turli videomateriallar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zo‘ravonlikni targ‘ib
qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlash, saqlash,
foydalanish va targ‘ib etish.
17. Ta’lim muassasasi hududida har bir o‘quvchi o‘z uyali aloqa vositalarini o‘chirib
qo‘yishi, pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar o‘z uyali aloqa
vositalari qurilmalarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi
(“Ovozsiz” holatga o‘tkazishi)
shart.
Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy
soatlar, bayram, sport tadbirlari) boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi
hamda telefonini sumkasiga solib qo‘yishi shart
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2012-yil 21-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalarida mobil
telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom”).
18. O‘quvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramasdan dars jarayonida telefondan
foydalanish holatlari davom etgan holatda sinf rahbari va muassasa rahbariyati o‘quvchining
telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) o‘rnatilgan tarzda olib qo‘yiladi, holat yuzasidan
o‘quvchining ota-onasi ogohlantiriladi. Holat bo‘yicha inspektor-psixolog tomonidan o‘quvchining
ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Oila-mahalla-
ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashlari doirasida muhokama etilib,
tegishli tushuntirishlar olib borgandan so‘ng telefon (mobil aloqa vositalari) o‘quvchining ota-onasi
(ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga qaytarib beriladi.
Shunday holat o‘quv yili davomida takrorlanganda o‘quvchi ichki ishlar organlarining
profilaktik ro‘yxatiga olinadi.
Dostları ilə paylaş: