va o’zgaruvchi (US) xarajatlar farq qiladi.
Doimiy xarajatlar mahsulot hajmining o’zgarishiga bog’liq bo’lmay,
korxonaning ma’lum bir vaqt oralig’ida sarflashi qat’iy belgilab qo’yilgan
o’zgarmas xarajatlarini ifoda etadi. Bunga asosiy
vositalarning amortizasiyasi,
boshqaruv xodimlarining ish haqi, sug’urta to’lovlari, telefon uchun abonentlik
to’lovi va ijara to’lovlarini misol qilib keltirish mumkin. Doimiy xarajatlarining
o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, mahsulot hajmining oshib borishi bilan bir
birlik mahsulotga to’g’ri keluvchi o’rtacha doimiy xarajatlar kamayib boradi.
O’zgaruvchi xarajatlar miqdori mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’sishi
yoki kamayishiga qarab o’zgarib turadi, ya’ni mahsulot hajmi o’zgarishiga
mutanosib bo’ladi. O’zgaruvchan xarajatlar tarkibiga ishchilarning ish haqi va
unga nisbatan ajratmalar, xomashyo, yonilg’i-moylash
materiallari, yoqilg’i va
energiya, transport xarajatlari va boshqa vositalar farqi kiradi. O’zgaruvchan
xarajatlarining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, mahsulot hajmining oshib
borishi bir birlik mahsulotga to’g’ri keluvchi o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlarning
o’zgarishiga uncha ta’sir ko’rsatmaydi.
Doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar yig’indisi korxonaning umumiy
xarajatlarini (TS=G’S+US) tashkil qiladi. Bundan tashqari mahsulot ishlab
chiqarishning (Q) bir birligiga sarflangan o’rtacha umumiy xarajatlar tushunchasi
ham mavjud. Umumiy xarajatlar summasini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga
bo’lish orqali topish mumkin.
Ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida,
moddiy resurslar va asosiy
vositalar to’la bandlik darajasiga erishmagan davrda, o’rtacha doimiy xarajatlar
qiymati yuqori bo’ladi va ishlab chiqarish hajmining oshib borishi bilan u kamayib
borish xususiyatiga ega. O’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqarish hajmi
optimal chegaraga yetguncha kamayib boradi, ammo undan keyin ishlab
chiqarishga jalb etilgan ortiqcha resurslar samarasiz bo’lishi tufayli, o’rtacha
o’zgaruvchi xarajatlar ortib boradi.
Keyingi har bir qo’shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarishga
sarflanadigan xarajatlar chegaraviy xarajatlar deb yuritiladi. Uni umumiy xarajatlar
summasining o’sgan qismini mahsulot hajmining o’sgan qismiga bo’lish orqali
topish mumkin. Chegaraviy xarajatlar ishlab chiqarilayotgan har bir qo’shimcha
mahsulot birligi korxonaga qanchaga tushishini ko’rsatadi.
Bir birlik mahsulot
ishlab chiqarishga ketadigan moddiy, mehnat va boshqa xarajatlar sarfi
optimallashib borgan sari chegaraviy xarajatlar kamayib boradi. Ammo,
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish imkoniyatlari to’liq
bandlikka erishgach, keyingi birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari borgan
sari qimmatlashib boradi.
Natijada yuzaga keladigan xarajatlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli
qarori bilan tasdiqlangan
"Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom"ga muvofiq
quyidagicha turkumlanadi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarx hosil qiluvchi xarajatlar:
- ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari;
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega;
- ishlab chiqarishga tegishli asosiy vositalar
va nomoddiy aktivlar
amortizasiyasi;
- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boshqa xarajatlar.
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatidan
olingan foydani aniqlashda hisobga olinadigan davr xarajatlari:
- mahsulotni sotish xarajatlari;
- boshqaruv xarajatlari;
- boshqa operasion xarajatlar.
3. Korxonaning umumxo’jalik faoliyatidan olingan foydasini aniqlashda
hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar:
- foizlar bo’yicha to’lovlar;
- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga (lizingga) olish to’lovlari;
- xorijiy valyuta bilan operasiya bo’yicha
salbiy kurs tafovutlari;
- qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash;
- moliyaviy faoliyatga oid boshqa xarajatlar.
4. Korxonaning odatdagi faoliyatiga mos kelmaydigan, bir necha yillar
davomida takrorlanib turmaydigan va kichik tadbirkorlik korxonasi boshlig’ining
(mulk egasining) qabul qilgan boshqaruv qarorlariga bog’liq bo’lmagan
holda
vujudga keladigan voqyea va hodisalar (suv toshqini, yong’in, jala, do’l kabi tabiiy
ofatlar va mamlakat qonunchiligida o’zgarish) natijasida ko’rilgan favqulodda
zararlar.
Dostları ilə paylaş: