ustama;
- mehnatga haq to’lashning rayonlar bo’yicha tartibga solinishi, shu
jumladan, rayon koeffisentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho’l,
suvsiz va yuqori tog’ joylarida ishlaganlik uchun koeffisentlar bilan belgilagan
to’lovlar;
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (yillik) va qo’shimcha
ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qo’shimcha ta’tillar uchun
kompensasiyalar, o’smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun
onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog’liq vaqt
uchun haq to’lash;
- majburiy ta’tildagi xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan
holda haq to’lash;
- davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig’inlar,
favqulodda
vaziyatlar bo’yicha yig’inlar va boshqalar) mehnat haqi to’lash;
- korxona shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan
fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo’yicha ishlar bajarilganligi
uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob
korxonaning o’zi tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi ham shu jumlaga
kiradi;
- belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish
jarayonida qatnashuvchi
xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan to’lovlarning boshqa turlari.
"Ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari" moddasida
qonun hujjatlari bilan belgilangan me’yorlar bo’yicha mehnatga haq to’lash
fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg’armalariga,
ixtiyoriy tibbiy sug’urta va ixtiyoriy sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar aks
ettiriladi.
"Asosiy vositalar amortizasiyasi"ga asosiy ishlab chiqarish fondlari va
nomoddiy aktivlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar bo’yicha
dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizasiya ajratmalar
summasi (lizing bo’yicha va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan
jadallashtirilgan amortizasiya ham) kiradi.
“
Asosiy vositalar amortizasiyasi” saqlash va ishlatishga hamda korxona
tomonidan
amalga oshirilgan joriy, oraliq va mukammal ta’mirlashga tegishli;
- asosiy vositalarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning ish haqi;
- ularning ish haqidan ijtimoiy ajratmalar qilish;
- yonilg’i-moylash materiallariga qilingan xarajatlar;
- asosiy vositalarni barcha turdagi ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish
xarajatlari;
- ta’mirlashda ishtirok etgan ishchi va mutaxassislar ish haqi va ish haqidan
ijtimoiy ajratmalar;
- asosiy vositalarni ta’minlashga
sarflangan ehtiyot qismlar, qurilish
materiallari va boshqa materiallar, ta’mirlash va undan so’ng sinab ko’rish
chog’ida sarflangan yonilg’i-moylash materiallari qiymati tannarxni hisoblashning
tegishli moddalarida (xomashyo va asosiy materiallar, sotib olingan butlovchi
qismlar va yarim fabrikatlar, texnologik maqsadlar uchun ishlatilgan yoqilg’i va
energiya, ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to’lash xarajatlari, ishlab
chiqarishga tegishli ijtimoiy sug’urta ajratmalar) hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: