kelgusida korxonada montaj qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan
butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar hisobga olinadi.
"Ishlab chiqarish xarakteridagi ish va xizmatlar" moddasiga tashqi
yuridik
va jismoniy shaxslar, shuningdek korxonaning ichki bo’linmalari
tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo’lmagan ishlab
chiqarish xususiyatiga ega ishlar va xizmatlar kiradi.
Unga mahsulot tayyorlash bo’yicha ayrim operasiyalarni bajarish, xomashyo
va
materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan xomashyo va materiallar
sifatini aniqlash uchun sinovlar o’tkazish, belgilangan
texnologik jarayonlarga
rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va
boshqalar tegishli bo’ladi.
Korxona ichida tashqi subyektlarning transport xizmatlari (xomashyo,
materiallar, instrumentlar, detallar, yuklarning boshqa turlarini ombordan sexga
keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga tashish) ham ishlab
chiqarish xususiyatiga ega xizmatlarga tegishli bo’ladi.
Korxonaning transporti va xodimlari tomonidan
moddiy resurslarni
yetkazish bilan bog’liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga
kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak
(mehnatga haq to’lash xarajatlari, asosiy fondlari amortizasiyasi, moddiy xarajatlar
va boshqalar).
Dostları ilə paylaş: