O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010


"Moddiy qimmatliklar kamomadi va mahsulotlarning buzilishidan



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə103/174
tarix07.01.2024
ölçüsü0,93 Mb.
#207057
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   174
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

"Moddiy qimmatliklar kamomadi va mahsulotlarning buzilishidan
ko’rilgan zararlar"da ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy
yo’qolish me’yorlari doirasida va ulardan ortiqcha yo’qotilishi, yaroqsizlanishi va
kam chiqishi hisobga olinadi.
"Ishlab chiqarishga oid boshqa xarajatlar" moddasida quyidagilardan
tashkil topadi:
- ishlab chiqarishni xomashyo, materiallari, yonilg’i, energiya, instrument,
moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari;
- chetdan jalb etilgan korxonalar tomonidan amalga oshirilgan korxonaning
asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik ko’rik va
qarov, o’rtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari);
- ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli asosiy vositalarni joriy ijaraga olish
bilan bog’liq xarajatlar;
- ifloslantiruvchi moddalarni yo’l qo’yiladigan me’yorlar doirasida va undan
ortiqcha atrof-muhitga chiqarganlik uchun to’lovlar;
- ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog’liq mehnatning normal sharoitlari
va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari;
- xodimlarga tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, tekin
beriladigan joy haqini to’lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal xizmatlar va
boshqalar uchun pul kompensasiyasi summasi);
- amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy
foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyim-bosh,
maxsus ovqatlar) yoki ular pasaytirilgan narxlar bo’yicha sotilishi munosabati
bilan imtiyozli summasi;
- ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga
tegishli xizmat safarlariga yuborish bo’yicha me’yorlar doirasida va ulardan
ortiqcha xarajatlar;
- ishlab chiqarishdagi ishchilari va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy
sug’urta qilish xarajatlari;
- kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va
ularga kafolatli xizmat ko’rsatish xarajatlari;
- mahsulotni (xizmatlarni) majburiy sertifikasiya qilish xarajatlari;
- ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qolishi munosabati
bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to’lanadigan
nafaqalar;
- xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog’liq xarajatlar;
- ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar.
Korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligidan kelib chiqib, mahsulot
tannarxini hisoblash moddalari farq qiladi. Masalan, qishloq xo’jaligida tannarxni
hisoblash moddalari quyidagicha turkumlanadi:
Qishloq xo’jaligida mahsulot tanarxini hisoblashning "Ishlab chiqarishga

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin