O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining



Yüklə 31,77 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü31,77 Kb.
#193514
4 03.02.2006




[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.02.00 Birinchi instansiya sudida ish yuritish]

[TSZ:

1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xo‘jalik sud ish yurituvi]

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Qarori
BUYRUQ TARTIBIDA ISh YURITIShNI TARTIBGA SOLUVChI QONUN NORMALARINI QO‘LLAShNING AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Buyruq tartibida ish yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mazkur tartibda ish yuritishni belgilovchi qonunchilikka og‘ishmay rioya qilinishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, sud buyrug‘i ishni sudda muhokama qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan birinchi instansiya sudi qarorining alohida turi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 171-moddasida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha chiqariladi va bevosita ijro hujjati kuchiga egadir.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, sud buyrug‘i chiqarish haqidagi talab FPK 33-moddasida belgilangan sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalariga amal qilingan holda sudga beriladi. Shu bilan birgalikda voyaga yetmagan farzandning ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi talab undiruvchi yashayotgan joydagi sudga, ijro qilish joyi ko‘rsatilgan notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan talab ushbu talab bajarilishi lozim bo‘lgan joydagi sudga taqdim qilinishi ham mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda va axborot tizimi orqali elektron hujjat shaklida beriladi. Bunda fuqarolik protsessual qonun talabiga ko‘ra sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizaning shakli va mazmuniga quyilgan talablar da’vo arizaga (FPK 189-moddasi) quyilgan talablarga o‘xshash ekanligini nazarda tutish lozim. Shu bilan birgalikda buyruq tartibida ish yuritish undiruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning soddalashtirilgan usuli ekanligidan kelib chiqib, sudlar sud buyrug‘i berish haqida arizani qabul qilishda undiruvchining vakili tomonidan berilgan arizada vakilning nomi va manzili ko‘rsatilishi shart emasligini nazarda tutishlari lozim. Undiruvchi tomonidan vakilga sud buyrug‘ini olish va ijroga qaratish vakolati berilgan holatlar bundan mustasno.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Sudlarga tushuntirilsinki, buyruq tartibida ish yuritish sud muhokamasini istisno qilishi sababli ko‘char mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risida sud buyrug‘i berish haqidagi arizada ushbu mol-mulkning qiymati ko‘rsatilishi lozim (FPK 172-moddasi to‘rtinchi qismi), shuningdek, qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘i berish haqidagi arizada tegishincha qarzdorlik vujudga kelgan davr ko‘rsatilishi lozim (FPK 172-moddasi ikkinchi qismi 5-bandi).
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, FPK 194-moddasi bilan da’vo arizasini qabul qilishni rad etish uchun belgilangan umumiy asoslari bilan bir qatorda, agar:
qarzdorning yashash joyi O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lsa;
arizani va undiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganishda huquq to‘g‘risida nizo borligi aniqlangan bo‘lsa;
arz qilingan talab FPK 171-moddasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sudya sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
8. Sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizada O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2382-moddasida belgilangan talab bilan birgalikda nizoli boshqa talab quyilgan bo‘lib, ushbu talablarni alohida ko‘rish imkoni bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2385-moddasiga muvofiq sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi ariza qabul qilishdan rad qilinishi va undiruvchiga tegishli tartibda da’vo ariza bilan murojaat qilish huquqi tushuntirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
9. FPK 171-moddasida nazarda tutilgan talablar bo‘yicha undiruvchi sud buyrug‘i chiqarish haqidagi ariza bilan yoki da’vo talabi tartibida murojaat qilishga haqli. Mazkur holatda sud da’vo talabini qabul qilish va ishni da’vo tartibida ko‘rishni rad qilishga haqli emas.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. FPK 171-moddasida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha faqatgina ushbu talab hujjat asosida tasdiqlangan hamda talab yuzasidan qarzdor tomonidan e’tiroz bildirilmagan taqdirda sud buyrug‘i chiqarish mumkin. Shunga ko‘ra, undiruvchi taraflar o‘rtasida da’vo tartibida hal qilinishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida nizo mavjud emasligi haqidagi o‘z talabini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishi shart.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, FPK 171-moddasining 4-bandiga asosan, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish haqidagi talab bo‘yicha sud buyrug‘i arz qilingan talab otalikni belgilash yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog‘liq bo‘lmasa beriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Bunda sudlar, birgina otalikni belgilash haqidagi talab arz qilingan holda emas, balki shu bilan birgalikda ikkinchi taraf tomonidan otalik (onalik)ka nisbatan e’tiroz bildirilgan hollarda ham sud buyrug‘i chiqarish mumkin emasligini nazarda tutishlari lozim. Ushbu holatlarning barchasi nizo mavjudligidan dalolat berib, sud buyrug‘i chiqarishni istisno etadi. Shuningdek, Oila kodeksi 102-moddasining 2-qismiga asosan voyaga yetmagan farzand ta’minoti uchun qat’iy summada aliment undirish haqidagi talab ham sud buyrug‘i tartibida ko‘rilishi mumkin emas.
12. Oila kodeksi 136-moddasining 3-qismi talabiga ko‘ra voyaga yetmagan bolalar uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undirilishini e’tiborga olib, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish talabida o‘tgan davr uchun ham aliment undirish talabi qo‘yilgan bo‘lsa, o‘tgan davr uchun aliment undirish haqidagi talab O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 136-moddasining 4-qismida ko‘rsatilgan holatlar aniqlangandagina qanoatlantirilishi mumkinligidan kelib chiqib, sud talab berilgan kundan boshlab aliment undirish haqida sud buyrug‘i berib, o‘tgan davr uchun aliment undirish qismi bo‘yicha esa undiruvchiga da’vo tartibida sudga murojaat qilishi huquqini tushuntiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. FPK 174-moddasiga muvofiq, sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risida ariza berilganda qonun hujjatlarida da’vo ish yuritish tartibi uchun belgilangan tartib va miqdorda davlat boji undiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib beriladi. Sud buyrug‘i bekor qilingan taqdirda to‘langan davlat boji qaytarib berilmaydi, balki u undiruvchi qarzdorga nisbatan da’vo ishi yuritish tartibida ariza bilan sudga murojaat etgan taqdirda to‘lanishi lozim bo‘lgan boj hisobiga o‘tkaziladi.
14. Umumiy qoida bo‘yicha sud majlisida ishtirok etishga jalb qilinmagan tarafga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari chet davlatlar tomonidan, shuningdek, chet davlatlarning shu tartibda qabul qilingan sud qarorlari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olinmaydi va ijro qilinmaydi. Bir vaqtning o‘zida ijro hujjati ham bo‘lgan sud buyrug‘ini chiqarish taraflarni sud majlisiga chaqirib, ularning tushuntirishlarini eshitish imkoniyatidan mahrum qilishi sababli qarzdorning yashash joyi yoki joylashgan manzili O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ekanligi sud buyrug‘ini chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish uchun ham asos bo‘ladi. Bunday holda, undiruvchining huquqlari qarzdorga sud majlisi o‘tkazilishi vaqti va joyi to‘g‘risida xabar berilgan holda ishni sud muhokamasida ko‘rish orqali himoya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Agar ariza FPK 172-moddasi talablariga javob bermasa va unga arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, belgilangan miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa, sudya sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytaradi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizaning qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin sudga qaytadan murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi (FPK 176-moddasi).
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish haqidagi (FPK 175-moddasi), shuningdek, sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish (FPK 176-moddasi) haqidagi ajrim ariza sudga kelib tushgan kundan boshlab uch kunda chiqarilishi va mazmuni bo‘yicha FPK 194, 195-moddalari talablariga javob berishi shart.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish undiruvchini shu talab bo‘yicha sudga da’vo tartibida murojaat qilish huquqidan mahrum qilmasligi sababli, sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat berilmaydi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Sudlar sud buyrug‘ini berishda FPK 178-moddasida uning mazmuniga qo‘yilgan talablarga amal qilishi lozim.
Xususan, sud buyrug‘ida talabni qanoatlantirishga asos bo‘lgan moddiy huquq normasi ko‘rsatilishi shart. Sud buyrug‘ining yozuvidagi xatolarni va ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish sudning tashabbusi yoxud undiruvchining yoki qarzdorning arizasi bo‘yicha sudning ajrimiga asosan amalga oshiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Tushuntirilsinki, FPK 179-moddasida nazarda tutilgan sud buyrug‘ining nusxasini qarzdorga darhol yuborish tartibi, shuningdek, FPK 181-moddasida ko‘rsatilgan sud buyrug‘ini bekor qilish asoslari qarzdor huquqlarining kafolatidir.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
21. Agar o‘n kunlik muddatda qarzdor tomonidan arz qilingan talabga nisbatan e’tiroz berilsa, sudya o‘z ajrimi bilan sud buyrug‘ini bekor qilishi shart. Shu bilan birga, sudya buyruqni bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimda undiruvchiga arz qilgan talabi bo‘yicha da’vo ishlarini yuritish tartibida murojaat qilish huquqini tushuntiradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimning nusxalari ajrim chiqarilganidan keyin uch kundan kechiktirilmay taraflarga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Sudlar, sud buyrug‘i tartibidagi ishlar bo‘yicha davlat boji miqdorini belgilashda FPK 129-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida bayon etilgan tushuntirishlarga asoslanishlari lozim.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Sud buyrug‘iga nisbatan e’tiroz bildirish uchun qonunda belgilangan o‘n kunlik muddatning qarzdor tomonidan o‘tkazib yuborilganligi sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, sud uning iltimosnomasiga asosan ushbu muddatni tiklashi mumkin. Muddatni tiklash haqida iltimosnoma bilan murojaat qilinmasdan turib, muddat o‘tkazilgandan so‘ng berilgan e’tirozlar sud tomonidan ko‘rilmaydi va muallifga qaytariladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. FPK 181-moddasida ko‘rsatilgan qarzdor tomonidan e’tirozlar taqdim qilinishi mumkin bo‘lgan o‘n kunlik muddat protsessual muddatlar toifasiga kirishligi sababli ushbu muddatlarga nisbatan FPK 15-bobida ko‘rsatilgan talablar qo‘llanilishi, shu jumladan, o‘tkazilgan muddatni tiklash haqidagi arizani rad etish to‘g‘risidagi ajrimga nisbatan FPK 155-moddasiga muvofiq xususiy shikoyat keltirish mumkinligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
25. Mazkur institutning sud hokimiyati samaradorligini oshirishdagi va sud ishini soddalashtirishdagi muhim ahamiyatini inobatga olib, sudlarga sud buyrug‘i chiqarish amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borish tavsiya qilinsin.
2006-yil 3-fevral,
4-son

Yüklə 31,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin