Boshqaruvning maqsadi, vazifasi, obyekti va organlari uning tashkiliy
tarkibini belgilab beradi. Tashkiliy tarkiblarni hosil qiladigan boshqaruv organlari
boshqaruv bo’g’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi.
Boshqaruv bo’g’ini boshqaruvning ayrim yoki qator vazifalarini bajaruvchi
mustaqil bo’limlardir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar gorizontal
xarakterga ega bo’ladi.
Boshqaruv bosqichi iyerarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan
bo’g’indir. Masalan:
Vazirlik → birlashma → korxona → sex → uchastka
Boshqaruv bosqichlari bir boshqaruv bo’g’inining ikkinchisiga, odatda, quyi
bo’g’inning yuqori bo’g’iniga izchillik bilan bo’ysunishini ko’rsatadi. Bu vertikal
bo’yicha bo’linishdir.
Barcha bo’g’in hamda bosqichlarning tarkibi, ularning o’zaro bo’ysunish
tartibi, har bir boshqaruv organi va bo’g’inining huquq hamda burchlari, ular
o’rtasidagi munosabatlar
boshqaruv tizimini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: