byurosi boshlig’iga shunday buyruq bera oladi.
Funksional tarkib ham ijobiy va salbiy tomonlarga ega.
Funksional tarkibning ijobiy tomonlari:
- bu tarkibda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv
samaradorligining kasb mahorati darajasining o’sishini ta’minlaydi. Masalan,
marketing bo’yicha mutaxassis shu sohani boshqa yuqori organlar rahbarlaridan
yaxshi biladi va bu
ishni yuqori saviyada bajaradi;
- funksional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. Xodimlar
bunga tez ko’nikma hosil qiladilar;
- moddiy
xarajatlarni kamaytiradi, boshqarishdagi takrorlanishlarga chek
qo’yadi va hokazo.
Funksional tarkibning salbiy tomonlari: funksional organlar o’ziga
topshirilgan vazifalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo’lib, «begona» vazifalar
uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi.
Bunda har bir rahbar o’z vazifasi bo’yicha farmoyish
berish uchun barcha
huquqlarga ega. Binobarin, bu narsa yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishi,
ijrochilarning mas’uliyati kamayib, intizomning bo’shashiga olib keladi. Chunki
har bir ijrochi bir boshliqqa emas, ayni vaqtda, bir necha boshliqqa bo’ysunadi,
ko’pincha ulardan bir-biriga zid ko’rsatmalar oladi.
Dostları ilə paylaş: