35
Betonning chegaraviy siqiluvchanligi shuningdek deformativligi ko`proq bo`lgan
komponentlar ishlatish va ularning tishlashishini etarli bo`lishini ta`minlash yo`li
bilan ham oshirish mumkin. Betonning chegaraviy cho`ziluvchanligi 0, 0001-0,
0015ni tashkil еtadi, ya`ni uning chegaraviy siqiluvchanligidan tahminan 15-20
marta kam. Betonga plastiklashtiruvchi qushimchalar qo`shilishi, belitli sement
ishlatilishi, to`ldiruvchi yirikligini kamaytirish yoki deformativ
xususiyati yuqori
bo`lgan to`ldiruvchilarni ishlatish uning chegaraviy cho`ziluvchanligini oshiradi.
Betonning siljuvchanligi deb uzoq muddat davom еtgan yuk ta`sirida uning
deformatsiyalanishi tushuniladi. Siljuvchanlikning fizik tabiati hali etarli darajada
aniqlanmagan.
Biroq
ko`pchilik
tatqiqotchilar
siljuvchanlikni
plastik
deformatsiyasi sement toshining plastik xususiyatlari va beton asosiy tarkibining
o`zgarishi bilan bog`liq deb tushuntirishadi. Sijuvchanlik natijasidagi deformatsiya
yuk tushganning birinchi davrida ko`proq kuzatilib so`ng asta-sekin kamayib
boradi. Lekin ba`zan uni bir yildan oshiq yoshdagi betonda ham ko`rish mumkin.
To`la siljuvchanlik deformatsiyasi beton yuk ostiga quyilgandagi deformatsiyadan
ko`p bo`lishi mumkin.
Betonning siljuvchanligi uning cho`kishidan boshqa bir qancha omillarga
ham bog`liq bo`ladi. Ko`pchilik omillar siljuvchan deformatsiyaga cho`kish
deformatsiyasi kabi ta`sir qiladi. Beton siljuvchanligiga
sementning turi, suv
sement nisbati, to`ldiruvchining turi va yirikligi, betonning zichlashtirish darajasi,
yuk tushganda sementning gidratatsiyalanish darajasi, beton va atrof muhitning
harorati va namligi, hamda namunaning o`lchami va
betondagi nisbiy kuchlanish
darajasi ham ta`sir qiladi. Sement miqdorining oshishi, suv sement nisbatining
ortishi, to`ldiruvchi yirikligining kamayishi va uning deformativlik darajasini
oshishi bilan masalan g`ovak to`ldiruvchilar ishlatilganda betonning siljuvchanligi
ham oshadi.
Betonning siljuvchanligi bir marta yuk qo`yilgandagi S siljuvchanlik
o`lchovi bilan o`lchanadi:
/
tsd
Sil
,
bu erda
tsd
– to`la siljuvchanlik deformatsiyasi.
37
5
4
3
2
1
0
n
n
n
п
п
t
S
S
,
(1. 13)
bu erda S
0
– siljuchanlikning birlamchi o`lchovi bo`lib, qotishni tezlashtiruvchi vositalar
qo`shilmagan oddiy portlandtsementli beton uchun 15, 2 · 10
-7
va mustahkamligi yuqori beton
uchun еsa 10, 2 · 10
-7
sm
2
/N ga teng deb olinadi;
ni
- yuk tushish vaqti, S/TS, sement sarfi,
namuna kesmasining o`lchami va havo namligining ta`sirini hisobga oluvchi tuzatuvchi
koеffitsiyentlar.
1. 13-rasmda
n1
tuzatuvchi koеffitsiyentlarning o`zgarish grafigi turli
omillarning oddiy og`ir betonning siljuvchanlik deformatsiyasiga ta`siri
ko`rsatilgan.
1. 14-rasm. 1:6 tarkibdagi beton αδ chiziqli kengayish harorat koеffitsiyentining
to`ldiruvchi αt chiziqli kengayish koffitsiyentiga bog`liqligi
ingichka chiziq - suvda qotish; qalin chiziq - havoda qotish.
Beton ham boshqa materiallar kabi issiqda kengayib sovuqda torayish
xususiyatiga еga. O`rtacha olganda betonning chiziqli kengayish
harorat
koеffitsiyenti
=10 · 10
-6
ni tashkil еtadi. Biroq real sharoitda bu ko`rsatkich
betonning tarkibi, to`ldiruvchi va bog`lovchining hususiyatiga bog`liq bo`ladi.
Sement toshi miqdori ko`payishi bilan
koеffitsiyenti oshadi. To`ldiruvchining
turi ham
koеffitsiyentga ta`sir qiladi. Misol uchun granitli beton bilan tajriba
38
o`tkazilganda
= 9, 8 · 10
-6
, keramzitda
= 7, 4 · 10
-6
, oxaktoshli betonda еsa
=
8, 6 · 10
-6
bo`lgan. Beton
koеffitsiyentining to`ldiruvchi
koеffitsiyentiga
bog`liqligi 1. 14-rasmda ko`rsatilgan. Betonda fizik va kimyoviy o`zgarishlar
bo`lmagan holatda haroratning 0 – 50
0
S o`zgarishi quruq betonning
koеffitsiyentiga kam ta`sir qiladi. Xo`l betonning harorati o`zgarganda harorat
deformatsiyasi namli cho`kish yoki kengayish miqdoridan olinadi. Nam beton
muzlaganda g`ovaklarida muz hosil bo`lib uning deformatsiyasiga jiddiy ta`sir
qiladi. Ko`pincha beton 0
0
S darajadan past haroratda sovuganda hosil bo`layotgan
muzning kengayishi natijasida kengayuvchi deformatsiya sodir bo`ladi.
Betonning harorat deformatsiyasi po`latning harorat deformatsiyasiga yaqin
va shuning uchun ikkala material turli haroratda foydalaniladigan temir-beton
buyumlarda birga ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: