O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi namangan viloyati mingbuloq tumani 44 -umumiy o’rta ta’lim maktabning


 O‘qituvchilarga quyidagilar taqiqlanadi



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/52
tarix29.04.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#104789
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
Sinf rahbar daftari 2022 yil

19. O‘qituvchilarga quyidagilar taqiqlanadi: 
- jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy va jismoniy 
zo‘ravonlik ko‘rsatish; 
- o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik; 
- “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirish; 
- ta’lim muassasasiga va dars mashg‘ulotlariga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan, soch-
soqolni tartibga keltirmagan va kiyinish odobiga rioya qilmagan holda kelish
- ta’lim muassasasi hududi va binosida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol 
qilish; 
- muassasa hududi va binosida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga aloqasi bo‘lmagan turli xil 
tadbirlar (tug‘ilgan kun, yubiley, iftorlik va boshqa tadbirlar bilan bog‘liq bayramona 
dasturxonlar)ni tashkil etish; 
- ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlari dars 
mashg‘ulotlari vaqtida o‘tkazilishi taqiqlanadi. 
20. Ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar 
bo‘yicha hamkorlik qilishda bir tarafning boshqa tarafga tazyiq o‘tkazishiga yoki shunga harakat 
qilishiga, shuningdek, adolat tamoyillariga yoki ta’lim muassasasi manfaatlariga zid bo‘lgan 
qarorlar tayyorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
21. O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari “Ustoz-
shogird” an’anasi asosida tartibga solinadi.
O‘qituvchilar tomonidan tashkil etiladigan har bir dars mashg‘ulotlarini o‘quvchilarning 
ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishga oid hayotiy misollar bilan boyitishga e’tibor qaratadi. 
O‘qituvchilar metod kunlari maktabda o‘z ustida ishlashi, o‘z faniga oid yangiliklar bilan 
muntazam tanishishi va dars jarayonlariga tatbiq etishi, maktab jamoat ishlarida faol ishtirok 
etishlarini ta’minlaydi. 
22. Ta’lim muassasasida dars mashg‘ulotlarining boshlanishi va tugashi “Kirish” va 
“Chiqish” qo‘ng‘iroqlari bilan tartibga solinadi. “Kirish” qo‘ng‘irog‘i dars boshlanganligini 
bildiradi, u chalinishi bilan barcha o‘quvchilar dars jadvalida belgilangan tegishli sinf xonalariga 
fan o‘qituvchilaridan oldin kirishadi. 
23. Ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan dars mashg‘ulotlari boshlanishida: 
o‘qituvchi sinfga kirib kelishi bilan o‘quvchilar hurmat yuzasidan o‘rinlaridan turgan holda 
kutib olishlari, bir ovozdan “Assalomu alaykum” (rus tili yoki chet tili fanlarida tegishli tilda 
salomlashish) deb salom berishlari
o‘qituvchi “Va alaykum assalom” (rus tili yoki chet tili fanlarida tegishli tilda salomlashish) 
deb alik olishlari va uning ruxsatidan so‘ng o‘quvchilar o‘rinlariga o‘tirishlari, bunda 1-4-sinf 


o‘quvchilari o‘quv kunining birinchi dars soatida, 5-11-sinf o‘quvchilari har bir darsda sinfga 
kirgan fan o‘qituvchisiga xuddi shunday tartibda munosabatda bo‘lishi lozim. 
24. Ta’lim muassasasida “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalinishi bilan o‘quvchilar o‘qituvchining 
ruxsati bilan sinf xonasini tark etadilar. O‘z navbatida, o‘qituvchi dars mavzusini akademik soat 
reglamentiga muvofiq to‘g‘ri taqsimlashi talab etiladi. 
O‘qituvchi 
sinfdan 
chiqayotganda 
o‘quvchilar 
o‘rinlaridan 
turishlari,
“Xayr, salomat bo‘ling!” deb hurmat ko‘rsatishlari lozim. 
Dars vaqtida o‘quvchiga o‘qituvchining ruxsatisiz sinf xonasidan chiqib ketishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
25. O‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan munosabatda quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi: 
- o‘quvchilarni jazolash maqsadida ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq 
o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik; 
- ichki tartib va kiyinish madaniyatiga rioya qilmaydigan o‘quvchilarni sinfdoshlar yoki 
muassasa jamoasi oldida muhokama qilmaslik
- o‘quvchilar tomonidan uyga vazifani bajarmay kelgan o‘quvchini ommaviy izza qilish 
holatlarini uyushtirmaslik; 
- chet elga noqonuniy ravishda chiqib ketgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
muassasa rahbariyatidan yashirmaslik; 
- o‘quvchining ota-onasi yoki qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik; 
- mazkur qoidalarga rioya qilishda o‘quvchilarga ibrat bo‘lib, shaxsiy namuna ko‘rsatish, 
ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lish; 
- ta’lim muassasasi manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish
- biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro‘y bersa, zudlik bilan ta’lim muassasasi rahbariyatini 
xabardor qilish; 
- ta’lim muassasasining sha’ni va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday holatlarning oldini 
olish; 

ta’lim 
muassasasi 
to‘g‘risidagi 
axborotlardan 
uning 
manfaatlari
va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik; 
- mazkur qoidalarni barcha ta’lim muassasalarida har oyning birinchi haftasi juma kunlarida 
o‘tkaziladigan “Ma’naviyat va ma’rifat soat”larda keng tushuntirib borish; 
yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni zararli odatlardan va 
boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik 
ta’sirlardan, past saviyali “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin