CaCl
2
[CaSO
4
, Ca(NO
3
)
2
va boshqalar]+2H
2
O;
nCaO mSiO
2
+ HCl + aq = nCaCl
2
+ mSi (OH)
4
+ aq va hokazo.
Kislotaning turiga qarab reaktsiya vaqtida turli tuzlar hosil bo`ladi. Sement
toshining emirilishi kaltsiy tuzlarining еruvchanligiga bog`liq bo`ladi. Reaktsiya
moddalarining еruvchanligi yuqori bo`lganda sement toshining emirilishi tezroq
51
bo`ladi. Bu holatdagi korroziya tezligi agressiv muhitning reaktsiyaga kirishuv
darajasi, uning beton yuzasida almashinishi va muhit bilan sement toshi bir-biriga
ta`sir qiluvchi yuza bilan chegaralanadi. Agar reaktsiya moddalari kam еruvchan
bo`lsa ular reaktsiya joyida, ya`ni beton yuzasida qolib agressiv muhitni beton
ichkarisiga kiritmay korroziya tezligini sekinlashtiradi.
II tur korroziya jarayoni rivojlanishiga sement toshi yuzasida aralashma
almashinish tezligi katta ta`sir qiladi. Almashinish tezligi va kislota
kontsentratsiyasi kam bo`lganda (pH>4) kislotaning kal’tsiy gidroksidi bilan ta`siri
to`la davom еtadi
2HCl+Ca(OH)
2
=CaCl
2
+2H
2
O.
Shundan so`ng rastvor neytrallashib Ca(OH)
2
еriydi, CaCO
3
hosil bo`ladi va
shundan so`ng II tur korroziya jarayoni I tur korroziya jarayoni bilan almashadi.
Katta tezlik sharoitida agressiv aralashma bilan sement toshining tutashish
maydoni hamda agressiv muhitning oqish tezligi korroziya tezligini chegaralovchi
omil bo`ladi. Sementni kam kontsentratsiyali kislotalarga chidamliligi bo`yicha
quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: giltuproqli, putstsolanli, portlandtsement
va bu tartib I tur korroziya bilan bir hildir. Buning sababi II tur korroziya I tur
korroziya bilan birga bo`ladi va bu jarayonda I tur korroziya asosiy rol o`ynaydi.
Kislotalar kontsentratsiyasi oshganda sementlar chidamliligi orasidagi farq deyarli
bilinmaydi. Bundan sharoitda kislotaga chidamli maxsus sement chidamli
hisoblanadi.
Himoya vositalari sifatida bunday holatda maxsus bog`lovchilarni ishlatish
va yuza qismni bo`yoq, qoplama va boshqa materiallar bilan izolyatsiya qilish
vositasidan foydalaniladi.
III tur korroziya beton kapillyarlari va g`ovaklarida kam еriydigan tuzlar
hosil qilib ular o`z navbatida beton strukturasini buzuvchi bosimni keltirib
chiqaradi. Betonga sul’fatlar ta`sir qilgandagi shunday mahsulotlardan gips va
kal’tsiy gidrosulfoalyuminatni aytib o`tish mumkin va ular ikki hil ko`rinishda
uchraydi:
52
O
H
CaSO
O
Al
CaO
2
4
3
2
32
30
3
3
va
O
H
CaSO
O
Al
CaO
2
4
3
2
12
8
3
3
.
III tur karroziyasining boshlanishida kristallsimon tuzlar hosil bo`lganligi
bois beton zichlashib boradi. Zich betonda tuzlarning ko`payishi sekin boradi va
korroziya bo`layotganligini ba`zan bir necha yildan so`nggina bilish mumkin.
G`ovakli betonda jarayon tezroq borib bir necha hafta yoki oydan so`ng to`la
ko`rinishga o`tadi.
Mikro va makro g`ovaklar, ochiq g`ovaklarning mavjudligi III tur
korroziyasining rivojlanishiga katta ta`sir qiladi. Biroq sement toshining agressiv
muhitga ta`siridagi maydon o`lchami va uning kimyoviy tarkibi ham muhim rol
o`ynaydi. Sul’fat tarkibli suv hamma joyda uchraydi. Chuchuk suvli ko`l va
daryolarda
2
4
SO
tahminan 60 mg/l miqdorida bo`lishi mumkin.
2
4
SO
100 mg/l
bo`lgan suv juda kam uchraydi va mavjudlari ham ma`danli suvlar hisoblanadi.
Tarkibida tuz miqdori 33-35 g/l bo`lgan dengiz suvida
2
4
SO
2500-2700 mg/l
bo`ladi. Tabiatdagi suvda
2
4
SO
miqdori Ca, Na, Mg larni еrishi bilan bog`liq
bo`ladi.
Suvda
sul’fatlarning bo`lishi sement toshi tashkil еtuvchilarini
еruvchanligini oshirib I tur korroziyani tezlashtiradi va almashinish reaktsiyasiga
olib kelib II tur korroziyaga sabab bo`ladi. Ma`lum sharoitlarda III tur korroziya
rivojlanadi.
Tarkibida sul’fat darajasi CaSO
4
2100 mg/l bo`lgan suvga tekkan beton
unga to`yinib CaSO
4
2H
2
O hosil bo`ladi.
Betonda hosil bo`ladigan kompleks tuzlardan suvning 30-32 molekulasini
biriktirib hajmini ancha oshiradigan kaltsiy gidrosulfoalyuminat (KGSA) ayniqsa
havflidir. Ushbu tuz hosil bo`lishida aralashma holatida kelgan yoki sul’fat bilan
Ca(OH)
2
o`rtasidagi reaktsiya natijasida hosil bo`lgan sement toshini
gidroalyuminati va gips ishtirok еtadi. Aralashmada
2
4
SO
kontsentrati qancha
53
yuqori va sementda C
3
A (uch kaltsiyli alyuminat) ko`p bo`lsa kaltsiy
gidrosulfoalyuminat hosil bo`lishiga sharoit shunchalik yaxshilanadi.
2
4
SO
2500 mg/l kontsentratsiyada KGSA hosil bo`lib betonning
xususiyatlariga ta`sir qiladi. KGSA hosil bo`lish reaktsiyasining to`la o`tishi
aralashmada kaltsiy gidroalyuminat (C
3
A
aq)ning ortiqcha bo`lishiga bog`liq
bo`ladi. Ya`ni
2
4
SO
/C
3
A=1, 04. Agar C
3
A talab qilingan miqdordan kam bo`lsa
KGSA miqdori reaktsiya joyida C
3
A mavjudligi bilan chegaralanadi. Agar C
3
A
talab qlinganidan oshib ketsa KGSA miqdori reaktsiya joyidagi
2
4
SO
ionlar
miqdori bilan chegaralanadi.
Aralashmada KGSA tarkibiy qismi bilan reaktsiyada ishtirok еtmaydigan
tuzlar (
NaCl, NaNO
3
, KCl
va boshqalar)ning mavjudligi aralashmaning ion kuchini
oshiradi, demakki, reaktsiyalanuvchi moddalar va reaktsiya mahsulining
еruvchanligini oshiradi, ya`ni KGSA hosil bo`lishi va ko`payishiga to`sqinlik
qiladi. Yuqorida aytib o`tilgandek, KGSAning hosil bo`lishi va keyinchalik 30-32
suv molekulalari bilan kristallanishi qattiq faza hajmining keskin oshganligi bilan
bog`liqdir. Reaktsiyada C
3
A ishtirok еtganda hajmning oshishi tahminan 1, 63,
C
3
A bilan Ca(OH)
2
ishtirokida еsa 2, 27 martani tashkil еtadi.
III tur korroziyada oldiniga beton yuzasida gips kristallaridan yuqa plenka
hosil bo`ladi so`ng to`plangan gips va KGSAning kristallari qatlam bo`lib sement
toshining ichida to`planadi.
Gips odatda Ca(OH)
2
to`plangan joyda yig`iladi. Hosil bo`lgan gips va
KGSAning kristallari sement toshi g`ovaklari devoriga bosimi ortib yuzasiga
parallel bo`lgan buzilishlar, ya`ni darz, yoriqlarni hosil qiladi va beton asta
emirilaboylaydi.
Beton nisbatan ko`p suvga bo`ktirilganda Ca(OH)
2
va CaSO
4
lar еrib bosim
kamayadi biroq Ca(OH)
2
va korroziya mahsulining yuvilishi natijasida betonni
buzilish mumkin. Bu holatda III tur korroziyaga I tur korroziya qo`shiladi.
Qotayotgan sementda Ca(OH)
2
bo`lishi III tur korroziyaning kimyoviy jarayoni va
yangi moddalarning kengayish darajasiga ta`sir qilganligi uchun mineral tarkibi
turlicha bo`lgan sement bunday sharoitda turli darajada chidamli bo`ladi.
54
Alitalyuminatli sementlarning chidamliligi belitli va sul’fatga chidamli
sementlarga nisbatan kamroq bo`ladi. Gil tuproqli sementning III tur korroziyaga
chidamliligi kuchliroq bo`ladi.
Putstsolanli portlandtsementning ham chidamlili yuqori hisoblandi. Uning
tarkibida Ca(OH)
2
kamligi ko`p asosli gidroalyuminat hosil bo`lishi va mavjud
bo`lishiga imkon bermaydi, ba`zan еsa KGSA hosil bo`lishiga yo`l qo`ymaydi.
III tur beton korroziyasiga qarshi tadbirlar quyidagilardan iboratdir: sementni
konstruktsiyaning ishlash sharoiti va muhitning agressivlik darajasidan kelib chiqib
tanlash; havoni tortuvchi, plastiklovchi hamda Ca(OH)
2
va CaSO
4
larni
еruvchanligini oshiruvchi
CaCl
2
, CHB, SDB
kabi kremniyorganik qo`shimchalarni
qo`shish; turli usullar bilan betonning zichligini oshirish, shu jumladan S/TS
nisbatini kamaytirish va zichlovchi qo`shimchalar qo`shish.
Agar aytilgan vositalar himoyani ta`minlay olmasa beton yuzasiga suv kelish
yo`lini yopib qo`yish, ya`ni yuza qismni himoya qilish lozim. Turli tadbirlarning
betonni agressiv muhit ta`siridan himoya qilaolishdagi samarasi laboratoriya
tajribalari yordamida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |