- korxonaning ichki va tashki sharoitlariga ta’sir yetuvchi omillarning
o’zgarishiga tezda ko’nikma hosil qiladi va shunga muvofiq ravishda amal qiladi;
- chiziqli bo’ysunish vositasida bo’lim ichida byurokratiyaga bo’lgan
moyillikni bir qadar so’ndiradi va hokazo.
Shu bilan bir qatorda, matrisali tarkibning ham ayrim kamchiliklari bor. Bular
tarkibning murakkabligi va boshqaruv organlarining
real vakolatiga ega
emasligidir.
Boshqaruvning tashkiliy tarkiblari to’g’risida yakuniy xulosalarga kelar
ekanmiz, boshqaruvning qarab chiqilgan tashkiliy tarkiblaridan birortasini ham
rasmiy tarkib deb bo’lmaydi. Shu bois har bir korxona (firma) o’z oldidagi maqsad
va iqtisodiy muhitining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning talablarini
yuqori darajada qondiradigan tashkiliy tarkib turini tanlashi kerak.
Dostları ilə paylaş: