Taqdimot tayyorlash va taqdim etish usul vositalari



Yüklə 32,39 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü32,39 Kb.
#207945
  1   2   3   4
TAQDIMOT TAYYORLASH VA TAQDIM ETISH USUL VOSITALARI


TAQDIMOT TAYYORLASH VA TAQDIM ETISH USUL VOSITALARI


Reja:



  1. Power Point to’g’risida umumiy ma’lumotlar.

  2. Power Pointning asosiy xususiyatlari va elementlari.

  3. Power Point muhitida taqdimotni shakllantirish texnologiyasi.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar


Power Point to’g’risida umumiy ma’lumotlar.
Faraz qilaylik, biz firma bo‘lib, o‘z mahsulotimizni potentsial xari-dorlarga taklif etmoqchimiz, shu sababli biz o‘z mahsulotimiz to‘g‘risida iloji boricha ko‘proq, qiziqroq narsalarni gapirib berishimiz kerak: bozorda qachondan boshlab ishlayotganimiz, boshqa firmalar va chet ellar bilan aloqamiz, ishimizni qanday rivojlanayotganligi to‘g‘risida maroq bilan so‘zlab berishimiz kerak. Boshqacha aytganda, biz xaridorlarni o‘zi-mizni ishonchli va ulug‘vor sherikligimiz, biz bilan ishlaganda hech qanday muammolar paydo bo‘lmasligi to‘g‘risida ishontira olishimiz kerak. Bu ishni qanchalik uddalay olishimiz, albatta korxonamizning ravnaqini, uning muvaffaqiyatini belgilaydi. SHuning uchun o‘z fikrimizni bayon qilishga katta e‘tibor berish va iloji boricha uni yuqori saviyada, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘tkazishga intilishimiz kerak.
Zamonaviy texnikani tanishtiruvda turli seminar va konferentsiya-larni o‘tkazishda, o‘quv jarayonida qo‘llash oddiy bir qodisa bo‘lib qoldi. Odatga ko‘ra namoyish etish uchun 35 millimetrlik slayd tasmasi va tiniq plyonkalar ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda rangli, suyuq kristalli panellar keng tarqalib, ular bevosita kompyuter ekraniga ulanadi. Bunday tadqi-qotlarni tayyorlash ko‘p mehnat talab qiladigan jarayondir. SHu boisdan dastur ta‘minoti bozorida qator yangi paketlar paydo bo‘ldiki, ular taqdimot materiallarini barpo etish va o‘tkazish ishlarini soddalashtirishga yordam beradi. Bunday dastur mahsuloti vakillaridan biri bu – Misrosoft firmasining Power Point paketidir.
Power Point– bu grafik paket bo‘lib, taqdimot (prezentatsiya) materiallari va slayd fil‘mlarni tayyorlashga xizmat qiladi. U foydalanuvchini hamma narsalar bilan ta‘minlaydi – paket bilan ishlash uchun kuchli vositalar, shuningdek, paket konturini chizib chiqish, rasm solish vositalari, diagrammalar qurish, namoyish qilishning keng standart to‘plami va sh.o‘. materiallar bilan ta‘minlangan.
Prezentatsiya – bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, ularni ekranda ko‘rsatishni ta‘minlovchi, tarqatiladigan materiallar, ma‘ruza rejasi va konspekti shaklida bo‘lib, Power Point tomonidan tuziladigan bitta faylda saqlanadi. Bu fayl ham o‘z navbatida prezentatsiya (taqdimot) deb ataladi.
Slayd - bu taqdimotning alohida kadri bo‘lib, sarlavhani, matnni, grafika, diagrammalarni va sh.o‘. o‘z ichiga oladi. Power Point vositalari bilan barpo etilgan slaydlarni oq - qora yoki rangli printerda chop etish yoki maxsus agentlik yordamida 45 millimetrlik slaydlarni fotoplyonkalarda tayyorlash mumkin.
Tarqatiladigan material - qulay shaklda bosib chiqarilgan va tanishish uchun mo‘ljallangan materiallar bo‘lib, bir betda ikki, to‘rt yoki olti slaydlar shaklida chop etilgan bo‘ladi.
Ma‘ruza matni. Power Point taqdimot ustida ishlash jarayonida ma‘ruza matnini olish mumkin. CHop etish vaqtida ma‘ruza matnining har bir betida slayd va matnning mazmunini tushuntiruvchi kichraytirilgan tasvir chiqarilgan bo‘ladi. Taqdimot strukturasi – slayd sarlavhasini, shuningdek grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakllashni o‘z ichiga olgan hujjatdan iborat.
Power Point boshqa dasturlar kabi asosiy menyudan ishga tushiriladi. Power Point ning asosiy oyna ko‘rinishi quyida tasvirlangan .


Yüklə 32,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin