O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

1-yuqori; 2-o`rtacha; 3-past; 4-kislorod ishtirok еtmaganda. 
1. 18-rasm.
 
Namunalardagi po`lat zanglashining R
po`l
kinetikasi 
1-
bug`lantirilmagan; 2-aynisi, 2%li CaCl
2
 va 1%li NaNO
3
 qo`shimchalari bilan; 
 3-aynisi, 2%li CaCl
2
 qo`shimchasi bilan; 4-bug`latilgan va 2%li CaCl
2
 qo`shimchasi bilan. 


58 
Ayniqsa xlorli tuz qo`shimchalarning ta`siriga ko`proq ahamiyat berish 
zarur. Chunki normal qotgan sementli betonda, g`ovak suyuqligi rN darajasi yuqori 
bo`lishiga qaramay, xlor ionlarining bo`lishi po`lat yuzasining passiv holatini 
buzadi (2. 18-rasm). Biroq ba`zi holatlarda xlorli tuz qo`shilgan betonda 
armaturaning korroziyaga uchrashidan havotirlanmasa ham bo`ladi. Xloridlar 
sement alyuminati bilan kam еruvchan kompleks tuz – gidroxloralyuminatni hosil 
qilishi mumkin. Shuning uchun beton qorishtirilganda unga biroz qo`shilgan 
kaltsiy xlorid to`laligicha birikib po`lat passivligini buzmaydi. Biroq sement 
alyuminatliligi qancha kam va undagi gips miqdori qancha ko`p bo`lsa ko`shish 
mumkin bo`lgan miqdor ham kamroq bo`ladi, nimagaki bu so`ngisi birinchi 
navbatda alyuminatlar bilan birikadi.
Bundan tashqari xloridlarning gidroxloralyuminatda birikishi betonga issiq 
bilan ishlov berilganda keskin sekinlashadi. Bunda g`ovak suyuqligi rN darajasi 
kamayishi hisobga olinsa issiq bilan ishlov beriladigan betonga xlorid 
qo`shmaslikka harakat qilish kerak degan xulosa kelib chiqadi.
Beton tarkibidagi materiallar uning po`latni passivlashtirish darajasiga ta`sir 
qilishi haqida gapirganda shlak va kul asosidagi to`ldiruvchilarning xususiyatini 
е`tiborga olish kerak bo`ladi. Bu to`ldiruvchilar tarkibida ko`pincha 
oltingugurtning sul’fat va sul’fid ko`rinishidagi suvda еriydigan va betonda 
kimyoviy o`zgarishga uchraydigan birikmalari bo`ladi. Shuningdek ko`mirning 
to`la yonmagan zarralari ko`pincha armatura yuzasiga tekkanda samarali katod 
vazifasini bajarishi mumkin.
Sul’fat ionlar, xlor ionlardan kamroq bo`lsa ham, po`latning passivligini 
buzishi mumkin. Betonda sul’fidlarning kimyoviy o`zgarishi natijasida ma`lum 
sharoitda po`lat yuza bilan ta`sirga kirishib tortilish ta`siridagi yuqori darajada 
mustahkam armaturada vodorod mo`rtligini keltirib chiqaradigan serovodorod 
hosil bo`lishi.
Vaqt o`tishi bilan muhit ta`sirida betonning xususiyati o`zgaradi. Nam 
sharoitda beton mustahkamligini ko`p vaqt davomida oshirib boradi va uning 
strukturasi zichlashadi. Quruq sharoitda bunday bo`lmaydi. Doimiy muzlash va 


59 
еrish, namlanish va qurish, qizish va sovush uning strukturasini bo`shashtiradi, 
buzadi, beton yumshaydi va qisman yoki to`laligicha buziladi. Ko`p suyuq va 
gazsimon muhitda ham beton buziladi. Beton karroziyasi yuqorida ko`rib chiqildi, 
albatta agar u yoki bu tashqi ta`sir natijasida betonning armatura girdidagi himoya 
qobig`i buzilsa uning passivlashtiruvchi ta`siri ham to`xtaydi.
Biroq betonga agressiv yoki sust agressiv bo`lgan ko`p muhit turlari 
po`latga agressiv hisoblanadi. Misol uchun nam havoli sharoitni keltirish mumkin.
Agar beton u yoki bu sabab natijasida passiv bo`lmasa bunday muhit armaturaning 
korroziyasini keltirib chiqaradi. Chuchuk, betonga agressiv bo`lmagan suv bilan 
doimiy namlanib turish ham shunday ta`sir qiladi. Aytib o`tish kerakki beton 
ichidagi po`lat passiv holatda bo`lganda bunday ta`sir korroziyaga sabab 
bo`lmaydi.
Oldiniga 
to`laligicha 
еgalik 
qilgan, 
xlorid 
qo`shilmagan 
portlandtsementdan tayyorlangan zich betonda po`latni passivlash xususiyati 
yo`qolish sababini o`rganishga harkat qilib ko`raylik. Bunday betonda armatura 
passivligining buzilishi tashqi muhit bilan bog`langan bo`ladi. Natijada betondagi 
armatura yuzasida g`ovak suyuqligining rN darajasi tushib ketadi yoki xlor ionlar 
paydo bo`ladi. Betondagi rN pasayishi Ca (OH)
2
kontsentratsiyasi kamayganligi 
bilan bog`liq. Bu uning betonda filtrlanadigan yoki oqib o`tadigan suvda emirilishi 
(yuvilishi) yohud nordon suyuqlik va gazlar ta`sirida neytrallashuvi natijasida yuz 
berishi mumkin.
Betonning neytrallashuvi – uning muhit bilan ta`sirga kirishishining keng 
tarqalgan ko`rinishidir. Misol sifatida er usti konstruktsiyalari betonining havodagi 
is gazi ta`sirida korbonlashuvini keltirish mumkin. Sanoat tumanlarida bu ta`sir 
boshqa nordon gazlar (SO
2
, H
2
S va boshqalar) ta`sirida neytrallashadi.
Havoning nisbiy namligi 50-60% bo`lgan sharoitda betonning korbonlashuv 
tezligi ayniqsa yuqori bo`ladi. Bunday sharoitda g`vaklardagi plenka 
ko`rinishidagi nam reaktsiya uchun etarli lekin mikrokapillyarlar suv bilan 
to`lmagan bo`ladi. Havoning nisbiy namligi 25% bo`lganda betonda suv 
etishmasligi sabab karbonlashuv deyarli to`xtaydi. Nisbiy namlik 100 foizga 


60 
yaqinlashganda ham shunday holat sodir bo`ladi. Ya`ni mikrog`ovaklarda suv 
bug`ining kapillyar kondensatsiyasi sodir bo`lib ularning diffuzion o`tuvchanligi 
bir necha marotaba kamayadi. Suv muzga aylanadigan 0
o
S
da karbonlashuv 
deyarli to`xtaydi. Harorat ko`tarilishi bilan betonning karbonlashuvi tezlashadi.
Buni karbonat angidrit diffuziyasi engillashuvi bilan izohlash mumkin.
Karbonat kislota ta`sirining o`ziga xosligi shundaki, ba`zi nardon gaz va 
suyuqliklardan 
farqli 
ravishda 
beton 
strukturasini 
buzmaydi. 
Lekin 
karbonlashganda qattiq fazaning hajmi birlamchi Ca (OH)
2
hajmiga nisbatan 17% 
oshishi mumkin va bu o`z navbatida beton strukturasining zichlashuviga sabab 
bo`ladi. Buni g`ovak va qisman mikrokapillyarlarning karbonlashuv ta`sirida to`la 
berkilishi bilan izohlash mumkin.
Karbonat kislotadan farqli ravishda betonga SO
2
ta`sir qilganda oldin 
struktura gips hosil qiluvchilar bilan zichlashadi, natijada mustahkamliq sezilarli 
ortadi biroq so`ng uning yuza qismdan emirilishi boshlanadi. Bunday ta`sir qattiq 
faza hajmining karbonlashuvga nisbatan ancha ko`p oshganligi bilan bog`liq 
bo`lishi mumkin.
Xlorli vodorod betonni to`la emiradi. Chunki u bilan sement gidratatsiyasi 
ta`sirida hosil bo`ladigan xlorli tuzlar tez еriydi va bog`lovchi xususiyatlarni 
yo`qotadi.
Uchta asosiy jarayondan – beton g`ovaklarida karbonat angidrid gazi 
diffuziyasi, g`ovakdagi nam plenkasida kal’tsiy oksidining gidrati diffuziyasi va 
ular orasidagi kimyoviy reaktsiyadan еng sekin boradigani CO
2
ning diffuziyasi 
bo`ladi. Mazkur diffuziya jarayon tezligi va uning qatlamlardagi harakterini 
belgilaydi. Tabiiy, havoning nisbiy namligi kam bo`lganda (

25%) va albatta 
quruq betonda uning karbonlashuvi CO
2
diffuziyasi bilan еmas bolki Ca (OH)
2
diffuziyasi va ular orasida bo`lishi mumkin bo`lgan kimyoviy reaktsiya bilan 
chegaralanadi.
Karbonlashuv 
jarayonining 
karbonat 
kislota 
kontsentratsiyasiga 
bog`liqligidan foydalanib uning borishini CO
2
kontsentratsiyasi yuqori sharoitda 


61 
beton namunalarining tezlashtirilgan sinoviga asoslanib quyidagi formula bilan 
oldindan aytish mumkin 
2
2
1
1
2
1
/

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin