0‘zbekiston
Respublikasi Xalq
ta’limi vazirining
2021-yil 22 fevraldagi
41-son buyrug‘iga
ILOVA
Umumiy o‘rta ta’Iim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini
tashkil etish to‘g‘risida NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Mazkur nizom umumiy o‘rta ta’Iim muassasalari sinf rahbarlarining (keyingi o‘rinlarda sinf
rahbarlari deb yuritiladi)
asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari
va majburiyatlarini hamda
faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Sinf rahbarlari o‘z faoliyatini 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
Qonunlariga, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik
palatasi qarorlariga,
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, 0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining buyruqlariga,
mazkur nizomga
va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.
2: Bob. Sinf rahbarlarining asosiy vazifalari va funksiyalari
3. Quyidagilar sinf rahbarlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
ta’Iim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri sifatida o‘ziga
biriktirilgan sinf o‘quvchilarining (keyingi o‘rinlarda sinf o‘quvchilari deb yuritiladi) amalda
belgilangan ta’Iim va tarbiya olishlarini tashkil etish;
odob-axloq va ichki tartib qoidalariga muvofiq muomala va kiyinish madaniyatiga qat’iyan
amal qilish, jamoada namunali bo‘lish;
o‘quvchilarning o‘sib-ulg‘ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat gilish, yordamga
muhtoj o‘quvchilarga yakka holda yondashish asosida ular qalbida milliy g‘urur,
vatanparvarlik,
mehr-muruvvat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni uyg‘otish;
sinf o‘quvchilarining ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasini tashkil etishda o‘qituvchilar,
yoshlar
yetakchisi, psixolog, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar
deb yuritiladi), ta’Iim muassasasi rahbariyati orqali voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha
komissiyalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari, tegishli davlat va nodavlat
tashkilotlari bilan
hamkorlikda ishlash.
Dostları ilə paylaş: