Organlar o’rtasida vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud
bo’lib,
ular muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi
aloqalardir.
Boshqaruv tarkibida rasmiy aloqalar asosiy o’rinni egallaydi. Lekin norasmiy
aloqalar ham muhim ahamiyatga ega. Ba’zan ular tashkilotning ishini yo’lga
qo’yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Norasmiy aloqalar turlicha bo’lishi
mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi qarindoshlik aloqalari, unda tarkib topgan
umumiy manfaatlar, masalan, kasblar, qiziqishlar, sport bilan shug’ullanish yoki
do’stona munosabatlar kiradi.
Norasmiy aloqalarga ham e’tibor berish kerak. Chunki:
- norasmiy aloqalar rasmiy tarkibning barcha bo’g’inlari bilan bog’langan
bo’ladi;
- qator munosabatlar ishdan tashqarida paydo bo’ladi va korxonaning barcha
ishiga ta’sir ko’rsatadi;
- norasmiy tizim ko’pgina ko’rsatkichlari bo’yicha
korxona faoliyatining
samarali tashkil qilinishiga imkon beradi.
Ammo norasmiy aloqalarning salbiy jihatlari ham yo’q emas. Ehtiyotkorlik,
sezgirlik yo’q bo’lgan joyda guruhbozlik, mahalliychilik, qarindosh-urug’chilik va
shunga o’xshash ko’rinishlar paydo bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: