Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TAʼLIM SOHASIDA



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

9-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TAʼLIM SOHASIDA 
AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR. 
 
Reja: 
1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. “Taʼlim to‘g‘risida”gi 
Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi.
2. Taʼlimning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi 
muammolar. 
3. 
Oliy taʼlim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan 
vazifalar.
4. 
Taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi.
1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. “Taʼlim to‘g‘risida”gi 
Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yosh 
avlodning taʼlim-tarbiyasiga katta eʼtibor qaratilib, bu masala davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston mustaqillik ostonasida turar ekan, respublika 
rahbariyati ilm-fanni, taʼlim tizimini isloh qilish, modernizatsiya qilish dastlabki 
vazifalardan biri ekanligini chuqur anglar edi. O‘zbekiston rahbari I.Karimov 
1988-yil 20-noyabrda O‘zbekiston SSR Fanlar Аkademiyasida bo‘lgan 
uchrashuvda shunday degan edi: “Respublika hayotining barcha sohalarida ilm-fan 
mavqeyini prinsip eʼtibori bilan yangi sifat darajasiga ko‘tarish respublika Fanlar 
Аkademiyasining asosiy vazifasidir, deb o‘ylaymiz. Ilm-fan ahliga buyruq berish, 
quruq maʼmuriyatchilik, olimlarga apparat xodimlari kabinetlarida paydo 
bo‘ladigan “ijtimoiy buyurtmani” ro‘baro‘ qilish davri o‘tib ketdi. Ijodiy 
izlanishlarning natijalarini qamrab olgan Fanlar Akademiyasi olimlarining asarlari 
va tavsiyalari respublika taraqqiyotining istiqbolini belgilaydigan kelajakdagi 
hisob-kitoblar va siyosatning poydevori bo‘lishi darkor... 
Fanga isteʼdodli yoshlarning kirib kelishini taʼminlash uchun kompleks 
tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur. Bu borada oliy maktabning hatto 
umumiy taʼlim maktablarining faoliyatini tubdan qayta qurish kerak”. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida islohotlarni boshidan 
kechirgan va natijasini ko‘rsata olgan sohalardan biri taʼlim tizimidir. 
O‘zbekistonda ilm-fanga alohida eʼtibor qaratila boshlandi. Zamonning tezkor 
taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yangi fan sohalari bo‘yicha tadqiqotlar yo‘lga 
qo‘yildi. Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar olib borish davlat 
siyosati 
darajasiga 
ko‘tarildi. 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
ilm-fanni 
rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi 
Fanlar 
Аkademiyasining o‘rni 
beqiyosdir. Shuningdek, respublika oliy taʼlim muassasalaridagi professor-
o‘qituvchilar faoliyatining salmoqli qismi ilmiy tadqiqotlarga qaratilganligi o‘z 
samarasini bera boshladi. “Fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi” 
O‘zbekistonda ilmu-fan rivojlanishida bosh maqsadlardan biri etib belgilandi. 


148 
1992-yilda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining farmoniga 
binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Аttestatsiya Komissiyasi 
tashkil etilishi munosabati bilan Fanlar Аkademiyasining mavqeyi ortdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil 
etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-fevraldagi farmoni ilmiy 
tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar sifatiga qo‘yilgan talablarga muvofiq ilmiy 
texnika va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirishda, shuningdek, mamlakat 
ilmiy salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega 
bo‘ldi. 
Respublikaning ilmiy tadqiqot majmuini Аkademiya, oliy taʼlim va boshqa 
tarmoqlaridagi 350 dan ortiq muassasani, jumladan, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy 
o‘quv yurtlaridagi ilmiy tadqiqot bo‘linmalari, loyiha konstruktorlik tashkilotlari
ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va tajriba korxonalari, axborot-hisoblash 
markazlari o‘z ichiga oladi. 2006-yildagi natijalar bo‘yicha fanning turli 
tarmoqlarida 34 mingdan ortiq ilmiy xodim faoliyat ko‘rsatgan. Ularning 2.4 mingi 
fan doktori, 2.4 mingi fan nomzodlari edi. 
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi xalq taʼlimi tizimining taraqqiyotiga 
ijobiy taʼsir ko‘rsatdi. Milliy pedagogik tafakkur taʼsirichan taʼlimni 
sog‘lomlashtirish jarayoni boshlandi. Uzoq vaqt mobaynida tashqi dunyodan uzib 
qo‘yilgan, o‘zga mamlakatlar tarixiy tajribasidan ham, milliy-maʼrifiy merosdan 
ham bahramand bo‘lmagan milliy pedagogika jahon maydoniga chiqdi. Erishilgan 
natijalarni o‘zgalarniki bilan qiyoslash, boshqalardan ijobiy jihatlarni o‘zlashtirish 
imkoniyati paydo bo‘ldi. 
Respublikamizda taʼlimning yangi tizimini amalga oshirishda O‘zbekiston 
hukumati tariximizdagi taʼlim jarayonlarini o‘rganib chiqib, taʼlimni isloh qilish 
dasturini tayyorladi. Barcha eʼtibor taʼlim tizimlarini demokratik va insonparvarlik 
tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnik bazasini zamon va davr 
talablari darajasiga ko‘tarish va O‘zbekiston maʼrifiy salohiyatini kuchaytirishga 
qaratildi. 
O‘zbekiston Respublikasida 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Taʼlim 
to‘g‘risidagi” qonun ilgari erishilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga xizmat 
qildi. Ushbu qonun o‘z vaqtida muhim bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo taʼlim tizimini 
isloh qilishning amaliy chora-tadbirlari, taʼlim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining 
tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lash, yaʼni uzluksizlikni taʼminlash 
muammolarini yecha olmadi. Taʼlim tizimidagi yig‘ilib qolgan muammolar 1997-
yil 29-avgustda qabul qilingan “Taʼlim to‘g‘risida”gi yangi qonunni va kadrlar 
tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga sabab bo‘ldi. Shu o‘rinda taʼkidlash 
kerakki, O‘zbekiston Respublikasida bolalarga doir davlat siyosatini Bola 
huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiqlashtirish maqsadida qonunchilik, 
maʼmuriy va boshqa yo‘nalishlarda ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirib 
kelinmoqda. Bolalar huquqini tartibga soluvchi O‘zbekiston qonun hujjatlari 
tizimini mamlakat Konstitutsiyasi, oila kodeksi, Mehnat kodeksi, “Taʼlim 
to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qator qonunlar tashkil etadi.


149 
Mustaqil davlat oldida turgan eng muhim masalalardan biri eskicha tafakkur 
va eʼtiqodidan qutilgan, istiqlol uchun, o‘z ona yurti uchun xizmat qiladigan 
kadrlar tayyorlash masalasi bo‘ldi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan 
tugatib, batamom yangi, jahonning ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlari yo‘lidan 
boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan 
quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. 
Garchi mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekiston Respublikasida “Taʼlim 
to‘g‘risidagi” qonun qabul qilingan bo‘lsada (1992-yil 2-iyulda), 1997-yil 29-30-
avgust kunlari o‘tkazilgan birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining IX sessiyasida “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrirda) va 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi (29-avgustda). 
Mazkur dasturning maqsadi taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, uni 
o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, 
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga 
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning Milliy tizimini yaratishdir. 
Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
– “Taʼlim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq taʼlim 
tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat taʼlim muassasalari hamda taʼlim va 
kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida taʼlim tizimini 
yagona o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni 
taʼminlash; 
– taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan 
yangilanish, rivojlangan demokratik-huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga 
moslash; 
– kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar 
bilan taʼminlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish; 
– kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy 
taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va 
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; 
– taʼlim oluvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning va maʼrifiy 
ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etish; 
– taʼlim va kadrlar tayyorlash, taʼlim muassasalarini attestatsiyadan 
o‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy 
qilish; 
– yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda taʼlimning talab qilinadigan darajasi 
va sifatini, tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror 
rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini taʼminlovchi normativ, moddiy-texnika 
va axborot bazasini yaratish; 
– taʼlim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini 
taʼminlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning 
talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning 
buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; 


150 
– uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari 
mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalarini jalb etishning real 
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 
– kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni 
rivojlantirish kabi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mazkur masalalarni quyidagi 
bosqichlarda amalga oshirish rejalashtirildi:
1. Birinchi bosqich (1997-2001-yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining 
ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish 
uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish. 
2. Ikkinchi bosqich (2001-2005-yillar) Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga 
chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni 
hisobga olgan holda unga aniqliklar Majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-
hunar taʼlimiga, shuningdek, o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga 
qarab, tabaqalashtirilgan taʼlimga o‘tish rejalashtirildi. Taʼlim muassasalarini 
maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish taʼminlandi, 
ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltirildi. 
3. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribani tahlil 
etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada 
rivojlantirish. Taʼlim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada 
mustahkamlanadi, o‘quv-tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or 
pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq taʼminlanadi. 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston 
Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi (1998-y.) 204-sonli qaroriga muvofiq kasb-hunar kollejlari tashkil 
qilina boshladi. 1999-2000-o‘quv yilidan boshlab – tayanch pedagogika institutlari 
va universitetlar talabalarini tayyorlash dasturiga yangi taʼlim, kasb-hunar 
dasturlari hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish uslubiyoti 
bo‘yicha maxsus kurslar kiritildi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin