O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
Umumiy o‘rta ta’Iim muassasalarida 5-sinfdan boshlab yagona sinf rahbari
faoliyatini tashkil etish haqida
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan majlisining 3-
sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’Iim muassasasining sinf
rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirish
maqsadida buyuraman:
1. Umumiy o`rta ta’Iim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to`g‘risidagi
nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi (A.Tagayev)
bir kun muddatda mazkur
buyruqni Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi
vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh
boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga yetkazsin va o‘quv
yili davomida
joylardagi ijrosini nazorat qilsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh
boshqamiasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hamda tuman (shahar) xalq ta’limi
bo`limlariga:
uch kun muddatda mazkur buyruqning ijrosini ta’minlash
maqsadida uning mazmun-
mohiyatini keng
pedagogic jamoaga yetkazish, umumiy o‘rta ta’Iim
muassasalarining sinf
rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy choralarni ko
c
rish;
umumiy o‘rta ta’Iim muassasalarining sinf rahbarlari faoliyatini
tashkil etishda ushbu
hujjatlar talablariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.
4. Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi (L.Rustamova)
mazkur buyruqni vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtirsin.
5. Ushbu buyruq qabul qilinishi munosabati bilan 0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirining 2020-yil 30-iyuldagi 180-sonli buyrug‘ining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta
ta’Iim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom” o‘z
kuchini
yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari
Sh.Shermatov
Dostları ilə paylaş: