O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi namangan viloyati mingbuloq tumani 44 -umumiy o’rta ta’lim maktabning


O‘quvchilarga odob-axloq qoidalari doirasida quyidagilar taqiqlanadi



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/52
tarix29.04.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#104789
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
Sinf rahbar daftari 2022 yil

28. O‘quvchilarga odob-axloq qoidalari doirasida quyidagilar taqiqlanadi: 
a) ta’lim muassasasida va uning hududida
- o‘zgalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish; 
- dars mashg‘ulotlari vaqtida ta’lim muassasasi hududida sababsiz yurish; 
- ta’lim muassasasi yo‘laklari, sinf xonalari, oshxona va kutubxonasida asossiz ravishda 
baland ovozda gaplashish; 
- ta’lim muassasasi hududida baland ovozda so‘zlashish, qog‘oz va boshqa chiqindilarni 
(belgilangan joylardan tashqarida) qoldirib ketish; 
- muqovasida ma’naviyatga zid bo‘lgan tasvirlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanish; 
- turli narkotik va psixotrop moddalar, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol 
qilish hamda tarqatish; 
- ta’lim muassasasi hududiga turli xil pirotexnika vositalari, pnevmatik qurollar, o‘tkir 
kesuvchi va tig‘li buyumlarni olib kelish; 
- uyali aloqa vositalari orqali “ommaviy madaniyat”, turli xil yot g‘oyalarni targ‘ib etuvchi 
va terroristik-ekstremistik xarakterdagi audio va video materiallar hamda pornografik xarakterdagi 
ma’lumotlarni ko‘rish va tarqatish, kiberbullingni o‘tkazish; 
- uyali aloqa vositalarini bo‘yniga osib olishi, ko‘ylak, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu 
kabilarda saqlash; 
b) dars mashg‘ulotlari (sinf xonalari)da: 
- dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash; 
- qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish; 
- mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz 
tashqariga chiqish; 
- yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash; 
- boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan 
topshirish; 
- telefondan (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish, uni parta ustiga 
qo‘yish. 
4-bob. Rag‘batlantirish va ta’sirchan choralar ko‘rish tartibi 
29. O‘quv yili davomida yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, namunaviy xulqi 
va jamoat ishlaridagi faolligi uchun hamda mazkur ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to‘liq 
rioya qilgan, ta’lim muassasasida ijobiy sog‘lom muhitning qaror topishiga va yanada 
mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan 
rag‘batlantiriladi:
- mahalla raislari bilan birgalikda namunali ota-onalarga “minnatdorchilik xati”ni 
yuborish; 
- ta’lim muassasasi buyrug‘i bilan o‘qituvchilarga “Faxriy yorliq”, “tashakkurnoma” e’lon 
qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish; 
- esdalik sovg‘alar bilan taqdirlash; 
- muassasa radiouzel va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilish; 
- “Eng faol o‘quvchi”, “Eng faol sinf” nominatsiyasi bilan taqdirlash;
- o‘quvchilarning yashash manziliga, ularning ota-onasining ish joyiga yoki mahalla 
fuqarolar yig‘iniga tashakkurnoma yuborish; 


- “Har bir nuroniy – o‘smir yoshlarning g‘amxo‘r murabbiyi” tamoyili asosida 
tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar mahallada katta hurmatga ega bo‘lgan nuroniylarning tarbiyasiga 
biriktirish. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin