3-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya qilishi
27. O‘quvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya etish talablari:
a) ta’lim muassasasi binosi va uning hududida:
- ta’lim muassasasiga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, ta’lim muassasasi
Ustavida belgilangan o‘quvchilar formasida kelish.
Bunda,
davlat
umumiy
o‘rta
ta’lim
muassasalarida
maktab
formasi
2022-2023-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich, 2025-yildan boshlab esa to‘liq joriy etilishini
inobatga olish;
- toza va orasta kiyinish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish;
- o‘zidan kichiklarga nisbatan izzatda bo‘lish, kattalarga esa hurmat ko‘rsatish;
- o‘qituvchilar va ta’lim muassasasiga kelgan mehmonlar bilan uchrashganda salom berish;
- ta’lim muassasasi mulki
(parta, stol, stul, doska, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va
hokazolar) va o‘quv jihozlari
(kompyuter texnikasi, laboratoriya jihozlari, sinfxonalardagi stend va
bannerlar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
- ta’lim muassasasi mulkiga zarar yetkazilgan hollarda ota-onalar
(ularning o‘rnini bosuvchi
shaxslar) tomonidan qoplanishi;
- ta’lim muassasasi yo‘laklarida tinchlikni saqlash, ichki tartib va odob-axloq qoidalariga
qat’iy rioya qilish;
-
ta’lim muassasasiga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar
va daftarlar bilan kelish
(o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan zarur o‘quv qurollarining bo‘lishi);
-
ta’lim
muassasasi
hududida
telefonini
o‘chirib,
(smartfon,
planshet
va boshqa qurilmalar) portfel yoki sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yish;
chiqindilarni muassasa binosi va hududidagi maxsus belgilangan idishlarga tashlash;
Dostları ilə paylaş: