Kriminologiya



Yüklə 6,75 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü6,75 Kb.
#194191
Xotin qizlarga tayziq va zo\'ravonlikni oldini olish AAAXMADULLAYEV

Kriminologiya.

Xotin-qizlarni tayziq va zo’ravonlikdan jabrlanishlarini oldini olish va ular bilan ishlash.

Xushvaqtov Jórabek

Reja: 1. Zo’ravonlik va tayziq tushunchalari. 2. Zo’ravonlik turlari. 3. Zo’ravonlik va tayziqni oldini olishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari.

Zo‘rlik – bir shaxsning ikkinchi bir shaxsga nisbatan zo‘rlik qilishi, zo‘ravonlik, jismoniy kuch ishlatish yo‘li bilan xo‘rlashi, jabr-zulm qilishi. Zo‘rlik insonning daxlsizligini buzish, jismoniy va ma’naviy aziyatlash shaklida ham bo‘ladi. Zo‘rlik jinoyat sodir etish usullaridan biri hisoblanadi.


Zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik)
Zo’ravonlik turlari:
Jinsiy zo’ravonlik
Jismoniy zo’ravonlik
Iqtisodiy zo’ravonlik
Ruhiy zo’ravonlik
Jinsiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan ularning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish orqali jinsiy daxlsizlikka va jinsiy erkinlikka tajovuz qiladigan zo‘ravonlik shakli, shuningdek zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan tahdid qilish yoxud ayol jinsidagi voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish orqali uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash.
Jismoniy zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan og‘irligi turli darajada bo‘lgan tan jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik, zo‘ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazishning o‘zga choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan zo‘ravonlik shakli hisoblanadi.
Iqtisodiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan turmushda, ish joylarida va boshqa joylarda amalga oshirilgan zo‘ravonlik shakli, xotin-qizlarning normal yashash va kamol topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanishga bo‘lgan huquqini, mulk huquqini, ta’lim olish hamda mehnatga oid huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat (harakatsizlik).
Ruhiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek ularning xohish-irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zo‘ravonlik shakli, shu jumladan reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakat (harakatsizlik) tushuniladi.
Tazyiq — sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan, xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat (harakatsizlik), shilqimlik, ta’qib etish;
Ta’qib etish — jabrlanuvchining xohish-irodasiga qarshi, uning ikki yoki undan ortiq marta qarshilik ko‘rsatganligiga yoxud ogohlantirganligiga qaramay sodir etiladigan, jabrlanuvchini qidirishda, u bilan og‘zaki, telekommunikatsiya tarmoqlari vositasida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali yoki boshqa usullarni qo‘llash yo‘li bilan muloqotga kirishishda, uning ish, o‘qish va (yoki) yashash joyiga borishda ifodalangan hamda jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun xavotirlik qo‘zg‘atadigan harakatlar;
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2019-yil 2-sentabr,
O‘RQ-561-son
Himoya orderi — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan ushbu Qonunda belgilangan ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladigan hujjat.
35-modda
Agar xavf hali bartaraf etilmagan bo‘lsa, himoya orderining amal qilish muddati tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra ko‘pi bilan bir yilgacha muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Ariza kelib tushgandan so’ng
24 soat ichida himoya orderi
o‘ttiz kun muddatgacha beradi
Himoya orderi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi. Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
XOTIN-QIZLAR VA ERKAKLAR UCHUN TENG HUQUQ HAMDA IMKONIYATLAR KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA
2019-yil 2-sentabr,
O‘RQ-562-son

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 6,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin