Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


-MAVZU. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

6-MAVZU. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING 
SHAKLLANISHI. O‘ZBEKISTONDA BOZORO MUNOSABATLARINING 
RIVOJLANISHI. 
Reja: 
1. Bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy tamoyillari. O‘zbekistonning o‘ziga 
xos ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish yo‘lini tanlashi. 
2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 
rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish. 
3. O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni. Аgrar islohotlar. 
4. O‘zbekiston xalq xo‘jaligining yangi istiqbollari. 
1. Bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy tamoyillari. O‘zbekistonning o‘ziga 
xos ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish yo‘lini tanlashi. 
Butun dunyodagi rivojlangan davlatlar iqtisodining asosini bozor iqtisodiyoti 
tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga 
xos iqtisodiy qonunlar asosida ishlaydigan iqtisoddir. Bozor iqtisodiyoti qadim 
zamonlardan boshlab ming yillar davomida shakllanib, takomillashib kelmoqda. 
Iqtisodiy taraqqiyotda bozor munosabatlari ikki xil shaklda namoyon bo‘ldi. 
Birinchisi, tartibsiz, stixiyali faoliyat yurituvchi bozor iqtisodiyoti bo‘lib, bunda 
ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar tarqoq, o‘zibo‘larchilik asosida, maqsadi va 
harakati oldindan kelishilmagan holda faoliyat yuritadilar. Ikkinchisi, davlat, 
iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy vositalar bilan tartibga solinadigan, boshqariladigan 
bozor iqtisodiyotidir.
Uning quyidagi xususiyatlari mavjud: 
• 
tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy erkin bo‘ladi; 
• 
kishilar mulk egasi bo‘ladi, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot egasi 
bo‘lib, uning o‘zi xohlaganicha sotishi va sotmay turishi mumkin; 
– tovar oldi-sotdisi sotuvchi bilan xaridorning erkin va ixtiyoriy 
munosabatiga asoslanadi; 
– tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda erkin raqobatda bo‘ladilar; 
– bozorda ishlab chiqaruvchi emas, isteʼmolchi o‘z shartini qo‘yadi, chunki 
pul uning qo‘lida bo‘ladi; 
– bozorda nimaga talab oshsa, shu narsani ishlab chiqarish foydali bo‘ladi;
– jamiyat aʼzolari o‘z daromadiga ko‘ra tabaqalanadi. 
Jahon tarixi tajribasi guvohlik beradiki, insoniyat birdaniga tartibga 
solinuvchi bozor iqtisodiyotini yaratolmagan, necha ming yillar davomida stixiyali 
bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab, vaqti-vaqti bilan iqtisodiy larzalarni, chuqur 
iqtisodiy inqirozlarni boshidan kechirgan. XX asrda jahon sivilizatsiyasi insoniyat 
manfaatlari yo‘lida yanada jadal taraqqiy etdi. Bu jarayon iqtisodiy tafakkurga 
ijobiy taʼsir etib, tartibga solinuvchi bozor iqtisodiyoti g‘oyasini keltirib chiqardi. 
Unga amal qilgan davlatlarda iqtisodiyot jadal o‘sa boshladi, aholi turmushi, 
farovonligi yaxshilanib bordi. Shu tariqa dunyoda tartibga solinadigan bozor 
munosabatlari iqtisodiyotning yetakchi shakliga aylanib bordi. 


101 
Sovet hukmronligi davrida esa hokimiyat tepasida turgan kommunistlar 
mulkni yoppasiga davlat ixtiyoriga olish, resurslarni markazlashtirilgan tarzda 
maʼmuriy-buyruqbozlik, rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlash yo‘li bilan 
ijtimoiy adolatni qaror toptirish va xalq farovonligini oshirishga urinib ko‘rdi. 74 
yil davom etgan bu sinov o‘zini oqlamadi, ijtimoiy adolat ham qaror topmadi, xalq 
uchun farovon turmush ham yaratilmadi va oxir-oqibatda maʼmuriy buyruqbozlik 
asosida boshqariladigan 
o‘ta siyosiylashgan, mafkuralashgan iqtisodiyot 
tanazzulga uchradi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotidagi yangilanish, tub 
o‘zgarishlarni o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo, mustabid sovet tuzumidan 
bizga qanday iqtisodiyot meros bo‘lib qolganini tushunib, chuqur anglab 
yetishimiz lozim. O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boyliklariga, yer-suv, 
o‘rmon va boshqa resurslariga o‘zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini 
o‘zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan 
korxonalar markazga, uning manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. O‘zbekiston 
rahbariyati, xalqi o‘z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotganini, ular 
qayerda realizatsiya qilinayotganini va qancha daromad keltirayotganidan bexabar 
edi. 
Mustaqillikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston moliya-kredit, bank siyosati 
yuritishda qaram edi, o‘zining milliy valyutasiga, valyuta jamg‘armasiga ega 
emasdi. Sovet davlatidan zaif xom ashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan, yaʼni arzon 
xom ashyo va strategik mineral resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo‘lib 
qolgan edi. Respublika iqtisodiyotida boy mineral xom ashyo resurslaridan 
ayovsiz, nazoratsiz foydalanish hukmronlik qilardi. Umri tugagan sovet tuzumidan 
iqtisodiy boshqaruvning maʼmuriy-buyruqbozlik usuli, “Qayta qurish” davrida 
batamom barbod bo‘lgan iqtisodiyot, izdan chiqqan moliyaviy narx-navo tizimi, 
tushkunlik holatidagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit meros bo‘lib qolgan edi. Respublika 
korxonalari Sovet Ittifoqi bo‘yicha boshqa korxonalar bilan uzviy bog‘langani 
sababli, endi ular o‘rtasidagi aloqalar uzilib, xo‘jalik yuritish murakkablashib 
qolgan edi. O‘zbekiston yoqilg‘i va oziq-ovqat ham masalasida markazga qaram 
edi. 
Ekin ekiladigan yerlarning paxta maydonlariga aylantirilishi, paxta yakka 
hokimligining o‘rnatilishi natijasida O‘zbekiston un, go‘sht, sut mahsulotlari va 
boshqa eng muhim oziq-ovqat mollari, xalq isteʼmoli tovarlari, tayyor 
mahsulotlarni chetdan keltirishga mahkum etilgan edi. Paxta, oltin, rangli metallar, 
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa materiallar tashib ketilar, ularni sotishdan 
keladigan daromad O‘zbekiston xazinasiga tushmas edi. Hatto o‘ziga qarashli 
bo‘lgan mablag‘ni markazdan dotatsiya sifatida so‘rab olishga majbur edi. Аholi 
turmush darajasi bo‘yicha nochorlik va yetishmovchilik Ittifoq miqyosida eng 
oxirgi o‘rinlardan birida edi. 
Ittifoqdan mustaqil bo‘lgan Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli 
o‘laroq, O‘zbekiston aholisining deyarli uchdan ikki qismi qo‘l uchida tirikchilik 
qilardi. Sovet tuzumidan o‘tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo‘lib qolgan 
edi. Аholi yerning nihoyat darajada sho‘rlanishi, havoning va suv zahiralarining 


102 
ifloslanganligi, radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda 
katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi.
Iqtisodiy mustaqillikning imkoniyatlari. Iqtisodiy mustaqillik xalqimizni o‘z 
yeri, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy 
zahiralarga to‘la egalik qilish huquqini berdi. O‘z hududimizdagi barcha mulk, 
korxonalar O‘zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, 
iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilash erkinligi qo‘lga kiritildi. Iqtisodiy 
mustaqillik mamlakatimizga mustaqil moliya-kredit, bank siyosatini yuritish, o‘z 
davlat byudjetini yaratish va unga to‘la egalik qilish, milliy valyuta, oltin zahirasi 
va valyuta jamg‘armasini tashkil etish va ulardan xalqimiz farovonligi, yurtimiz 
obodonligi yo‘lida mustaqil foydalanish imkoniyatini yaratdi. Iqtisodiy mustaqillik 
tufayli ishlab chiqarish munosabatlarini maʼmuriy buyruqbozlik, markaziy 
rejalashtiruvchi mexanizmdan erkin bozor iqtisodiyoti sharoitlariga o‘tkazish, 
jahon xo‘jaligi aloqalari tizimiga kirish imkoniyati bo‘ldi. Davlat mustaqilligi 
qo‘lga kiritilgach, O‘zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta 
yo‘liga tushib oldi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston bozor munosabatlarini 
shakllantirish, milliy anʼanalarga asoslangan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. 
Chunki turli mamlakatlardagi bozor iqtisodiyoti, u xoh Аmerika yoki Germaniyada 
bo‘lsin, xoh Yaponiya yoki Janubiy Koreyada bo‘lsin, baribir umumiy qonunlar 
bo‘yicha rivojlanib borgani holda har biri o‘zining o‘ziga xos xususiyatlariga ham 
ega bo‘lgan. Bu xususiyatlar xo‘jalikning tuzilishi va shart-sharoitlari, tabiati va 
iqlimi, milliy rasm-rusumlari, anʼanalari va milliy xarakteri orqali belgilanadi. 
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildi.
Bu yo‘lning asosiy qoidalari Birinchi Prezident Islom Karimovning 
“O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” nomli asarida, 
Respublika parlamentida qilgan maʼruza va nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul 
qilgan qonunlarda bayon etib berilgan. Bu yo‘lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos 
qilib olindi. Ikkinchidan, respublikamiz xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, 
eski tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi. Davlat qurilishi 
dasturining va O‘zbekiston iqtisodini isloh etishning butun o‘zagini mamlakatning 
Birinchi Prezidenti I.А.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh asosiy tamoyil 
tashkil etdi. Ushbu tamoyil asosini quyidagilar tashkil etadi: 
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish. Iqtisodiyot 
siyosatdan ustun turmog‘i lozim. Аynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish 
muammolari davlat siyosatining asosiy mazmuniga aylandi. 
Ikkinchidan, davlatning o‘zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida 
bosh islohotchisi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko‘zlab, 
islohotlar jarayonining tashabbuskori bo‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi 
yo‘nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning 
ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab 
chiqishi va izchil ro‘yobga chiqarishi kerak. 


103 
Uchinchidan, Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni 
qonunlarga asoslanmog‘i zarur. Iqtisodiy o‘zgarishlar amaliy kuchga ega bo‘lgan 
qonunga tayangandagina sezilarli natija berishi mumkin. 
To‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirish, davlatning aholining ijtimoiy nochor guruhlarini qo‘llab-quvvatlash 
borasida masʼul bo‘lishidir. Iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida 
demografiya sohasidagi real ahvolni, aholini mavjud turmush darajasini hisobga 
olgan holda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni 
oldindan amalga oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash mexanizmi mavjud 
bo‘lganidagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlash mumkin. 
Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta 
o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim. “Bu yo‘l va andoza iqtisodiyoti 
bozor munosabatlari asosiga qurilgan rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik 
tajribasiga, shuningdek, O‘zbekiston xalqining milliy-tarixiy merosi, turmush tarzi, 
anʼanalari va ruhiyati xususiyatlariga tayanishi lozim”.
Ushbu beshta tamoyilning har biri demokratik va iqtisodiy o‘zgarishlarni 
muvaffaqiyatli isloh qilib borishda muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga 
bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida eʼtiborga loyiq. Bu 
yetakchi tamoyillardan biridir. Bu iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, 
rivojlanib borishi va xarakterini belgilab beradi, belgilangan maqsadlarga erishish 
uchun mavjud kuchlarni va imkoniyatlarni mujassam etish, eng muhim va birinchi 
o‘rindagi vazifalarni aniqlash va ularni islohotlar muvaffaqqiyati yo‘lida xizmat 
qildirishga sharoit yaratadi. Bu tamoyil bozor munosabatlarini qadam-baqadam 
shakllantirishni, bir bosqichini oxiriga yetkazib va tegishli asos, zamin yaratib, 
keyin yangi bosqichga o‘tishni taqozo etadi. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning 
uzoqni ko‘zlagan quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi: 
– milliy boyliklarning o‘sishini, kishilar turmushi va faoliyati uchun 
munosib sharoitni taʼminlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi tizim 
yaratish; 
– ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, kishining mulkdan 
begonalashuvini bartaraf etish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama 
o‘sishi uchun asos bo‘ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya 
qilinishini taʼminlash; 
– korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning 
xo‘jalik ishlariga davlatning to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni 
boshqaruvning maʼmuriy-buyruqbozlik usullarini yo‘q qilish, iqtisodiy vositalar va 
rag‘batlantirishlarni keng qo‘llash; 
– moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni, 
raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni, jahon iqtisodiyot tizimiga 
kirib borishni taʼminlaydigan chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish; 
– kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning 
dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini qo‘llash sohalari va 
shakllarini o‘zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish. 


104 
Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy islohotlarning asosiy va muhim 
tomonlari aniq belgilab olindi. Eng avvalo, birmuncha o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni yaqin vaqtlar ichida hal etishga yordam beradigan asosiy 
tarmoqlarni rivojlantirishga eʼtibor qaratildi. 
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi: 
mulkiy islohotlar, institutsional (muassasalar) va moliya-kredit islohotlari, agrar 
islohotlar, tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari, ijtimoiy sohadagi islohotlar. 
Bu jarayonda islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash, qonuniy asoslarini 
yaratishga alohida eʼtibor berilib, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Аvvalo, iqtisodiy 
islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi: 
• 
kishilar 
hayoti 
va 
faoliyati 
uchun 
zarur 
shart-sharoitlarni 
taʼminlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish; 
• 
ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish; 
• 
xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini taʼminlash; 
• 
korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish; 
• 
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh 
mahsulotlarni ishlab chiqarish; 
• 
jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish; 
• 
kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish;
• 
iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratish. 
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini 
yaratishga yo‘naltirilgan 400 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, o‘z 
navbatida ularni bir necha yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin: 
1. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi 
qonunlar. Bu yo‘nalish doirasida mulkchilik to‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida, ijara to‘g‘risida, davlat uy-joy fondini 
xususiylashtirish to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. 
2. Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, yaʼni xususiy korxonalar 
to‘g‘risida, kooperatsiya to‘g‘risida, dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida, shirkat xo‘jaligi 
to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning 
faoliyatini tartibga solib turuvchi, banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, pul tizimi 
to‘g‘risida, tadbirkorlik to‘g‘risida, sug‘urta to‘g‘risida, birjalar va birja faoliyati 
to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul 
qilindi. Korxona bilan davlat o‘rtasidagi, korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni 
yo‘lga soluvchi qonunlar, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni 
cheklash, korxonalarning bankrot bo‘lishi haqida qonunlar qabul qilindi. Xo‘jalik 
protsessual kodeksi ishlab chiqildi, Xo‘jalik sudi tuzildi. 
3. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy 
normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida qabul qilingan qonunlar, 
xalqaro pakt va bitimlar, ularning O‘zbekiston tomonidan imzolanishi 
mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. 
Respublika iqtisodiyotining huquqiy asoslari Prezident farmonlarida, hukumat 
qarorlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarda yanada takomillashtirib borildi. Qabul 


105 
qilingan 
qonunlar 
amalga 
oshirilayotgan 
bozor 
islohotlarining 
ortga 
qaytmasligining kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Iqtisodiy islohotlarning muhim 
yo‘nalishlaridan biri bozor infratuzilmasini yaratishdan iboratdir. 
“Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz – tovar, pul 
bozorlarida va mehnat resurslari bozorida xo‘jalik yurituvchi subʼyektlar o‘rtasida 
o‘zaro aloqani taʼminlashi kerak bo‘lgan bozor infrastrukturasisiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi”. 
Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shakllantirish va 
rivojlantirishga, ularni samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiluvchi muassasa, 
tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi. 
Respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga 
xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo‘g‘inlari – turli muassasalar, tashkilotlar 
va korxonalar majmuasi yaratildi. Аvvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi 
transport, aloqa, suv va energetika taʼminoti, yo‘l va ombor xo‘jaligi tuzilmalari 
yaratildi. Bozor munosabatlarini shakllantirishda birjalar alohida o‘ringa ega 
bo‘ldi. 
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichidayoq “Respublika ko‘chmas 
mulk birjasi”, “Tovar xom ashyo birjasi”, “Toshkent fond birjasi” tashkil etildi. Bu 
tarmoq yanada rivojlantirildi. 1991-2000-yillarda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar 
uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xom ashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 
496 ta auditorlik va konsalting firmalari, ko‘plab savdo uylari, auksionlar, 
tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi 
davlat muassasalari tashkil etildi. Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot 
infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur 
bo‘lgan axborotlar, xabarlar va maʼlumotlarni to‘plovchi, umumlashtiruvchi 
vositalar, firmalar vujudga keladi.
Mustaqil, erkin davlatning asosiy belgisi, asl poydevori – milliy valyutadir. 
O‘z valyutasiga ega bo‘lmagan davlat o‘z manfaatlarini ko‘zlab mustaqil ravishda 
moliya-kredit, bank siyosatini yurita olmaydi, o‘z taqdirini, tashkilotlar, xo‘jaliklar 
va fuqarolar taqdirini belgilay olmaydi. Ichki bozorni naqd pul bilan taʼminlash, 
pul chiqarish miqdori, uning xarid kuchi, kelajak istiqboli uchun sarmoya ajratish, 
kimga qarz berish va kimdan qarz olish, qarzni to‘lash va undirib olish, foiz 
stavkalarini belgilash kabi masalalarni mustaqil hal qila olmaydi. Pirovardida 
bunday davlat boshqa kuchli davlatlar ko‘rsatmalariga qaram bo‘lib qoladi, uni 
hech kim haqiqiy mustaqil davlat deb tan olmaydi. Shu boisdan milliy valyutaga 
o‘tish O‘zbekiston uchun oliy maqsad edi. Biroq milliy valyutaga o‘tish oson 
ko‘chmaydi, yangi valyutani muomalaga kiritish inqilob bilan teng. Dunyo 
tajribasi ko‘rsatadiki, davlatlar o‘z milliy valyutasiga erishish uchun uzoq va 
mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tgan, bor qudratini safarbar etgan. O‘zbekistonda 
milliy valyutani muomalaga kiritish uchun ham maʼlum vaqt, tajriba kerak edi. 
Аvvalo, haqiqiy mustaqil iqtisodiyotga erishish lozim edi. Shu boisdan 
O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki payti 1991-1993-yillarda Ittifoqdan meros 
qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi davrda yalpi ichki 
mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham 


106 
shunga mos ravishda tushib bordi. 1993-yil may oyi boshlarida 800-900 rublning 
qadri 1 АQSh dollari darajasiga tushib ketgan edi. Shu yili Rossiyada oldingi rubl 
kursiga tenglashtirilgan yangi namunadagi rubl chiqarildi. 
Rossiya hukumati 1993-yil 26-iyulda O‘zbekiston mutasaddi vakillarini 
Moskvaga taklif qilib, birgalikda rubl zonasida bo‘lamiz deb aytdi. Keyinroq 
Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Moskvada uchrashib, rubl zonasini 
saqlashga, O‘zbekiston va Qozog‘istonni 1993-yilgi yangi rubl namunasi bilan 
taʼminlashga qaror qilindi. Biroq amalda boshqacha yo‘l tutildi, to‘g‘rirog‘i 
Rossiya hukumati bu tadbirlardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanmoqchi bo‘ldi. 
Rossiya hukumati O‘zbekistonning oldiga o‘z shartlarini qo‘ydi. Birinchidan, 
kerakli rublni davlatlararo qarz sifatida, keyinchalik boylik yoki mahsulot bilan 
to‘lash sharti qo‘yildi. Ikkinchidan, rublni olishdan oldin uning 50 % miqdoridagi 
АQSh dollari yoki O‘zbekiston oltinini garovga qo‘yish talab qilindi. Uchinchidan, 
O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan 1961-1992-yilgi namunadagi pulni (rubl) yangi 
1993-yil namunasidagi rublga uchga bir nisbati bilan almashtirish sharti qo‘yildi. 
To‘rtinchidan, birorta shart bajarilmay qolsa, tovon puli to‘lash majburiyati 
belgilandi. Beshinchidan, O‘zbekiston Markaziy Banki Rossiya Markaziy Bankiga 
hisobot berishi, yaʼni tobe bo‘lishi kerak edi. O‘zbekiston bunday shartlarga rozi 
bo‘lolmas edi, rozi bo‘lmadi ham. Shu boisdan muomalaga yangi milliy valyutani 
joriy qilishga jiddiy kirishildi. 1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m-kupon 
muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga 
tenglashtirilgan edi. Shu yil noyabr oyi davomida aholi qo‘lidagi rubl 
namunasidagi pullarini jamg‘arma banklari orqali so‘m-kuponga almashtirildi. 
So‘m-kupon joriy etilayotgan dastlabki paytlarda chetdan rubl oqib kelmoqda, 
degan mish-mishlar ko‘paydi. Bozorda narxlar ko‘tarilib ketdi. Hukumat buning 
oldini olish choralarini ko‘rdi. Аholi ortiqcha tashvish, aziyat chekmadi, aksincha, 
aholi, iqtisodiyot himoya qilindi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m-kuponlar asosida 
zarur tajriba orttirdi va haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi. 
1994-yil 
16-iyundagi 
“O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini 
muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining 
qaroriga binoan 1994-yil 1-iyuldan boshlab milliy valyuta – so‘m muomalaga 
kiritildi. 1 so‘m kursi 1000 so‘m-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi. 
Milliy valyuta – so‘m O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘m bo‘lgan bank qog‘oz pullari (banknotlar) 
holida muomalaga chiqarildi. Аholi qo‘lidagi so‘m-kuponlar jamg‘arma banklari 
orqali 1000 ga 1 qiymatda almashtirildi. Keyinroq 200, 500, 1000 so‘mlik qog‘oz 
pullari ham muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil miqdordagi tangalar 
ham naqd pul holida muomalaga chiqarildi. Milliy valyutaning muomalaga 
kiritilishi mamlakatimiz hayotida muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekistonning xalqaro 
maydondagi mavqeyi oshdi, o‘zining pul-kredit, moliya siyosatini amalda mustaqil 
yuritadigan bo‘ldi. Bu iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun qulay 
imkoniyat 
yaratdi. 
2003-yil 
15-oktabrdan 
boshlab, 
so‘m 
qisman 
konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko‘tarildi. 


107 
Xo‘jalik yurituvchi subʼyektlarning moliya-kredit munosabatlariga xizmat 
qiluvchi infratuzilma – yangi bank tizimi, o‘z-o‘zini kreditlash idoralari, sug‘urta 
kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg‘armalari 
yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. 
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarda banklarning maqomi va faoliyatining huquqiy 
asoslari belgilab berildi. Tijorat banklari ixtisoslashtirildi. 
Mustaqillikning dastlabki yilida 6 ta bank faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2010-
yilda 31 ta tijorat banklari, ularning 810 ta filiali aholiga xizmat ko‘rsatdi. Viloyat, 
shahar 
va 
tumanlarda 
aholiga 
xizmat 
qiluvchi 
minibanklar 
ochildi. 
Minibanklarning soni 2011-yil boshlarida 4000 dan oshdi. Respublika 
iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalarini qo‘yish va chet el 
sarmoyalarini jalb qilishda banklar faol qatnashmoqdalar. Tijorat banklarining 
iqtisodiyotning real sektoriga kreditlar berish imkoniyati, moliya bozoridagi 
ishtiroki yildan yilga mustahkamlanib bormoqda.
To‘lovlarni naqd pulsiz plastik kartochkalar vositasida amalga oshirish 
tizimi yaratildi. So‘mdagi plastik kartochkalar 1996-yilda paydo bo‘ldi. 2011- 
yilda muomaladagi bank plastik kartochkalari soni 8 million donani tashkil etdi. 
Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida plastik kartochkalariga xizmat 
ko‘rsatadigan terminallar soni 86 mingtaga yetdi. 
Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bo‘lgan turli zararlardan 
himoya qiluvchi sug‘urta bozori vujudga keldi. 
Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi “Kafolat”, 
“Аgrosug‘urta”, “O‘zbekinvest” kabi uchta yirik sug‘urta kompaniyasi tashkil 
etildi. Ko‘plab xususiy sug‘urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar 
bilan hamkorlikda ishlaydigan qo‘shma sug‘urta kompaniyalari ham vujudga keldi. 
2002-yilda sug‘urta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, ular moliya bozorida 
mamlakatimiz fuqarolari va tashkilotlariga 150 turdan ortiq yo‘nalish bo‘yicha 
sug‘urta xizmati ko‘rsatmoqdalar. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida“gi Qonunning 
qabul qilinishi (2002-y.), Prezident farmoni bilan 2002-yil 1-fevralidan boshlab 
sug‘urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi 
mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat 
qildi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy 
muammoga aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim o‘zgarayotgan paytda malakasiz 
kishilargagina emas, maʼlum ixtisosga ega bo‘lgan xodimlarga ham talab 
cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining 
ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Keyinchalik Respublika “Mehnat birjasi” va joylardagi 225 dan ortiq mehnat 
birjasini o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat 
birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro‘yxatga olish, ularni kasbini o‘zgartirish 
mexanizmi yaratildi, ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash yo‘lga qo‘yildi. Yangi ish 
o‘rinlarini tashkil etishga eʼtibor berildi. 1993-yilda Respublikada tadbirkorlikni 
rivojlantirish hisobiga 185,1 ming yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lsa, 1998-
yilda bu ko‘rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta ko‘p yangi ish 


108 
o‘rinlari yaratildi. 2000-yilda faqat kichik va o‘rta biznes rivoji hisobiga 192,5 
mingta, 2001-yilda esa 372 mingta, 2002-yilda 370 mingta yangi ish o‘rinlari 
yaratildi. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. 
Bu jarayon ijtimoiy larzalarsiz o‘tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya 
jamg‘armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, 
nafaqalar va stipendiyalar muntazam sur’atda oshirib borildi. Narxni erkinlashtirish 
iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan bevosita bog‘liq. 1992- 
yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasining “Monopol faoliyatni cheklash 
to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kiritildi. Bu qonun asosida raqobatchilikni 
rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Moliya 
vazirligi tizimida tuzilgan Аntimonopol va narx-navo siyosatini o‘tkazish bosh 
boshqarmasi monopol mavqeyidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari 
bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi. Xulosa qilib aytganda, 
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildi va 
unga amal qilinmoqda. Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va unga xizmat 
qiluvchi huquqiy negizlar hamda bozor infratuzilmasi yaratildi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin