11. Ta’lim muassasasida shaffoflik,
hamjihatlik, o‘zaro ishonch, izzat-hurmat,
bir-biriga
g‘amxo‘rlik qilish, zo‘ravonlikni oldini olish, do‘stona muhitni yaratish hamda ahil-inoqlik jamoa
a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardan biri hisoblanadi.
12. Ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar har bir o‘quvchiga e’tiborli
munosabatda bo‘ladi, o‘qitish jarayonida barcha o‘quvchilarga teng imkoniyatlarni yaratadi va
vujudga keladigan muammolarni, shu jumladan, nizoli holatlarni qonunlarga muvofiq tasdiqlangan
(va barcha manfaatdor tomonlarga ma’lum qilingan) qoidalar, ta’lim muassasasining ichki
tartibiga
ko‘ra hal etadi. O‘quvchilar shaxsiga oid ma’lumotlar maxfiyligini saqlashga qat’iy amal qilinadi.
13. Irqi, millati, diniy e’tiqodi, jinsi, oilaviy ahvoli, ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra,
o‘quvchini o‘quv jarayonidan chetlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bilan birga, qoidalarni buzganlik
majburiy ta’limdan chetlatishga yo‘l qo‘yilmaydi (Sud qarorlari bilan maxsus ta’lim muassasasiga
yuborish holatlari bundan mustasno).
14. Jamoa a’zolari ta’lim muassasasida quyidagilarga rioya etishlari talab etiladi:
- pedagog sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda o‘qituvchilar o‘zaro
munosabatlarda bir-biriga
“Siz” deb
murojaat etishlari;
- rahbar, pedagog xodimlar o‘zaro munosabatlarda yagona jamoa sifatida hurmat, do‘stlik,
hamjihatlik va adolat
tamoyillariga rioya etishlari;
- jamoa
a’zolari orasida turli xil zo‘ravonlik va kamsituvchi (bulling)
xatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
- jamoa a’zolari tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida ishga o‘z vaqtida kelishlari;
- ta’lim muassasasi hududi va yo‘laklarida o‘ng tomonidan yurishlari;
- jamoa a’zolari bir-biriga duch kelganda salomlashishlari, bunda,
kichik yoshdagilar katta
yoshdagilarga birinchi bo‘lib salom berishlari (
ushbu holatlarda qo‘l berib so‘rashish istisno bo‘lib,
yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi bo‘lib qo‘l uzatganidan keyingina ularga javoban
qo‘l uzatishlari tavsiya etiladi);
- jamoa a’zolari ish vaqtida erkin harakatlanish uchun qulay va estetik did bilan kasbga mos
holda kiyinishlari;
- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi hamda kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng
bichimda bo‘lmasligi;
Dostları ilə paylaş: