Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


  O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

3. 
O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati. 
O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 
Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini 
yuksaltirish, 
jamiyatda 
korrupsiyaga 
nisbatan 
murosasiz 
munosabatni 
shakllantirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoуevning 2020-yil 24-
yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida 
taʼkidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan 
taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy 
ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning 
birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”. 
Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari qator xalqaro 
huquqiy normalarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
2003-yil 31-oktabrda qabul qilingan BMTning Korrupsiyaga qarshi 
Konvensiyasi; 
2000-yil 15-noyabrda qabul qilingan BMTning Transmilliy uyushgan 
jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi; 
1999-yil 27-yanvardagi Yevropa Kengashining “Korrupsiya uchun jinoiy 
javobgarlik to‘g‘risida” gi Konvensiyasi; 
1999-yil 4-noyabrdagi “Korrupsiya uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik 
to‘g‘risida”gi Konvensiyalari va boshqalar. 
O‘zbekiston yuqorida taʼkidlangan xalqaro normalardan 2008-yilda 
Birlashgan 
Millatlar 
Tashkilotining 
Korrupsiyaga 
qarshi 
Konvensiyasi, 
shuningdek, 2010-yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida 


130 
qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul Harakat rejasini 
ratifikatsiya qilgan. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-
6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini 
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul 
qilinib, mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi 
kurashish 
sohasidagi 
davlat 
siyosatini, 
shuningdek, 
korrupsiyaga 
oid 
huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda 
korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan 
davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida 
Korrupsiyaga qarshi kurash Аgentligi tashkil etildi. 
Farmon bilan Аgentlikka Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining 
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi 
kurashish bo‘yicha tarmog‘ining Istanbul harakatlar dasturi doirasidagi ishlar 
hamda ishlab chiqilgan tavsiyalarning amalga oshirilishini taʼminlash, BMTning 
Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga 
qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalari qoidalarining bajarilishi 
bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi 
faoliyatni 
muvofiqlashtirish 
bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasi milliy 
koordinatorining vazifa va vakolatlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari 
bilan birgalikda hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida 
korrupsiyaning darajasini baholovchi milliy indeks tuzishni tashkillashtirish 
yuklatildi. 
Shuningdek, mazkur Farmon asosida quyidagi chora-tadbirlarni bosqichma-
bosqich amalga oshirish belgilanligi ahamiyatlidir, xususan: 
2020-2021-yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida 
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplaens-nazorat”)ni bosqichma-
bosqich joriy etish; 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish 
sohasidagi faoliyati, shuningdek, ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar 
samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi E-Anticor.uz 
elektron platformasini joriy etish; 
korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil 
dasturiy taʼminotni joriy etish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 
29-iyundagi PF-6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi 
kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi Farmoni). 
Xorijiy amaliyot tahlili shuni ko‘rsatdiki, bozor iqtisodiyoti qonunlarga 
asoslangan mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat va 
xususiy sektor ishtirokchilarining xalqaro standartlar, qonun hujjatlari va boshqa 
zamonaviy usullarga muvofiq samarali faoliyat yuritishini taʼminlovchi muhim 
vositalardan biri o‘z tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat 
(compliance control) tizimini tashkil etish hisoblanadi. 


131 
Korrupsiyaga qarshi komplaens nazorati – davlat va xo‘jalik boshqaruvi 
organlari, xo‘jalik yurituvchi subʼyektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish 
sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga 
muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z 
vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid 
huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o‘zida mujassam etgan profilaktik tizimdir. 
Qayd etish lozimki, olib borilayotgan islohotlarni amaliy hayotga tatbiq etish 
maqsadida 2020-yil 4-fevralda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili 
(Ombudsman) tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha idoraviy chora-
tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari 
tomonidan korrupsiya haqida xabar berish mexanizmlari joriy etilganligi 
ahamiyatlidir, xususan, bugungi kunda: 
– Ombudsmanning “10-96” ishonch telefoni va virtual qabulxonasi faoliyat 
yuritmoqda; 
– fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha 
hamda xodimlarning boshqa qonunga xilof ishlari to‘g‘risidagi murojaatlari tahlil 
qilinib boriladi, ularning natijalari odob-axloq komissiyasi yig‘ilishlarida 
muhokama qilinadi; 
– Ombudsman Kotibiyatiga ishga birinchi marta qabul qilinayotgan shaxslar 
uchun korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida yo‘l-yo‘riqlarni tushuntirish, 
xizmat vazifasiga qo‘yiladigan asosiy majburiyatlar, taʼqiqlar, cheklovlar, talablar 
va idoraviy odob-axloq qoidalari mazmun-mohiyati 3 ish kunidan kechiktirmay 
tushuntiriladi; 
– Vakilga korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlarga eʼtibor qaratadigan 
bo‘lsak, 2020-yilning 6 oy davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasiga muvofiq Ombudsman 
tomonidan Bosh prokuraturaga 17 ta murojaat yuborilgan (2019-yil – 21 ta). 
Ushbu murojaatlardan 2 tasi o‘z tasdig‘ini topgan. 
Sohada amalga oshirilayotgan ushbu mazmundagi islohotlarning natijasi 
sifatida Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan har 
yili eʼlon qilib boriladigan “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”da O‘zbekiston 180 
ta davlat orasida 2017-yilda 157-o‘rin, 2018-yilda esa 158-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 
2019-yilda 25 ball bilan 153-o‘rinni egallab, 5 pog‘onaga ko‘tarildi. 
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda 
ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishining oldini olishga qaratilgan kompleks 
chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat hayotining 
barcha 
sohalarida 
korrupsiya 
omillarini 
keltirib 
chiqarayotgan 
tizimli 
muammolarni bartaraf etishga qaratilgan. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin