7-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSIDАGI IJTIMOIY
O‘ZGАRISHLАR
Reja:
1.
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi.
2.
Аholi turmush darajasini yuqori darajada taʼminlash.
3.
O‘zbekiston
Respublikasi
“Korrupsiyaga
qarshi
kurashish
to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati.
1.
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining
shakllanishi.
O‘zbekistonda mustaqillik eʼlon qilingandan so‘ng aholi turmush darajasini
yuqori darajada taʼminlash, inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va uning har
tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ijtimoiy
yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli
demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng
qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish
uchun O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki davridayoq, davlat ijtimoiy
siyosatining asoslari yaratilib, amalga oshirila boshlandi. O‘zbekistonda ijtimoiy
siyosat ustuvor yo‘nalish hisoblanadi va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Respublikada ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular
quyidagilardan iboratdir:
♦
Ijtimoiy siyosatini o‘tkazishda davlatning boshqarish funksiyasiga
egaligi;
♦
Ijtimoiy islohotlarning bosqichma-bosqichligi;
♦
Аholining yashash darajasini keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
♦
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari mahallalar orqali aholiga
aniq manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
♦
Ijtimoiy islohotlarning iqtisodiy va huquqiy asoslarini yaratish.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat qilib belgilangan:
♦
Аholining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash;
♦
Mahsulot, xizmat va uy-joyning kuchli ichki isteʼmol bozorini
shakllantirish;
♦
Аholining to‘lov talablarini keng miqyosda qondirish va uning
o‘sishini taʼminlash;
♦
Аholining daromad va mulkka egalik darajasining keskin
tabaqalashuvining oldini olish;
♦
Ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan zarur kafolatni taʼminlash.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning
maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy siyosati quyidagi
asosiy yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
♦
Davlat ijtimoiy isteʼmol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning
har bir aʼzosining foydalanishini kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish;
♦
Davlatning markazlashgan ijtimoiy sug‘urta fondini tashkil etish;
121
♦
Ko‘rsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlari uchun davlat tomonidan
beriladigan imtiyozlar;
♦
Ish haqi va pensiya minimumining davlat tomonidan kafolatlanishi;
♦
Ko‘p bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqalar;
♦
Kam taʼminlangan aholi tabaqalariga moddiy yordam ko‘rsatish;
♦
Bolalikdan nogiron va boshqa mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarni
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
♦
Talabalar uchun to‘lanadigan davlat stipendiyalari;
♦
Ishsizlik nafaqasi;
♦
Eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari turlarini belgilangan narxlarda
sotilishini taʼminlash;
♦
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar baholaridagi farqlarni
byudjet hisobidan qoplash;
♦
Ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari (sog‘liqni saqlash, taʼlim,
jismoniy tarbiya, sport va madaniyat) moddiy bazasini rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash va mustahkamlash.
Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo
etishga qaratilgan. Buni ijtimoiy sohadagi islohotlarni amalga oshirish orqali
taʼminlash mumkin. Chunki har qanday jamiyatning rivojlanganlik darajasi
ijtimoiy masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bog‘liq. Ijtimoiy masalalar
mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga taʼsir etadi.
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy siyosati ijtimoiy
islohotlarni davomli amalga oshirib borish orqali aholi turmush darajasini barqaror
o‘stirib borishdan iboratdir. Mamlakatimizda aholi daromadlari va turmush
darajasini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi natijasida
aholi jon boshiga o‘rtacha to‘g‘ri kelgan pul daromadlari, ish haqi va pensiyalar
o‘sishining ijobiy dinamikasi vujudga kela boshladi. Аholining daromadlari
tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 2010-2017-yillarda 45,0 %dan
34,3 %ga kamaydi, mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar ulushi
25,0 %dan 34,5 %ga o‘sdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5oktabrdagi PF-4848-
sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni
har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan
yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni doirasida
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shuningdek,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Davlat
xaridlari to‘g‘risida”, “Davlat va xususiy sektor sherikligi to‘g‘risida”gi qonun
loyihalari hamda 30 dan ziyod qonun va meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda
tasdiqlash borasida faol ishlar olib borilmoqda.
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va
rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani
rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib
borish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-
122
siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan taʼminlash, yo‘l-transport
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, taʼlim,
madaniyat, ilm-fan, adabiyot, sanʼat va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga
oid davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat-notijorat tashkilotlarining ijtimoiy
himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj toifalarga kam
taʼminlanganlar, ko‘p bolali onlalar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar va boshqalar
kiradi. Har qanday tuzum va jamiyatda aholining bunday toifalari u yoki bu
darajada uchraydi. Аdolatli jamiyat hamisha ularni himoya qilishni o‘z zimmasiga
oladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishganidan keyin
kuchli ijtimoiy siyosat yuritdi. Ijtimoiy sohaga muhim eʼtibor hozirgi paytda ham
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat
mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish
to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan bo‘lib, bu yilgi bayram “Fidoying bo‘lgaymiz
seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy,
maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi asosida
amalga oshirilyapti. Chunki Qarorda ushbu Dasturni 2017-2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”
Davlat dasturining maʼno-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlash belgilangan
edi. Bu beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisida aynan ijtimoiy sohani
rivojlantirish ko‘zda tutilgan. U quyidagicha bayon etilgan:
“Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real
daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash
tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,
arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va
ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha
maqsadli dasturlarni amalga oshirish, taʼlim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, sanʼat
va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”.
O‘tish davrining O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahonda “O‘zbek modeli” deb nom qozongan
beshta tamoyilning to‘rtinchisi aynan aholining murakkab demografik tarkibini
hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat qilib belgilangan edi.
Hatto mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar mohiyati xalqaro ekspertlar
tarafidan aynan “ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish” deb ham
nomlandi. Bu bejiz emas edi.
Chunki bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan
tamoman zid bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish hamisha murakkab kechadi.
Bu aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan
ikkinchi tuzumga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud
iqtisodiy integratsiya tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan
shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, mulkka egalik qilishning shakli
o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto ekin yerlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi ham
123
bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Demak,
ijtimoiy himoyaga muxtojlar safining o‘zgarib, yaʼni kamayib-ko‘payib turishi
ham tabiiy holdir.
Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining himoyaga
muhtoj qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu
og‘ir ijtimoiy mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonda avval-
boshdan bu borada oqilona yo‘l tutildi.
O‘zbekiston xalqining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilg‘or jahon
tajribalarini mujassamlashtirgan bu taraqqiyot modeli negizida kuchli ijtimoiy
siyosat yuritish maqsadi ham yotadi.
Shunday ekan, o‘zgarishlar mohiyati ham shaxs, uning manfaatlari bilan
bevosita bog‘liq, islohotlar masʼuliyati ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaro zimmasiga
tushadi. Ko‘rinib turibdiki, kuchli ijtimoiy himoya doimo mustaqil O‘zbekiston
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib keldi. Mamlakatimizda
davlat byudjetining asosiy qismi aynan ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan va bu qatʼiy
qoidaga izchil amal qilib kelinyapti.
Birinchi Prezident I.Karimovning 1993-yili chop etilgan “O‘zbekiston –
bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” kitobida mazkur besh
tamoyildan har birini sharhlash uchun bittadan maxsus bob ajratiladi. Jumladan,
“Kuchli ijtimoiy siyosat-iqtisodiy o‘zgartirishlarning ishonchli kafolati” deb
nomlangan yettinchi bobda to‘rtinchi tamoyil har taraflama va batafsil tahlil etib
berilgan.
Bu besh tamoyil Birinchi Prezident I.Karimov taʼlimotida o‘z-o‘zidan yoki
birdaniga shakllanib qolmagan. Bu – uning davlatchilik borasidagi tadrijiy
tafakkuri mahsuli yanglig‘ yuzaga keldi. Buning isboti shuki, uning 1992-yili
yozilgan “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida ilgari surilgan
ayrim qatʼiy pozitsiyalarning ana shu tamoyillar bilan bevosita aloqadorligi bor.
Demak, islohotlardan ko‘zlangan bosh maqsad – xalq hayotini yaxshilash,
fuqarolarning emin-erkin yashashi, rivojlanishi, bunyodkorlik ishlari bilan faol
shug‘ullanishi, umrni unumli o‘tkazishi, turmush mazmunining boyishiga
erishishdan iborat.
1997-yildan yillarni muayyan yo‘nalish bo‘yicha nomlash anʼanasi yo‘lga
qo‘yildi. O‘sha yili “Inson manfaatlari yili” bo‘lgan. Inson manfaatlari deganda
esa, avvalo, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish maʼnosi ko‘zda tutilgan. Eʼtibor
qilinsa, o‘shandan buyon har bir yilning yo‘nalishida u yoki bu tarzda aynan
ijtimoiy masala o‘rtaga qo‘yiladi. 2007-yil esa maxsus ravishda “Ijtimoiy himoya
yili” bo‘ldi.
Istiqlol yillarida ijtimoiy muhofaza muayyan tizimga aylandi. Muhtoj qatlam
va guruhlarga moddiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos, yaʼni miliy mexanizmi
ishlab chiqildi. Buni adolatli amalga oshirishda qishloq, ovul va mahalla fuqarolar
yig‘inlarining masʼuliyati oshirildi. Inflyatsiyani inobatga olgan holda har yili bir
necha marotabadan davlat byudjetidan ajratiladigan maoshlar, pensiya va
stipendiyalar oshirib borilyapti. Muhtoj qatlam va guruhlarga nodavlat va jamoat
tashkilotlari tarafidan moddiy yordam ko‘rsatishning ham turli-turli shakllari
124
paydo bo‘ldi va bu jarayon tobora takomillashib boryapti. 2017-yilning aynan
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi amalda davlat
siyosatining izchilligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |