balansni tuzish sanasi o’rtasidagi davrda majburiyatlarning so’nishi;
Ddeb.qarz. – da’vo qilish muddati tugagan debitorlik qarzlari;
Z – zararlar summasi.
8.2. Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan
ta’minlash shakllari
Kichik biznesni kredit bilan ta’minlash deganda, bu ularga pul yoki tovar
shaklidagi vositalarni ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va
qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Kredit munosabati ikki subyekt biri – pul egasi, ya’ni
qarz beruvchi;
ikkinchisi – pulga muhtoj, ya’ni qarz oluvchi o’rtasida yuzaga keladi. Kredit, tovar
va pul ko’rinishidagi mablag’larni qaytarib berish, muddatlilik va foiz to’lash
shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladi.
Kredit berilish muddatiga ko’ra, uch turga bo’linadi:
1. Qisqa muddatli kreditlar (muddati bir yilgacha bo’lgan kreditlar).
2. O’rta muddatli kreditlar (muddati bir yildan uch yilgacha bo’lgan kreditlar).
3. Uzoq muddatli kreditlar (muddati uch yildan ortiq kreditlar).
Xalqaro kreditlar berilish muddatiga ko’ra birmuncha farq qiladi. Bunda bir
yildan besh yilgacha muddatga berilgan kreditlar o’rta muddatli, besh yil va undan
ortiq muddatga berilgan kreditlar uzoq muddatli kreditlar deb hisoblanadi.
Kredit va moliya tushunchalari o’rtasida bir tomondan, umumiylik bo’lsa,
ikkinchi tomondan, farqli jihatlar mavjud.
Agar moliya barcha xo’jalik subyektlarining o’ziga tegishli pul mablag’lari
xususidagi aloqalarni anglatsa, kredit, bundan farqliroq, o’zga mulki bo’lgan pulni
qarzga olib ishlatish borasidagi munosabatlarni
bildiradi va bozor
munosabatlarining bir elementi hisoblanadi.
Moliya bilan kreditning umumiyligi shuki, ularning
har ikkalasi ham pul
mablag’lari yuzasidan bo’lgan munosabatlarni jamlash va ishlatish usulining
turlicha bo’lishidan kelib chiqadi.
Moliyada o’z mulki bo’lgan pul resurslarini xohlagan vaqtda, hyech qanday
xarajatsiz ishlatishi mumkin. Kredit esa o’zgalar pul mablag’ini haq to’lagan holda
vaqtincha ishlatib turish va muddati kelganda qaytarib berishni anglatadi. Kredit
tovar-pul munosabatlariga xos va pul harakatini bildiruvchi kategoriyadir.
Kredit subyektlari har xil bo’lishi mumkin. Bularga korxona, firma, tashkilot,
davlat va turli toifadagi aholi kiradi.
Dostları ilə paylaş: