Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


Mustaqillik yillarida madaniyat va sanʼatning taraqqiyoti. Beshta



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

4. Mustaqillik yillarida madaniyat va sanʼatning taraqqiyoti. Beshta 
tashabbus va uning yuksak maʼnaviy madaniyatni taʼminlashdagi o‘rni. 
Mustaqillik yillarida yoshlarimizga bo‘lgan eʼtiborni yanada kuchaytirish
ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda 
axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz 
yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish 
maqsadida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim 
ahamiyat kasb etadi. Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar 
tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, 5 ta 
muhim tashabbusning har bir yo‘nalishi maʼlum bir sohani o‘z ichiga qamrab oladi. 
Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va 
sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga 
xizmat qiladi. 
Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida 
qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. 
Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va 
internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. 
To‘rtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida 
kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga 
yo‘naltirilgan. 
Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda 
tutadi. 
5 ta muhim tashabbus doirasida mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlik 
anʼanasini yanada jonlantirish, kitob mutolaasiga keng eʼtibor qaratish bo‘yicha 
amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar diqqatga sazovordir. 2017-yil sentabr oyida 
taʼlim muassasalarida “Men sevib o‘qigan kitob”, “Eng yaxshi kitobxon” tanlovlari 
tashkil etildi. Buning uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar, xayriya mablag‘lari 
hisobidan 160 mln. so‘m ajratildi. Har bir tuman markazlarida kitob do‘konlari, 
kutubxonalar ochildi va yangi asarlar bilan boyitildi. 
Davlatimiz rahbari tomonidan 2017-yil 28-iyulda qabul qilingan “Maʼnaviy-
maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga 
ko‘tarish to‘g‘risida”gi Qarori bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 
tashkil etildi. Ushbu markazning faoliyati bilan bog‘liq asosiy vazifalarda, xususan, 
milliy g‘oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari 
orasida keng targ‘ib qilish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, 
yoshlar orasida ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar 
belgilandi. 
Tarixan olib qaraganda, O‘zbekiston SSSR tarkibida bo‘lgan paytdayoq o‘zbek 
xalqining zabardast din ulamolarining xotirasini sharaflab, ilmiy anjumanlar o‘tkazish 
anʼanasi boshlab yuborildi. Shu o‘rinda O‘zbekiston SSR Prezidenti I.Karimov 
tomonidan Аbu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning 1200 yilligiga bag‘ishlab 
o‘tkazilgan ilmiy anjuman (1990-yil 14-sentabr) ishtirokchilariga yuborilgan 
tabrigidan qisqa keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi: “O‘zbekiston hukumati 
mo‘minlarning istaklarini inobatga olib, musulmon dunyosining eng muqaddas 


142 
yodgorliklaridan biri – Xalifa Usmon “Mushafi”ni ular ixtiyoriga qaytarib berdi. 
Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o‘tkazildi. Yangi masjidlar 
ochilmoqda. Makka va Madinani ziyorat etishga borayotgan musulmonlar ko‘paydi... 
Davr shu kunning zarur muammolarini hal etishga intilish barobarida ona tarixning 
ilg‘or anʼanalaridan saboq olishni ham taqazo etadi”. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin