t c t c x x
,
bu formulada x 1 va x 2 – korbonat kislotaning havoda kontsentratsiyasi s 1 , s 2 va t 1 , t 2 vaqtda karbonlashuvning chuqurligi. Keltirilgan tenglama nisbatan bir xil zich strukturali betonga qo`llaniladi.
Donalar orasida bo`shliq bo`lishi beton ichida CO
2
diffuziyasini engillashtiradi.
Katta bo`shliqlar karbonat kislotaning beton ichiga to`siqsiz kirish, armaturaga
ta`sir qilib uning passivligini tez buzish imkonini beradi. G`ovakliligi katta
bo`lgan ba`zi engil betonlar ishlatilganda po`lat korroziyasiga qarshi tegishli
choralar qo`rish lozim.
Og`ir va engil betonlarda zichlikni oshirish, ularning o`tkazuvchanligini
kamaytirish, ingibirlashtiruvchi va zichlovchi qo`shimchalar qo`shib himoya
xususiyatlarini oshirish bilan armatura saqlanishini ta`minlash mumkin. Biroq
g`ovak suyuqligida pH kam bo`lganligi uchun armaturaning saqlanishini ta`minlay
olmaydigan beton turlari ham mavjud. Bularga avtoklavda qotirilgan sement va
ohakli betonlar, gipstsement – putstsolan bog`lovchili betonlar va boshqalar
taaluqli. Bunday betonlarda armatura maxsus - sement bitumli, sement-polistirolli,
sement-lateksli qoplamalar surish bilan himoya qilinadi.
Agar yuqorida aytib o`tilgan choralar temir-beton konstruktsiyalarning ko`p
yil hizmat qilishini ta`minlash uchun etarli bo`lmasa, betonning o`ziga qurilish
me`yorlari va qoidalari tavsiya еtgan maxsus himoya qoplamalari surtish lozim
bo`ladi.
62
2-bob. Engil va mayda zarrachali betonlarning xususiyatlari