O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

Betondagi armatura korroziyasi.
Betonning armaturaga nisbatan himoya 
xususiyati sement toshining po`latni passivlay olishi bilan aniqlanadi. Ma`lumki, 
ko`pchilik hollarda metallar korroziyasi еlektromexanik mexanizm bo`yicha sodir 
bo`ladi va u yuzaga kelishi uchun quyidagi sharoit mavjud bo`lishi kerak: 
1)
metall yuzasida potentsiallarning turlicha еkanligi; 
2)
metall yuzasi qismlarining turli potentsiallar bilan еlektrolit aloqasi 
mavjudligi; 
3)
quyidagi reaktsiya bo`yicha metall emiriladigan yuza anod qismlarda yuzani 
faol holatda bo`lishi 





e
O
nH
Me
Me
O
nH
2
2

4) metall yuzasidagi katod qismlarda ortiqcha еlektronlarni assimilyatsiya qilish 
uchun depolyarizator miqdori, xususan, kislorodning etarli еkanligi 







OH
O
H
O
e
4
2
4
2
2
.


55 
Birinchi shart doim bajariladi, chunki texnik metallarning strukturasi turlicha 
bo`ladi. Ichki yuzasi faol va gidrofil kapillyar-g`ovak jism ko`rinishdagi po`lat 
bilan betonning bog`lanish sharliti ham har xil. Shuning uchun 2-4 korroziya 
jarayonlari betonda ham yuz beradi deb aytish mumkin. Haqiqatan, sement 
gidratatsiyasida kiyoviy bog`langandan tashqari betonda fizik bog`langan, ya`ni 
kapillyar va osmotik suv ham bo`ladi. Betondagi fizik bog`langan suv, kimyoviy 
bog`langandan farqli ravishda, po`lat yuza qismlari orasidagi anod va katod 
zaryadlarni еlektrolit – o`tkazuvchi vazifasini bajaradi va uning miqdori betonning 
xususiyatlari, muhit va uning konstruktsiya bilan o`zaro ta`sir sharoitiga bog`liq 
bo`ladi. Beton suvga etarli ravishda uzoq tushirilganda uning kapillyar va 
g`ovaklari suvga to`la to`yinadi. Bu holatda g`ovaklar qancha ko`p bo`lsa suv 
miqdori ham shuncha ko`p bo`ladi.
Bosimsiz bir tomonlama aloqada, ya`ni kapillyarlar suvni shimganda 
betonning to`yinish darajasi odatda kamroq bo`ladi. Nimagaki suvning so`rilish 
balandligi kapillyarlar kesmasiga teskari bog`liq bo`ladi. Odatda makrokapillyar 
deb ataladigan radiusi 1

10
-5
dan oshiq bo`lgan kapillyarlardagi to`yingan bug` 
bosimi deyarli bug`ning yassi yuzadagi bosimiga teng. Shuning uchun bunday 
kapillyarlar suvni so`rib olmaydi va suv bosimi yoki betonda kondensat hosil 
bo`lgandagina suvga to`yinishi mumkin.
Konstruktsiya nam havo sharoitda еkspluatatsiya qilinganda uning 
tarkibidagi suv miqdori nisbiy namlikka bog`liq bo`ladi. Namlik miqdori 100 
foizga etganda betondagi suv miqdori kapillyar so`rilish vaqtidagi miqdorga 
yaqinlashadi. Namlik kamayganda betondagi suv darajasi ham kamayadi.
Betondagi po`lat uchun, ochiq turgan po`latda bo`lgan kabi, havo namligining 
kritik chegarasi mavjud bo`ladiki o`sha darajadan kam bo`lganda namlik plenkasi 
ionlarni anod va katod qismlarga o`tishini ta`min olmaydi. Betonda bu 
ko`rsatkichni kamaytiradigan gigroskopik moddalar, masalan xlor tuzlari 
qo`shimchalari bo`lmasa, beton uchun bunday chegara havoning 50-60% namligi 
hisoblanadi. Shunday qilib betonda doim korroziya o`tishi uchun etarli darajada 
suv bo`ladi.


56 
Kislorodga to`xtaladigan bo`lsak, uning etishmasligi po`lat korroziyasini 
chegaralab qo`yishi mumkin, tatqiqotlardan ma`lum bo`ldiki bu holat faqat beton 
suv bilan deyarli to`la to`yinib kislorod diffuziyasi keskin sekinlashganda sodir 
bo`ladi. Zichligi yuqori bo`lgan betonlarda (S/TS

0, 5) havoning namligi 80-85 
foizdan oshsa ham korroziya kamayadi. Ko`pchilik hollarda beton g`ovaklari 
armatura korroziyasi bo`lishi uchun etarli darajada havo o`tkazib turadi.
Po`lat korroziyasining tezligi bu holat uchun pH va kislorod miqdori bilan 
baholanadigan suv-muhitning agressivlik darajasiga bog`liq bo`ladi (1. 17-rasm).
Betondagi po`latda korroziya bo`lmasligi uning ishqorli muhitda passiv bo`lishi 
bilan izohlanadi, ya`ni yuqorida keltirilgan reaktsiyada еrimaydi. Agar u yoki bu 
sabab bilan armaturaning yuzasi faol bo`lib qolsa yoki konstruktsiyani tayyorlash 
vaqtida to`la passivlanmasa yoki konstruktsiyani еkspluatatsiya jarayonida 
passivligini yo`qotsa betondagi armaturaning korroziyasi yuz beradi.
Betondagi po`lat passivligini saqlash uchun u ishqorliligining vodorod 
ko`rsatkichi pH

11, 8 bo`lgan g`ovak suyuqligi bilan doyim kontaktda bo`lishi 
kerak. Bu shartga odatda portlandtsemetli zich beton va uning boshqa turlari 
(shlakoportlandtsement, putstsolanli portlandtsement)da rioya qilinadi. Ular suv 
bilan korishtirilganda kaltsiy oksidining gidrati bilan to`yingan pH

12, 6mm 
aralashma hosil bo`ladi. Sement hamirining tishlashishi va qotishi vaqtida pH 13, 
5-13, 8 darajagacha etishi mumkin. Bu hol sement toshining kristalli tutashuvini 
hosil bo`lishi uchun asos bo`ladigan suyuq fazaning ortiqcha to`yinishi bilan 
bog`liq bo`lishi mumkin. Qotgan betonda g`ovak suyuqligi pH miqdori 12-12, 5 ni 
tashkil еtadi va u rN ning kritik ko`rsatkichi hisoblanmish 11, 8 dan ancha baland.
Portlandtsementda tayyorlanib normal usulda qotgan oddiy zich betonda 
ortiqcha kaltsiy oksidining gidrati miqdori ancha ko`p bo`ladi va taxminan sement 
massasining 10-15 foizini tashkil еtadi. Bundan tashqari sement klinkeri 
zarrasining to`la gidratlanmagan shaklida «klinker fondi» ham ko`p vaqt davomida 
saqlanib turadi va biror sabab bilan sarflanayotgan bo`lsa, undan betondagi Ca 
(OH)
2
zahirasi to`ldirib turiladi.


57 
Agar sementda faol gidravlik qo`shimchalar bo`lsa (putstsolon, 
shlakoportlandtsement) kaltsiy oksidining gidrati ko`p qismi u bilan bog`lanadi.
To`ldiruvchi gidravlik faol bo`lganda ham shunday holat sodir bo`ladi. G`ovakli 
maydalangan keramzit yoki perlit qumi, ayniqsa ularning changsimon 
fraktsiyalarida shunday xususiyat bo`ladi. Kaltsiy oksidining gidratini bog`lanishi 
betonga issiq bilan ishlov berilganda ancha tezlashadi va g`ovak suyuqligining pH 
darajasi sezilarli pasayadi. Yuqori darajadagi mustahkamlikka kaltsiy oksidini 
gidrati maydalangan qum kremnezemi, kul va shlak bilan bog`lash orqali 
еrishiladigan avtoklavda qotuvchi – yacheykali va silikatli betonlarda rN darajasi 
pasayib ketadi. Avtoklavda qotgan betonlar bir yil tabiiy atmosfera sharoitida 
saqlanib doyim namlanib turilganda armatura yuzasining 100% korroziya bilan 
zararlanishini ko`rish mumkin.
1. 17-rasm. Po`lat zanglashi υ3 tezligining tarkibda kislorod bo`lgan ρH 
qorishmasiga bog`liqligi 

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin