sarflangan barcha xarajatlarni birgalikda hisobga olish uchun ularni yagona
o’lchov birligiga - qiymat-pul ko’rinishiga keltirish talab etiladi.
Ayrim turdagi ishlab chiqarish xarajatlarini yaratilayotgan mahsulot
tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri kiritish mumkin.
Unga ishlab chiqarishdagi
ishchilarning ish haqi va iste’mol qilingan moddiy resurslar sarfini kiritish
mumkin. Bunday xarajat turlari bevosita ishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi.
Ikkinchi bir xarajat turlari bir necha xil mahsulot yetishtirish jarayonida
ishtirok etishi tufayli (masalan, bir necha xil ekinlarga o’g’it
tashigan traktor
amortizasiyasi) ularga ketgan xarajatlarni shu mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi
ishtirokiga mutanosib taqsimlashga to’g’ri keladi. Bunday xarajatlar bilvosita
ishlab chisarish xarajatlari yoki ishlab chiqarishga tegishli ustama xarajatlar deb
yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: