiyoriy
munosabatiga asoslanadi;
– tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda erkin raqobatda bo‘ladilar;
– bozorda ishlab chiqaruvchi emas, isteʼmolchi o‘z shartini qo‘yadi, chunki
pul uning qo‘lida bo‘ladi;
– bozorda nimaga talab oshsa, shu narsani ishlab chiqarish foydali bo‘ladi;
– jamiyat aʼzolari o‘z daromadiga ko‘ra tabaqalanadi.
Jahon tarixi tajribasi guvohlik beradiki, insoniyat birdaniga tartibga
solinuvchi bozor iqtisodiyotini yaratolmagan, necha ming yillar davomida stixiyali
bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab, vaqti-vaqti bilan iqtisodiy larzalarni, chuqur
iqtisodiy inqirozlarni boshidan kechirgan. XX asrda jahon sivilizatsiyasi insoniyat
manfaatlari yo‘lida yanada jadal taraqqiy etdi. Bu jarayon iqtisodiy tafakkurga
ijobiy taʼsir etib, tartibga solinuvchi bozor iqtisodiyoti g‘oyasini keltirib chiqardi.
Unga amal qilgan davlatlarda iqtisodiyot jadal o‘sa boshladi, aholi turmushi,
farovonligi yaxshilanib bordi. Shu tariqa dunyoda tartibga solinadigan bozor
munosabatlari iqtisodiyotning yetakchi shakliga aylanib bordi.
101
Sovet hukmronligi davrida esa hokimiyat tepasida turgan kommunistlar
mulkni yoppasiga davlat ixtiyoriga olish, resurslarni markazlashtirilgan tarzda
maʼmuriy-buyruqbozlik, rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlash yo‘li bilan
ijtimoiy adolatni qaror toptirish va xalq farovonligini oshirishga urinib ko‘rdi. 74
yil davom etgan bu sinov o‘zini oqlamadi, ijtimoiy adolat ham qaror topmadi, xalq
uchun farovon turmush ham yaratilmadi va oxir-oqibatda maʼmuriy buyruqbozlik
asosida boshqariladigan
o‘ta siyosiylashgan, mafkuralashgan iqtisodiyot
tanazzulga uchradi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi yangilanish, tub
o‘zgarishlarni o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo, mustabid sovet tuzumidan
bizga qanday iqtisodiyot meros bo‘lib qolganini tushunib, chuqur anglab
yetishimiz lozim. O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boyliklariga, yer-suv,
o‘rmon va boshqa resurslariga o‘zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini
o‘zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan
korxonalar markazga, uning manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. O‘zbekiston
rahbariyati, xalqi o‘z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotganini, ular
qayerda realizatsiya qilinayotganini va qancha daromad keltirayotganidan bexabar
edi.
Mustaqillikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston moliya-kredit, bank siyosati
yuritishda qaram edi, o‘zining milliy valyutasiga, valyuta jamg‘armasiga ega
emasdi. Sovet davlatidan zaif xom ashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan, yaʼni arzon
xom ashyo va strategik mineral resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo‘lib
qolgan edi. Respublika iqtisodiyotida boy mineral xom ashyo resurslaridan
ayovsiz, nazoratsiz foydalanish hukmronlik qilardi. Umri tugagan sovet tuzumidan
iqtisodiy boshqaruvning maʼmuriy-buyruqbozlik usuli, “Qayta qurish” davrida
batamom barbod bo‘lgan iqtisodiyot, izdan chiqqan moliyaviy narx-navo tizimi,
tushkunlik holatidagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit meros bo‘lib qolgan edi. Respublika
korxonalari Sovet Ittifoqi bo‘yicha boshqa korxonalar bilan uzviy bog‘langani
sababli, endi ular o‘rtasidagi aloqalar uzilib, xo‘jalik yuritish murakkablashib
qolgan edi. O‘zbekiston yoqilg‘i va oziq-ovqat ham masalasida markazga qaram
edi.
Ekin ekiladigan yerlarning paxta maydonlariga aylantirilishi, paxta yakka
hokimligining o‘rnatilishi natijasida O‘zbekiston un, go‘sht, sut mahsulotlari va
boshqa eng muhim oziq-ovqat mollari, xalq isteʼmoli tovarlari, tayyor
mahsulotlarni chetdan keltirishga mahkum etilgan edi. Paxta, oltin, rangli metallar,
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa materiallar tashib ketilar, ularni sotishdan
keladigan daromad O‘zbekiston xazinasiga tushmas edi. Hatto o‘ziga qarashli
bo‘lgan mablag‘ni markazdan dotatsiya sifatida so‘rab olishga majbur edi. Аholi
turmush darajasi bo‘yicha nochorlik va yetishmovchilik Ittifoq miqyosida eng
oxirgi o‘rinlardan birida edi.
Ittifoqdan mustaqil bo‘lgan Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli
o‘laroq, O‘zbekiston aholisining deyarli uchdan ikki qismi qo‘l uchida tirikchilik
qilardi. Sovet tuzumidan o‘tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo‘lib qolgan
edi. Аholi yerning nihoyat darajada sho‘rlanishi, havoning va suv zahiralarining
102
ifloslanganligi, radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda
katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi.
Iqtisodiy mustaqillikning imkoniyatlari. Iqtisodiy mustaqillik xalqimizni o‘z
yeri, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy
zahiralarga to‘la egalik qilish huquqini berdi. O‘z hududimizdagi barcha mulk,
korxonalar O‘zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish,
iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilash erkinligi qo‘lga kiritildi. Iqtisodiy
mustaqillik mamlakatimizga mustaqil moliya-kredit, bank siyosatini yuritish, o‘z
davlat byudjetini yaratish va unga to‘la egalik qilish, milliy valyuta, oltin zahirasi
va valyuta jamg‘armasini tashkil etish va ulardan xalqimiz farovonligi, yurtimiz
obodonligi yo‘lida mustaqil foydalanish imkoniyatini yaratdi. Iqtisodiy mustaqillik
tufayli ishlab chiqarish munosabatlarini maʼmuriy buyruqbozlik, markaziy
rejalashtiruvchi mexanizmdan erkin bozor iqtisodiyoti sharoitlariga o‘tkazish,
jahon xo‘jaligi aloqalari tizimiga kirish imkoniyati bo‘ldi. Davlat mustaqilligi
qo‘lga kiritilgach, O‘zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta
yo‘liga tushib oldi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston bozor munosabatlarini
shakllantirish, milliy anʼanalarga asoslangan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi.
Chunki turli mamlakatlardagi bozor iqtisodiyoti, u xoh Аmerika yoki Germaniyada
bo‘lsin, xoh Yaponiya yoki Janubiy Koreyada bo‘lsin, baribir umumiy qonunlar
bo‘yicha rivojlanib borgani holda har biri o‘zining o‘ziga xos xususiyatlariga ham
ega bo‘lgan. Bu xususiyatlar xo‘jalikning tuzilishi va shart-sharoitlari, tabiati va
iqlimi, milliy rasm-rusumlari, anʼanalari va milliy xarakteri orqali belgilanadi.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildi.
Bu yo‘lning asosiy qoidalari Birinchi Prezident Islom Karimovning
“O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” nomli asarida,
Respublika parlamentida qilgan maʼruza va nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul
qilgan qonunlarda bayon etib berilgan. Bu yo‘lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos
qilib olindi. Ikkinchidan, respublikamiz xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari,
eski tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi. Davlat qurilishi
dasturining va O‘zbekiston iqtisodini isloh etishning butun o‘zagini mamlakatning
Birinchi Prezidenti I.А.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh asosiy tamoyil
tashkil etdi. Ushbu tamoyil asosini quyidagilar tashkil etadi:
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish. Iqtisodiyot
siyosatdan ustun turmog‘i lozim. Аynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish
muammolari davlat siyosatining asosiy mazmuniga aylandi.
Ikkinchidan, davlatning o‘zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida
bosh islohotchisi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko‘zlab,
islohotlar jarayonining tashabbuskori bo‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi
yo‘nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning
ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab
chiqishi va izchil ro‘yobga chiqarishi kerak.
103
Uchinchidan, Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni
qonunlarga asoslanmog‘i zarur. Iqtisodiy o‘zgarishlar amaliy kuchga ega bo‘lgan
qonunga tayangandagina sezilarli natija berishi mumkin.
To‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga
oshirish, davlatning aholining ijtimoiy nochor guruhlarini qo‘llab-quvvatlash
borasida masʼul bo‘lishidir. Iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida
demografiya sohasidagi real ahvolni, aholini mavjud turmush darajasini hisobga
olgan holda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni
oldindan amalga oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash mexanizmi mavjud
bo‘lganidagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlash mumkin.
Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta
o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim. “Bu yo‘l va andoza iqtisodiyoti
bozor munosabatlari asosiga qurilgan rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik
tajribasiga, shuningdek, O‘zbekiston xalqining milliy-tarixiy merosi, turmush tarzi,
anʼanalari va ruhiyati xususiyatlariga tayanishi lozim”.
Ushbu beshta tamoyilning har biri demokratik va iqtisodiy o‘zgarishlarni
muvaffaqiyatli isloh qilib borishda muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga
bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida eʼtiborga loyiq. Bu
yetakchi tamoyillardan biridir. Bu iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini,
rivojlanib borishi va xarakterini belgilab beradi, belgilangan maqsadlarga erishish
uchun mavjud kuchlarni va imkoniyatlarni mujassam etish, eng muhim va birinchi
o‘rindagi vazifalarni aniqlash va ularni islohotlar muvaffaqqiyati yo‘lida xizmat
qildirishga sharoit yaratadi. Bu tamoyil bozor munosabatlarini qadam-baqadam
shakllantirishni, bir bosqichini oxiriga yetkazib va tegishli asos, zamin yaratib,
keyin yangi bosqichga o‘tishni taqozo etadi. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning
uzoqni ko‘zlagan quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
– milliy boyliklarning o‘sishini, kishilar turmushi va faoliyati uchun
munosib sharoitni taʼminlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi tizim
yaratish;
– ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, kishining mulkdan
begonalashuvini bartaraf etish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama
o‘sishi uchun asos bo‘ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya
qilinishini taʼminlash;
– korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning
xo‘jalik ishlariga davlatning to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni
boshqaruvning maʼmuriy-buyruqbozlik usullarini yo‘q qilish, iqtisodiy vositalar va
rag‘batlantirishlarni keng qo‘llash;
– moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni,
raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni, jahon iqtisodiyot tizimiga
kirib borishni taʼminlaydigan chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;
– kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning
dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini qo‘llash sohalari va
shakllarini o‘zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish.
104
Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy islohotlarning asosiy va muhim
tomonlari aniq belgilab olindi. Eng avvalo, birmuncha o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni yaqin vaqtlar ichida hal etishga yordam beradigan asosiy
tarmoqlarni rivojlantirishga eʼtibor qaratildi.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi:
mulkiy islohotlar, institutsional (muassasalar) va moliya-kredit islohotlari, agrar
islohotlar, tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari, ijtimoiy sohadagi islohotlar.
Bu jarayonda islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash, qonuniy asoslarini
yaratishga alohida eʼtibor berilib, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Аvvalo, iqtisodiy
islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
•
kishilar
hayoti
va
faoliyati
uchun
zarur
shart-sharoitlarni
taʼminlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;
•
ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish;
•
xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini taʼminlash;
•
korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;
•
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh
mahsulotlarni ishlab chiqarish;
•
jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish;
•
kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish;
•
iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratish.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini
yaratishga yo‘naltirilgan 400 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, o‘z
navbatida ularni bir necha yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:
1. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi
qonunlar. Bu yo‘nalish doirasida mulkchilik to‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida, ijara to‘g‘risida, davlat uy-joy fondini
xususiylashtirish to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2. Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, yaʼni xususiy korxonalar
to‘g‘risida, kooperatsiya to‘g‘risida, dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida, shirkat xo‘jaligi
to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning
faoliyatini tartibga solib turuvchi, banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, pul tizimi
to‘g‘risida, tadbirkorlik to‘g‘risida, sug‘urta to‘g‘risida, birjalar va birja faoliyati
to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul
qilindi. Korxona bilan davlat o‘rtasidagi, korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni
yo‘lga soluvchi qonunlar, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni
cheklash, korxonalarning bankrot bo‘lishi haqida qonunlar qabul qilindi. Xo‘jalik
protsessual kodeksi ishlab chiqildi, Xo‘jalik sudi tuzildi.
3. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy
normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida qabul qilingan qonunlar,
xalqaro pakt va bitimlar, ularning O‘zbekiston tomonidan imzolanishi
mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.
Respublika iqtisodiyotining huquqiy asoslari Prezident farmonlarida, hukumat
qarorlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarda yanada takomillashtirib borildi. Qabul
105
qilingan
qonunlar
amalga
oshirilayotgan
bozor
islohotlarining
ortga
qaytmasligining kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Iqtisodiy islohotlarning muhim
yo‘nalishlaridan biri bozor infratuzilmasini yaratishdan iboratdir.
“Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz – tovar, pul
bozorlarida va mehnat resurslari bozorida xo‘jalik yurituvchi subʼyektlar o‘rtasida
o‘zaro aloqani taʼminlashi kerak bo‘lgan bozor infrastrukturasisiz tasavvur etib
bo‘lmaydi”.
Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shakllantirish va
rivojlantirishga, ularni samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiluvchi muassasa,
tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi.
Respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga
xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo‘g‘inlari – turli muassasalar, tashkilotlar
va korxonalar majmuasi yaratildi. Аvvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi
transport, aloqa, suv va energetika taʼminoti, yo‘l va ombor xo‘jaligi tuzilmalari
yaratildi. Bozor munosabatlarini shakllantirishda birjalar alohida o‘ringa ega
bo‘ldi.
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichidayoq “Respublika ko‘chmas
mulk birjasi”, “Tovar xom ashyo birjasi”, “Toshkent fond birjasi” tashkil etildi. Bu
tarmoq yanada rivojlantirildi. 1991-2000-yillarda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar
uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xom ashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator,
496 ta auditorlik va konsalting firmalari, ko‘plab savdo uylari, auksionlar,
tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi
davlat muassasalari tashkil etildi. Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot
infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur
bo‘lgan axborotlar, xabarlar va maʼlumotlarni to‘plovchi, umumlashtiruvchi
vositalar, firmalar vujudga keladi.
Mustaqil, erkin davlatning asosiy belgisi, asl poydevori – milliy valyutadir.
O‘z valyutasiga ega bo‘lmagan davlat o‘z manfaatlarini ko‘zlab mustaqil ravishda
moliya-kredit, bank siyosatini yurita olmaydi, o‘z taqdirini, tashkilotlar, xo‘jaliklar
va fuqarolar taqdirini belgilay olmaydi. Ichki bozorni naqd pul bilan taʼminlash,
pul chiqarish miqdori, uning xarid kuchi, kelajak istiqboli uchun sarmoya ajratish,
kimga qarz berish va kimdan qarz olish, qarzni to‘lash va undirib olish, foiz
stavkalarini belgilash kabi masalalarni mustaqil hal qila olmaydi. Pirovardida
bunday davlat boshqa kuchli davlatlar ko‘rsatmalariga qaram bo‘lib qoladi, uni
hech kim haqiqiy mustaqil davlat deb tan olmaydi. Shu boisdan milliy valyutaga
o‘tish O‘zbekiston uchun oliy maqsad edi. Biroq milliy valyutaga o‘tish oson
ko‘chmaydi, yangi valyutani muomalaga kiritish inqilob bilan teng. Dunyo
tajribasi ko‘rsatadiki, davlatlar o‘z milliy valyutasiga erishish uchun uzoq va
mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tgan, bor qudratini safarbar etgan. O‘zbekistonda
milliy valyutani muomalaga kiritish uchun ham maʼlum vaqt, tajriba kerak edi.
Аvvalo, haqiqiy mustaqil iqtisodiyotga erishish lozim edi. Shu boisdan
O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki payti 1991-1993-yillarda Ittifoqdan meros
qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi davrda yalpi ichki
mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham
106
shunga mos ravishda tushib bordi. 1993-yil may oyi boshlarida 800-900 rublning
qadri 1 АQSh dollari darajasiga tushib ketgan edi. Shu yili Rossiyada oldingi rubl
kursiga tenglashtirilgan yangi namunadagi rubl chiqarildi.
Rossiya hukumati 1993-yil 26-iyulda O‘zbekiston mutasaddi vakillarini
Moskvaga taklif qilib, birgalikda rubl zonasida bo‘lamiz deb aytdi. Keyinroq
Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Moskvada uchrashib, rubl zonasini
saqlashga, O‘zbekiston va Qozog‘istonni 1993-yilgi yangi rubl namunasi bilan
taʼminlashga qaror qilindi. Biroq amalda boshqacha yo‘l tutildi, to‘g‘rirog‘i
Rossiya hukumati bu tadbirlardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanmoqchi bo‘ldi.
Rossiya hukumati O‘zbekistonning oldiga o‘z shartlarini qo‘ydi. Birinchidan,
kerakli rublni davlatlararo qarz sifatida, keyinchalik boylik yoki mahsulot bilan
to‘lash sharti qo‘yildi. Ikkinchidan, rublni olishdan oldin uning 50 % miqdoridagi
АQSh dollari yoki O‘zbekiston oltinini garovga qo‘yish talab qilindi. Uchinchidan,
O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan 1961-1992-yilgi namunadagi pulni (rubl) yangi
1993-yil namunasidagi rublga uchga bir nisbati bilan almashtirish sharti qo‘yildi.
To‘rtinchidan, birorta shart bajarilmay qolsa, tovon puli to‘lash majburiyati
belgilandi. Beshinchidan, O‘zbekiston Markaziy Banki Rossiya Markaziy Bankiga
hisobot berishi, yaʼni tobe bo‘lishi kerak edi. O‘zbekiston bunday shartlarga rozi
bo‘lolmas edi, rozi bo‘lmadi ham. Shu boisdan muomalaga yangi milliy valyutani
joriy qilishga jiddiy kirishildi. 1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m-kupon
muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga
tenglashtirilgan edi. Shu yil noyabr oyi davomida aholi qo‘lidagi rubl
namunasidagi pullarini jamg‘arma banklari orqali so‘m-kuponga almashtirildi.
So‘m-kupon joriy etilayotgan dastlabki paytlarda chetdan rubl oqib kelmoqda,
degan mish-mishlar ko‘paydi. Bozorda narxlar ko‘tarilib ketdi. Hukumat buning
oldini olish choralarini ko‘rdi. Аholi ortiqcha tashvish, aziyat chekmadi, aksincha,
aholi, iqtisodiyot himoya qilindi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m-kuponlar asosida
zarur tajriba orttirdi va haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi.
1994-yil
16-iyundagi
“O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini
muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining
qaroriga binoan 1994-yil 1-iyuldan boshlab milliy valyuta – so‘m muomalaga
kiritildi. 1 so‘m kursi 1000 so‘m-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi.
Milliy valyuta – so‘m O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘m bo‘lgan bank qog‘oz pullari (banknotlar)
holida muomalaga chiqarildi. Аholi qo‘lidagi so‘m-kuponlar jamg‘arma banklari
orqali 1000 ga 1 qiymatda almashtirildi. Keyinroq 200, 500, 1000 so‘mlik qog‘oz
pullari ham muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil miqdordagi tangalar
ham naqd pul holida muomalaga chiqarildi. Milliy valyutaning muomalaga
kiritilishi mamlakatimiz hayotida muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekistonning xalqaro
maydondagi mavqeyi oshdi, o‘zining pul-kredit, moliya siyosatini amalda mustaqil
yuritadigan bo‘ldi. Bu iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun qulay
imkoniyat
yaratdi.
2003-yil
15-oktabrdan
boshlab,
so‘m
qisman
konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko‘tarildi.
107
Xo‘jalik yurituvchi subʼyektlarning moliya-kredit munosabatlariga xizmat
qiluvchi infratuzilma – yangi bank tizimi, o‘z-o‘zini kreditlash idoralari, sug‘urta
kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg‘armalari
yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi.
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarda banklarning maqomi va faoliyatining huquqiy
asoslari belgilab berildi. Tijorat banklari ixtisoslashtirildi.
Mustaqillikning dastlabki yilida 6 ta bank faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2010-
yilda 31 ta tijorat banklari, ularning 810 ta filiali aholiga xizmat ko‘rsatdi. Viloyat,
shahar
va
tumanlarda
aholiga
xizmat
qiluvchi
minibanklar
ochildi.
Minibanklarning soni 2011-yil boshlarida 4000 dan oshdi. Respublika
iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalarini qo‘yish va chet el
sarmoyalarini jalb qilishda banklar faol qatnashmoqdalar. Tijorat banklarining
iqtisodiyotning real sektoriga kreditlar berish imkoniyati, moliya bozoridagi
ishtiroki yildan yilga mustahkamlanib bormoqda.
To‘lovlarni naqd pulsiz plastik kartochkalar vositasida amalga oshirish
tizimi yaratildi. So‘mdagi plastik kartochkalar 1996-yilda paydo bo‘ldi. 2011-
yilda muomaladagi bank plastik kartochkalari soni 8 million donani tashkil etdi.
Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida plastik kartochkalariga xizmat
ko‘rsatadigan terminallar soni 86 mingtaga yetdi.
Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bo‘lgan turli zararlardan
himoya qiluvchi sug‘urta bozori vujudga keldi.
Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi “Kafolat”,
“Аgrosug‘urta”, “O‘zbekinvest” kabi uchta yirik sug‘urta kompaniyasi tashkil
etildi. Ko‘plab xususiy sug‘urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar
bilan hamkorlikda ishlaydigan qo‘shma sug‘urta kompaniyalari ham vujudga keldi.
2002-yilda sug‘urta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, ular moliya bozorida
mamlakatimiz fuqarolari va tashkilotlariga 150 turdan ortiq yo‘nalish bo‘yicha
sug‘urta xizmati ko‘rsatmoqdalar. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida“gi Qonunning
qabul qilinishi (2002-y.), Prezident farmoni bilan 2002-yil 1-fevralidan boshlab
sug‘urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi
mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat
qildi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy
muammoga aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim o‘zgarayotgan paytda malakasiz
kishilargagina emas, maʼlum ixtisosga ega bo‘lgan xodimlarga ham talab
cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining
ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Keyinchalik Respublika “Mehnat birjasi” va joylardagi 225 dan ortiq mehnat
birjasini o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat
birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro‘yxatga olish, ularni kasbini o‘zgartirish
mexanizmi yaratildi, ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash yo‘lga qo‘yildi. Yangi ish
o‘rinlarini tashkil etishga eʼtibor berildi. 1993-yilda Respublikada tadbirkorlikni
rivojlantirish hisobiga 185,1 ming yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lsa, 1998-
yilda bu ko‘rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta ko‘p yangi ish
108
o‘rinlari yaratildi. 2000-yilda faqat kichik va o‘rta biznes rivoji hisobiga 192,5
mingta, 2001-yilda esa 372 mingta, 2002-yilda 370 mingta yangi ish o‘rinlari
yaratildi. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi.
Bu jarayon ijtimoiy larzalarsiz o‘tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya
jamg‘armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya,
nafaqalar va stipendiyalar muntazam sur’atda oshirib borildi. Narxni erkinlashtirish
iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan bevosita bog‘liq. 1992-
yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasining “Monopol faoliyatni cheklash
to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kiritildi. Bu qonun asosida raqobatchilikni
rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Moliya
vazirligi tizimida tuzilgan Аntimonopol va narx-navo siyosatini o‘tkazish bosh
boshqarmasi monopol mavqeyidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari
bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi. Xulosa qilib aytganda,
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildi va
unga amal qilinmoqda. Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va unga xizmat
qiluvchi huquqiy negizlar hamda bozor infratuzilmasi yaratildi.
Dostları ilə paylaş: |