O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti


 1. G`ovakli to`ldiruvchilar asosidagi engil betonlar



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

 2. 1. G`ovakli to`ldiruvchilar asosidagi engil betonlar 
 
Engil betonlarni ishlab chiqarishda har-xil g`ovak to`ldiruvchilardan 
foydalaniladi, jumladan, sun`iylari – keramzit, agloporit, perlit, shlakli pemza va 
boshqalar, hamda tabiiylari – tuf, pemza va boshqalarni misol sifatida keltirish 
mumkin. Engil betonlar asosan devorlar va yuk ko`taruvchi konstruktsiyalarning 
og`irligini kamaytirish uchun ishlatiladi. Shu sababli bu betonlarning zichligi 
alohida ahamiyat kasb еtadi. Betonlarning zichligiga qarab o`ta engil 500 kg/m
3
zichlikdan kam issiqlik saqlovchi beton va engil zichligi 500-1800 kg/m
3
bo`lgan 
betonlarga ajratiladi.
Engil betonlarning mustahkamligi 2, 5 dan 30 MPa gacha va undan yuqori 
bo`lishi mumkin. Engil betonlar asosan zichligi 500-1400 kg/m
2
bo`lgan 
konstruktsion-issiqni saqlovchi va zichliklari 1400-1800 kg/m
3
bo`lgan 
konstruktsion betonlarga bo`linadi.
Betonlar tuzilishiga ko`ra zichlashtirilgan va oddiy turlarga ajratiladi.
Ularga, sement qorishmasining yirik to`ldiruvchilari orasidagi g`ovaklarni engil 
yoki og`ir qum bilan to`ldiriladigan oddiy betonlar, sement qorishmasining 
g`ovaklarini ko`pik yoki gaz hosil qiluvchi boshqa qo`shimchalar bilan 
ko`pchitiladigan serg`ovak engil betonlar va qumsiz, donalar orasidagi bo`shliqlari 
saqlangan yirik g`ovakli engil betonlar kiradi. Qurilishda asosan yirik g`ovak 
to`ldiruvchilarning o`lchamlari 20-40 mm bo`lgan engil betonlar va mayda 
donador engil betonlar ishlatiladi.
Engil betonlarning mustahkamligi og`ir betonlardagi kabi tarkibidagi sement-
suv nisbatiga bog`liq, chunki asosan u sement toshini mustahkamligini belgilaydi.
Lekin g`ovakli to`ldiruvchilar o`zining strukturaviy xususiyatlariga ko`ra sement 
qorishmasiga nisbatan kamroq mustahkamlikka еga. G`ovak to`ldiruvchilarni 
engil beton tarkibiga kiritilishi ularning miqdori va zichligiga bog`liq holda beton 
mustahkamligini kamaytiradi.
Engil betonlarni mustahkamligiga sement-suv nisbatlarining bog`liqliklarini 
2. 1- rasmda ko`rish mumkin.


63 
2. 1-rasm. G`ovakli to`ldiruvchi oddiy (1) va engil (2, 3) betonlar 
mustahkamligining suv-tsement nisbatiga bog`liqligi 
G`ovak to`ldiruvchi tarkibli engil betonlarning asosiy xususiyatlaridan biri, 
har bir yirik to`ldiruvchi faqat ma`lum bir mustahkamlikka еga bo`lgan betonlarni 
olish imkonini berishidir. Mazkur mustahkamlikka еrishgan beton keyinchalik 
qorishma mustahkamligi oshirilganda ham mustahkamlikning ahamiyatli darajada 
oshishiga olib kelmaydi (2. 2-rasm). R
b
=f (R
q
) bog`liqlik
 
ikki zonaga еga.
Birinchi zonada qorishma mustahkamligining ortishi beton mustahkamligini 
oshishiga olib keladi va bu erda sement-suv nisbatining ta`siri namoyon bo`ladi.
Ikkinchi zonada qorishma mustahkamligini oshirish betonning mustahkamligini 
oshishiga olib kelmaydi. Bunga to`ldiruvchining zaifligi va sement yupqa 
karkasining mo`rtligi sabab bo`ladi.
Bundan keyingi qorishma mustahkamligini oshirish iqtisodiy nuqtai nazardan 
maqsadga muvofiq bo`lmaydi. Turli markadagi engil betonni olish uchun 
to`ldiruvchining mustahkamligini shunday tanlash lozimki, sement sarfi samarali 
ravishda qo`llanilsin, ya`ni birinchi zonadagi betonga mos bo`lsin. Betonlarning 
alohida xususiyatlariga mos holda talab qo`yilgandagina ikkinchi zona zichligiga 
mos betonlarni tayyorlash mumkin.


64 
2. 2-rasm. Keramzitli shag`al va qorishma mustaxkamligining keramzitbeton 
mustaxkamligiga ta`siri 
a-umumlashgan bog`liqlik: 1-granitdan olingan chaqilgan toshli beton; 2, 3-g`ovakli 

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin