151
Maʼlumki, murakkab o‘tish yillarida maktablardagi maʼnaviy-maʼrifiy
muhit, o‘qituvchi kasbining obro‘yi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr
pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion taʼlim
texnologiyalarini joriy etishga yetarli eʼtibor berilmagani sohada bir qator jiddiy
muammolarni keltirib chiqardi. Keyingi yillarda ana shu muammolarni samarali
hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha
mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev tomonidan xalq taʼlimi tizimiga oid 6 ta farmon va qarorlar,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul
qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-meʼyoriy asoslari mustahkamlandi.
Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab
taʼlim tizimi qayta tiklandi. 2017-2019-yillarda respublika miqyosida 157 ta
umumtaʼlim maktabi yangidan qurildi.
Ulug‘ allomalarimiz – Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi
iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Аbdulla
Oripov, Ibroyim Yusupov,
Ishoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima
Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”,
Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi
taʼlim dargohlari tashkil etildi. Taʼlim-tarbiya ishlarini samarali olib borishda
erkak o‘qituvchilarning alohida o‘rni va taʼsiri borligi hisobga olinib, ko‘rilgan
aniq chora-tadbirlar natijasida xalq taʼlimi tizimiga 12 ming 871 nafar erkak
o‘qituvchi qaytdi.
Pedagog xodimlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha
ham katta ishlar
qilinmoqda. 2017-2020-yillar oralig‘ida o‘qituvchilarning ish haqi o‘rtacha 2,5
barobar oshirildi. Uzoq tumanlarga borib ishlayotgan pedagog kadrlar mehnatini
rag‘batlantirish bo‘yicha aniq mezonlar belgilandi. Ularga 50 foizgacha
qo‘shimcha oylik ustamalar to‘lanmoqda. Bu olis hududlarda yetishmayotgan
mingdan ziyod o‘qituvchini jalb etish imkonini berdi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, respublikada taʼlimning yangi tizimini
amalga oshirishda O‘zbekiston hukumati tariximizdagi taʼlim jarayonlarini
o‘rganib chiqib, taʼlimni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha eʼtibor taʼlim
tizimlari demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirilib, uning
moddiy-texnik bazasini zamon va davr talablari darajasiga ko‘tarish va
O‘zbekiston maʼrifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi.
Mamlakatimizda yangicha ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda shakllanayotgan
maktabgacha taʼlim tizimi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Statistik
maʼumotlarda
keltirilishicha, 2006-yilda 6565 ta maktabgacha taʼlim muassasasi
bo‘lib, unda 571157 nafar bola taʼlim-tarbiya olgan. 59595 nafar pedagog xodim
shu sohaga jalb etilgan. Аmmo bu raqam shuni ham ko‘rsatadiki, bu paytda atigi
21,4 %gina maktabgacha bolalar qamrab olingan edi. Ushbu masalalarning
yechimini topish jarayonida maktabgacha taʼlim muassasalarining yangi tarmog‘i,
yaʼni xususiy sektor ulushining ortganini ko‘rish mumkin. Masalan, “Xonadon
bog‘chasi”, “Fermer xo‘jaligi bog‘chasi”, “Bolalar bog‘chasi – boshlang‘ich
maktab” majmualari vujudga kelmoqda.
152
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 30-
sentabrdagi Qaroriga muvofiq yurtimizda birinchi marta Maktabgacha taʼlim
vazirligi tashkil etildi. O‘tgan qisqa davrda 980 dan ortiq bog‘chalar ishga
tushirildi. So‘nggi 2019-yili respublika bo‘yicha bolalar bog‘chalarining soni 1
ming 400 taga ortib, 6 ming 367 taga yetdi. Ularda taʼlim va tarbiya ishlari
mazmun hamda sifat jihatidan eng ilg‘or usul va vositalar yordamida olib
borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Oliy
majlisga Murojaatida O‘zbekistonda taʼlim tizimining
taraqqiyoti davlat
siyosatining ajralmas qismi ekanligini taʼkidlab shunday dedi: “Uchinchidan, ilm-
fan, zamonaviy va uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish zarur.
Xalqimizda “taʼlim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan bir hikmatli so‘z bor.
Faqat maʼrifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi. Shu sababli,
taʼlim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz taʼlim tizimi prinsipiga asoslanishi, yaʼni
taʼlim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim”.
Taʼlim tizimi aholining katta qismini jalb qiladi. Umumiy o‘rta taʼlim
uzluksiz taʼlim tizimidagi asosiy bo‘g‘in bo‘lib, u bilimlarning zarur hajmini
beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
Tarixiy maʼlumotlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2000-yil boshiga kelib,
mamlakatimizda 61 ta oliy, 25 ta o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, shu jumladan, 75 ta
kollejlarda 360 mingdan oshiq talaba tahsil oldi. O‘zbekistonda 2006-yilda 9748 ta
maktab bo‘lib, ularda 5 mln 926860 ta o‘quvchilar taʼlim oladi. Ular uchun 451567
ta o‘qituvchilar faoliyat yuritib 463 nomda 16,8 mln nusxa darslik nashr etiladi.
Pedagog xodimlarni namunaviy arzon uy-joylar, avtotransport bilan
taʼminlash maqsadida uzoq muddatli imtiyozli kreditlar berish, ularning oila
aʼzolariga tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozli kreditlar ajratish tizimi yo‘lga
qo‘yildi. 2019-yildan boshlab mutaxassis o‘qituvchilarning oshirilgan haqi miqdori
54 foizga, oliy toifali pedogoglarniki esa 64 foizga yetkazildi.
Ushbu harakatlar
natijasida 2018-yilda umumiy o‘rta taʼlim maktablari 16 ming nafar oliy
maʼlumotli yosh kadrlar bilan to‘ldirildi. Qariyb 13 ming nafar erkak o‘qituvchilar
maktablarga qaytishdi. Professor-o‘qituvchilar oyligi va mavqeyini oshirish
siyosati tizimli davom ettirilmoqda. Oylik maoshlari bir necha barobar oshirildi.
Ilg‘or o‘qitish tizimini kengroq joriy etish, ilmiy tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish
maqsadida 20 foizdan 60 foizgacha ustama haq to‘lash o‘z natijasini ko‘rsatdi.
Maktablardagi maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish,
“Milliy g‘oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg‘usi” kabi fanlarni
birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani joriy qilindi. Maktablarga buyuk
allomalar, davlat va siyosat arboblari, mashhur sarkarda ajdodlarimizning
nomlarini berish yo‘lga qo‘yildi.
Maktablarda 10-11-sinflar joriy etilib, kollejlarda
kontingent qisqarishi
munosabati bilan mavjud moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish
maqsadida 7 ta kollej va akademik litsey negizida yangi 3 ta oliy taʼlim muassasasi
filiallari va 1 ta oliy o‘quv yurti tashkil etildi.
153
Umuman aytganda, xalqimiz qadimdan ilm va maʼrifatga intilib kelgan.
Istiqlol yillarida ushbu soha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari qatoridan
o‘rin oldi. Buni olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar yaqqol tasdiqlaydi.
Bu jarayonda jismonan sog‘lom, maʼnaviy yetuk barkamol yoshlarni tarbiyalash va
ularning bilim olishi bo‘yicha bergilangan vazifalarning amalga oshirilishi
mamlakatimizda farovon hayotni taʼminlashning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, ustoz va shogirdlarning birgalikdagi saʼy-harakatlari, olimlarning
fidokorona mehnatlari tufayli masofaviy taʼlim va onlayn dars berishda ham ijobiy
tajribalar to‘plandi. Endilikda uzluksiz taʼlim tizimini takomillashtirish, malakali
kadrlar siyosatini rivojlantirishni hamda uning moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash borasida qilinayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunigdek, taʼlim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlariga o‘tishda
oliy taʼlim muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirish taqazo etilmoqda.
Dostları ilə paylaş: