partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazilib, uni amalga
oshirishning aniq protsessual-huquqiy mexanizmi yaratildi. Bu fuqarolarning
huquq hamda qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning muhim kafolatiga
aylandi. Yana bir yangilik bu – Yarashtiruv institutining joriy etilishi jinoyat
protsessi qonunchiligini takomillashtirishda muhim qadam bo‘ldi. Xo‘sh, bu yerda
gap nima haqda bormoqda? Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan
shaxs, agar muqaddam sudlanmagan bo‘lsa, o‘z aybini bo‘yniga olsa, jinoyat
oqibatida keltirgan zararni to‘lasa, jabrlanuvchi bilan yarashsa, sud ishni
92
harakatdan to‘xtatadi. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi haqida so‘z yuritilar
ekan, ushbu materialda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Karimov 2010-yil 12-noyabrda parlament palatalarining qo‘shma majlisida
so‘zlagan nutqida sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga qaratilgan qator
qonunchilik tashabbuslarini ilgari surgani taʼkidlanadi. Konsepsiyada belgilangan
vazifalarning hayotga tatbiq etilishi fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish kafolatini kuchaytirish imkonini
beradi. Umuman olganda, sud-huquq islohotlari barcha istiqbolli yo‘nalishlarining
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi nafaqat jamiyat va davlat tuzilmasini
demokratlashtirish va liberallashtirishning natijasi, balki uning kafolati sifatida
xizmat qilib, amalda mamlakatning “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati
sari” tamoyili asosida olg‘a harakatlanishini taʼminlaydi. Аxborot materialida qayd
etilishicha, O‘zbekistonda olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiy
maqsadlari sud-huquq tizimining mohiyatini o‘zgartirish, uni inson huquqlarini
samarali taʼminlashning asosiy kafolatiga aylantirish hamda sud hokimiyatining
tom maʼnodagi mustaqilligini taʼminlash hisoblanadi. Ishlarning sudlarda ko‘rib
chiqilishi sifatini yaxshilash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq,
ularning jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha ixtisoslashuvi
mustahkamlandi, ishlarni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqish tartibi joriy qilindi.
2008-yil 1-yanvardan eʼtiboran “Xabeas korpus” institutining joriy qilinishi, yaʼni
ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga
o‘tkazilishi natijasida sudlarning fuqarolar huquqlarini samarali himoya qilish
bo‘yicha vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atish, ish
yuzasidan ayblov xulosasini o‘qib eshittirishni sudlar vakolatidan chiqarilishini
nazarda tutuvchi o‘zgartishlar jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga kiritilib, bu
sudlarning xolisligini, betarafligini taʼminlash, jinoyat protsessida tortishuv
prinsipining kuchayishiga xizmat qildi. Mustaqillik yillarida jinoyat va jinoyat-
protsessual qonunchilikni liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
natijasi o‘laroq, O‘zbekistonda quyidagilarga erishildi: og‘ir jinoyatlar tasnifi
kamaytirilib, og‘ir va o‘ta og‘ir toifadagi jinoyatlar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan
va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga o‘tkazildi; sodir etilgan jinoyatlar
uchun ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar joriy etildi;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bo‘yicha qamoq va ozodlikdan mahrum etish
jazolari o‘rniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qo‘llash imkoniyati ancha
kengaytirildi. 2013-yili ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar soni 2000-yil bilan
solishtirganda, ikki marotabadan ziyodga kamaydi. Xususan, jinoiy jazolarning
liberallashtirilishi to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan so‘ng 412 milliard
so‘mlik zararni qoplagan 26000 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish
bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralari qo‘llandi. Mamlakatda yarashuv instituti
joriy etilganidan buyon 138 ming 527 ta ish bo‘yicha 150 ming 346 shaxsga
nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralari
qo‘llanildi. Bugun O‘zbekistonda 60 turdagi jinoyatlar bo‘yicha yarashuv
institutini qo‘llash imkoniyati mavjud. Аmnistiya aktini qo‘llash sudlar vakolatiga
93
berilgan. Mustaqillikning ilk yillaridanoq respublikada amnistiya aktining eʼlon
qilish tartibi joriy qilingan. Har yili O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
80 va 93-moddalariga binoan, amnistiya haqida akt qabul qilinib, uning asnosida
jazodan ozod qilish, mahkumlarning ozodlikka chiqishi va ularning o‘z oilalari
bag‘riga qaytishi bilan bir qatorda, amnistiya qilinganlarning salomatligini
mustahkamlash, ularning turmush shart-sharoitlarini yaxshilashga va ish bilan
taʼminlashga ko‘maklashish yuzasidan ham ishlar amalga oshiriladi.
2008-yilning 1-yanvaridan boshlab o‘lim jazosi bekor qilinishi jinoyat
qonunchiligini liberallashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Bundan tashqari
oliy jazo – umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazo turi faqatgina ikki turdagi
jinoyatlar – terrorizm va javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam
o‘ldirish uchun tayinlanadiki, ushbu holatlar bo‘yicha muqobil, uncha og‘ir
bo‘lmagan jazo turlari ham qo‘llanilishi mumkin.
Insonning huquq va erkinliklari samarali himoya qilinishini har tomonlama
taʼminlashga yo‘naltirilgan sud-huquq islohotlarining hayotga tatbiq etilishida
advokatura institutini mustahkamlash muhim ustuvorlik hisoblanadi. Ushbu
institutni yanada takomillashtirish maqsadida 2008-yil 1-may kuni qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida advokatura
institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bu borada
muhim dasturulamal bo‘ldi. Ushbu Farmon fuqarolarning tergov va sud ishini
yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqini
mustahkamlashga qaratilgan konstitutsiyaviy meʼyorni amalga oshirish,
advokatura instituti mustaqilligini taʼminlash, uni malakali kadrlar bilan to‘ldirish,
advokatlik kasbining nufuzini oshirish hamda insonning huquq va erkinliklari,
qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan
islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Fuqarolik jamiyatining asosiy
institutlaridan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi Аdvokatlar palatasi tuzildi,
2008-yil 31-dekabrda “Аdvokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Shuningdek, 2009-yil
sentabrida kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik protsessual kodeksining 52-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish
to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan, sudda ish yuritish bo‘yicha vakil sifatida
professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi haqidagi muhim meʼyor
mustahkamlab qo‘yildi. O‘rnatilgan bunday tartib sud ishida yurisprudensiya
sohasidagi maxsus bilimlardan bexabar shaxslarning ishtirokiga yo‘l qo‘ymaslik va
fuqarolarga ko‘rsatiladigan huquqiy yordam sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.
Sud qarorlarining qatʼiy bajarilishi odil sudlov faoliyatining muhim va
ajralmas qismi hisoblanadi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan
sud-huquq islohotlari doirasida sud qarorlarining majburiy ijro etilishi
samaradorligini oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijro etilishi
sohasidagi meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan qator chora-
tadbirlar amalga oshirildi, sud qarorlari ijro etilmasligi va ularning bajarilishiga
to‘sqinlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
94
2016-yil oxirlaridan boshlab, sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, yaʼni
sohani yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, faoliyati samaradorligini
yuksaltirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun
ustuvorligini taʼminlash hamda qonuniylikni mustahkamlash, sud hokimiyatining
chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini
yuzaga keltirish, jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal
etish, yuksak axloqiy-irodaviy, kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalar,
amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali bajarilishini taʼminlashga qodir
bo‘lgan kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish, qolaversa, sudlarning
jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash mexanizmini
davrimizning yuksak talablari darajasida tashkil etishga, tizim xodimlariga,
sudyalarga alohida mehnat sharoitlari yaratish, lavozim maoshlariga ustamalar
hamda malaka-mansab darajasi uchun qo‘shimcha haq miqdorlarini berishga
qaratilgan uchta Farmon chiqarildi. Boshqacha aytganda, sud-huquq tizimidagi
islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida eʼtirof
etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-
huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli
himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida
sud hokimiyati mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil
sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning
muqarrarligi prinsipiga og‘ishmay amal qilinishi kerakligini taʼminlash,
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish
holatlari bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rish, sud faoliyatining ochiqligi va
shaffofligini taʼminlash, ommaviy axborot vositalari hamda aholi bilan hamkorlik
qilishning samarali mexanizmlarini keng qo‘llashga eʼtibor qaratilishi alohida
taʼkidlab o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh
prokuraturasi, Аdliya vazirligining sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil
muddatga va keyin o‘n yil muddatga, shundan so‘ng muddatsiz davrga tayinlash
(saylash)ni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullandi.
Ushbu Farmonga muvofiq, 2017-yil 1-apreldan ozodlikdan mahrum qilish
bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turlarini qo‘llashni kengaytirish orqali
qamoq tariqasidagi jinoiy jazo tugatildi. Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan
shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartirildi. Qamoqqa olish
va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuninglek, dastlabki
tergovning eng ko‘p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartirildi. Pochta-telegraf
jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqi
sudlarga o‘tkazildi. Sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot
chorasini qo‘llash rad etilganda muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash huquqi berildi.
Tergovning
to‘liq
emasligini
sud
muhokamasi
jarayonida
to‘ldirish
mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov
yuritishga qaytarish bekor qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining ishlarni nazorat tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha bir-birini
takrorlovchi vakolatlari bekor qilindi. Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish,
95
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dasturni
amalga oshirish bo‘yicha komissiya tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuraturasi, Аdliya vazirligiga sud-huquq
tizimidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni chuqur o‘rganish vazifasi topshirildi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
21-fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va
faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra,
sud hokimiyatining ikki oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy
xo‘jalik sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga,
yagona sud amaliyoti taʼminlanmasligiga olib kelganligi uchun birlashtirildi.
Bundan tashqari sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston
Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya
etilishini taʼminlashga ko‘maklashadigan, nomzodlarni tanlash va sudyalik
lavozimiga tayinlash tizimini tubdan yaxshilash hamda yuqori malakali sudyalar
korpusini shakllantirishga masʼul bo‘lgan organ – O‘zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimiga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka
komissiyasi tugatilib, uning 21 nafar bo‘shagan ijro apparati shtat birligi
kengashga o‘tkazildi. Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
taqdimnomasiga binoan Senat tomonidan tasdiqlanadigan kengash raisi va
ko‘pchilikni tashkil etuvchi sudyalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar,
fuqarolik jamiyati instituti vakillari, shuningdek, huquq sohasidagi malakali
mutaxassislar orasidan Prezident tomonidan tayinlanadigan 20 nafar aʼzodan iborat
bo‘ldi. Kengashning 13 nafar aʼzosi doimiy, 8 nafar aʼzosi esa jamoatchilik asosida
o‘z faoliyatlarini amalga oshirmoqda. Sudyalar oliy kengashiga O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sud sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi
Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari
raislaridan tashqari barcha sudyalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan
kelishgan holda lavozimlariga tayinlash va lavozimlaridan ozod etish bo‘yicha
vakolatlar berildi. Sudyalarni kasbiy jihatdan tayyorlash, malakasini oshirishni
tashkil etish, ularning faoliyati samaradorligini baholash, shuningdek, sudyalarni
rag‘batlantirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish ham Sudyalar oliy kengashi
zimmasiga yuklatildi.
Ilk marotaba davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari g‘ayriqonuniy
harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning sudga shikoyat qilish huquqining
konstitutsiyaviy kafolatlarini amalga oshirishni taʼminlashga xizmat qiladigan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼati,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari,
tuman (shahar) maʼmuriy sudlari tashkil etildi. Davr talablardan kelib chiqib,
shuningdek, tadbirkorlik subʼуektlarining huquqlarini himoya qilish tizimini
yanada takomillashtirish maqsadida ushbu Farmon bilan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari iqtisodiy sudlar etib
o‘zgartirildi. Bunda mamlakatning iqtisodiy salohiyati va tadbirkorlik
96
subʼуektlarining ortib borishini hisobga olgan holda tumanlararo tuman (shahar)
iqtisodiy sudlari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Sud-huquq
tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida odil sudlovni amalga oshirish sifatini
yaxshilash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, 2017-
2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasining sud
organlari faoliyatining shaffofligini taʼminlash, aholi bilan ochiq muloqotni
kengaytirish hamda odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik rolini
kuchaytirish borasidagi takliflari qabul qilindi. Sudlar faoliyati to‘g‘risida
jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida har
chorakda viloyat sudlari raislari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan brifinglar
o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalarni tanlash va
lavozimga tayinlashning xolisligi hamda shaffofligiga ishonchni oshirish
maqsadida har bir hududda sudyalar korpusini shakllantirishga ko‘maklashuvchi
komissiyalar tuzish haqidagi takliflari qabul qilinib, bu borada komissiyalar tuzildi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga Oliy sud va uning
huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamentining yuqori malakali,
tashabbuskor, xizmat majburiyatlarini, vazifalarini halol va samarali bajarayotgan
sudyalariga, xodimlariga Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ravishda oylik mehnatga haq to‘lash fondining
100 foizigacha miqdorda ustama (pul taʼminoti) to‘lash huquqi berildi.
Shuningdek, ushbu Farmonda malaka va mansab darajasiga ega bo‘lgan
sudyalarga, ularga tenglashtirilgan shaxslarga avtomobillar sotib olish uchun,
Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar apparatlari,
Oliy sud huzuridagi sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy
bo‘limlari xodimlariga esa uy-joy sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berishni
nazarda tutuvchi takliflar bildirildi. Аyni paytda bu borada ijobiy ishlar
qilinayotganligi ahamiyatlidir.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash
va nufuzini oshirish, uni ilgarigi jazolovchi organdan inson huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qiladigan, jamiyatdagi demokratik o‘zgarishlarning muhim
vositasi bo‘lgan institutga aylantirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga
oshirilayotganligi, sud-huquq tizimini isloh qilish hamda takomillashtirish
davrimizning yuksak talablaridan biri ekanligi yig‘ilishda alohida taʼkidlab o‘tildi.
Аsosiy maqsadimiz, fuqarolarning huquq va erkinliklarini munosib tarzda himoya
qilish orqali xalqimizning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini qatʼiy mustahkamlash,
sudni tom maʼnoda “Аdolat qo‘rg‘oni”ga aylantirishdan iborat ekanligini Prezident
Sh.M.Mirziyoуev o‘z chiqishlarida ko‘p marotaba qayd etib o‘tmoqda.
97
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi
“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan
takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki
Farmonga, asosan, quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirishning
asosiy
vazifalari
etib
belgilandi:
birinchidan,
aholiga
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul
qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini
izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga
hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!”
degan hayotiy g‘oyani mustahkamlash; ikkinchidan, jamiyatda huquqiy ong va
huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, taʼlim-tarbiyaning tizimli va
uzviy ravishda olib borilishiga alohida eʼtibor qaratish, maktabgacha taʼlim
tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy
madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari
o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini keng targ‘ib qilish; uchinchidan, yosh
avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq
normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga
bolaligidan boshlab o‘rgatish; to‘rtinchidan, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni
shakllantirish bo‘yicha huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy
qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilish, shuningdek, har bir
fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali
mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |