d) yillik sof foyda (YSF). Bu barcha soliqlarni to’lab bo’lgandan so’ng
korxona hisobiga qoladigan daromad, ya’ni soliq to’lovlarigacha bo’lgan foydadan
(SF), daromad yoki foyda solig’ini (FS) hamda boshqa soliqlar yoki to’lovlarni
(BS) olib tashlangandan keyin
qolgan qismidir, ya’ni:
YSF = SF – FS – BS;
Korxonalarning xo’jalik faoliyatini yuritishi
davomida kelib chiqadigan
xarajatlar o’z xususiyatlariga ko’ra quyidagicha tasniflanadi:
Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi:
a) to’g’ri va
egri moddiy xarajatlar;
b) to’g’ri va
egri mehnat xarajatlari;
v) boshqa to’g’ri va egri xarajatlar.
Ma’lum davrdagi xarajatlar:
a) sotish bilan bog’liq
xarajatlar;
b) boshqarish bilan bog’liq xarajatlar (ma’muriy xarajatlar);
v) boshqa jarayonlar bilan bog’liq xarajatlar.
Moliyaviy faoliyat bilan bog’liq xarajatlar:
a) foizlar bo’yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyutalar bilan bog’liq operasiyalarda
kurslarning salbiy farqi;
v) qimmatbaho qog’ozlarni qayta
baholash;
g) moliyaviy faoliyat bilan bog’liq boshqa xarajatlar.
Tasodifiy xarajatlar (tabiiy ofatlar natijasida kelib chiqadigan
xarajatlar).
Korxonalarning xo’jalik faoliyatining yuritishi
davomida kelib tushadigan
daromadlari o’z xususiyatlariga ko’ra quyidagicha guruhlanadi va u hisobotlarda
quyidagi asosiy bo’limlar bo’yicha aks etadi:
- sotishdan tushgan sof tushumlar;
- asosiy faoliyat sohalaridagi boshqa daromadlar (operasion daromadlar);
- moliyaviy faoliyat sohalaridagi daromadlar;
- tasodifiy daromadlar.
Dostları ilə paylaş: