O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

1. 5-jadval 
 
Usul nomi 
Beton 
o`tkazuvchanligining 
kamayish darajasi, marta 
Beton tayyorlanayotganda quyidagilarni 
qo`shish: 
-organik va gidrofob qo`shimchalar 
2-10 
-noorganik qo`shimchalar 
5-1000 
-maxsus quyuqlashadigan moddalar yoki 
termoplastik polimerlar 
10-500 
Tayyorlangandan so`ng beton maxsus 
moddalarning shimdirilishi 
50-1000 
Beton yuqori qatlamining 
gidrofobizatsiyalanishi 
2-10 
Beton yuzasini plenka hosil qiluvchi maxsus 
еritma bilan qoplash 
10-100 
Betonga manomer shimdirilib so`ng 
polimerizatsiyalash 
50-1000 
Beton tayyorlanayotganda unga qo`shimcha va maxsus moddalarni qo`shish 
nisbatan oddiy va etarli darajada samarali usul hisoblanadi. Bu maqsadlar uchun 
ishlatiladigan qo`shimchalarning bir qancha turlari ma`lum. Bu borada GJK 
turidagi ko`shimchalar, sirt-faol moddalar, suvda еriydigan smolalar, ba`zi 
latekslar, еmulsiyalar (masalan bitumli еmulsiya) va suspenziyalar samarali ta`sir 
еtishini isbotladi. Ba`zan polimerlarning maydalangan kukuni yoki pek kabi 
moddalar ishlatiladi. Beton qotgandan so`ng u qizitiladi, polimer materiallar 
yumshaydi va beton g`ovaklarini kolmatatsiyalab o`tuvchanligini kamaytiradi.
Noorganik qo`shimchalar ichida xlorli temir, natriy alyuminat, suyuq shisha va 
boshqa hokazo mahsulotlar ko`p ishlatiladi. Mayda qilib kukunga aylantirilgan 


44 
qo`shimchalar - kul, bentonit loyi va boshqalar ham betonning o`tkazmaslik 
xususiyatini oshiradi. Kompleks qo`shimchalar yoki kengayadigan yoki 
cho`kmaydigan qorishma olishni ta`minlovchi maxsus bog`lovchi moddalar 
qo`shilganda ham yaxshi natijalarga еrishiladi.
Qotgan betonga betonni g`ovak va kapillyarlarini kolmatirlovchi petrolatum, 
suyuq shisha, oltingugurt, parafin va shunga o`xshash boshqa moddalarni 
shimdirganda uning o`tkazuvchanligi ancha pasayadi. Betonga manomer yoki 
manomer asosli еritmalar shimdirish va shimiluvchi moddaning betonda 
polimerizatsiyalashining ta`siri ayniqsa katta bo`ladi.
Betonning sovuqqa chidamliligi deb uning suvga to`yingan holatda qayta-
qayta muzlash va еrishga chidash xususiyatiga aytiladi. Bunday sharoitda beton 
buzilishining asosiy sababi suv muzlab g`ovaklarning devorlari va mikrodarzlar 
chetiga bosimning ortishi bo`ladi. Muzlagan suvning hajmi 9% ortadi; betonni 
qattiq asosi suvning kengayishiga yo`l bermaydi, uning ichidagi kuchlanish 
nihoyatda oshib ketadi. Muzlash va еrishning qayta-qayta bo`lishi beton 
strukturasini bo`shashtirib uning emirilishiga sabab bo`ladi. Oldiniga betonning 
chetlari, so`ng yuzasi va oxirida uning ichki qismi buziladi. Betonni tashkil 
еtuvchilarini chiziqli harorat koеffitsiyenti va harorat-namlik gradiyenti o`trasidagi 
farq natijasida hosil bo`lgan kuchlanish ham ma`lum ma`noda ta`sir qiladi.
Betonni sovuqqa chidamliligini aniqlash uchun ketma-ket muzlatish va 
еritish usulidan foydalaniladi. Sinash usuli, xususan muzlatish harorati, 
namunaning suvni shimish sharoiti, namunaning o`lchami, siklning davomiyligi 
betonni sovuqqa chidamliligi ko`rsatkichlariga sezilarli ta`sir qiladi. Muzlatish 
harorati pasaytirilganda, ayniqsa suv yoki tuzlar еritmasida muzlatilganda 
betonning emirilishi ayniqsa tezroq boradi.
Betonning sovuqqa chidamliligi kriteriyasi sifatida namuna massasining 
kamayishi 5 foizdan kam va mustahkamligi 25 foizdan oshiq pasaymagan sikllar 
miqdori olinadi. Sikllar miqdori sovuqqa chidamlilik bo`yicha betonning markasini 
aniqlaydi. Misol uchun Muz 100, Muz 200 va undan yuqori bo`lib ishlatish 
sharoitidan kelib chiqqan holda tayinlanadi.


45 
Betonning sovuqqa chidamliligi uning tuzilishi va ayniqsa g`ovaklik 
xususiyatiga bog`liq bo`ladi. Nimagaki aynan g`ovaklik sovuq havoda betonda 
hosil bo`ladigan muzning hajmi va taqsimlanishi, demakki, vujudga kelgan 
kuchlanish va beton strukturasini bo`shashish tezligini belgilaydi. 10
-5 
o`lchamli 
beton mikrog`ovaklarida birikkan suv bo`lib juda past haroratda (-70°S darajada) 
ham muzlamasdan turadi. Shuning uchun mikrodarzlar betonni sovuqqa 
chidamliligiga sezilarli ta`sir qilmaydi. Sovuqqa chidamlilik asosan betondagi 
makrog`ovaklar xajliga va ularning tuzilishiga bog`liq bo`ladi.
Betonni sovuqqa chidamliligini oshirishning ikki yo`li mavjud:
a) betonning zichligini oshirish, makrog`ovaklar hajmi va ularning suv 
o`tkazish xususiyatini kamaytirish. Bu misol uchun S/TS nisbatini kamaytirish, 
g`ovak devorlarini gidrofobizatsiya qiluvchi qo`shimchalar ishlatish yoki maxsus 
modda shimdirib g`ovaklarni kolmatatsiya qilish orqali amalga oshiraladi; 
b) maxsus havo jalb еtuvchi qo`shimcha ishlatib betonda havo 
g`ovaklarining(muzlaydigan suv hajmining 20 foizidan ortiq) qo`shimcha hajmini 
yaratish. Bunday g`ovaklar beton odatdagidek suvga shimdirilganda to`lmay, lekin 
muzlashda ro`y beruvchi bosim ostida suv kirishi uchun ochiladi.
Sovuqqa chidamlilikning suv sement nisbatiga bog`liq еkanligi 1. 16-rasmda 
ko`rsatilgan. Beton sovuqqa etarli darajada chidamli bo`lishi uchun S/TS 0, 5 dan 
kam bo`lmasligi kerak.
Sovuqqa chidamlilik darajasi oshishining oddiy va samarali usuli havoni 
tortuvchi qo`shimchalarni qo`shish hisoblanadi. Qo`shimchalar havo g`ovaklari 
o`lchamini imkon qadar kichik qilib, betonning sovuqqa chidamlilik darajasini 
oshiradi shu bilan birga havo tortilgani bois mustahkamlik minimal kamayadi.
Havo tortilishning optimal hajmi odatda 4-6 foizni tashkil еtadi hamda sement, suv 
va yirik to`ldiruvchi sarfi bilan aniqlanadi. Mazkur hajm to`ldiruvchi maydalashib 
sement sarfi ko`paygan sari oshib boradi.
Havo tortuvchi qo`shimcha qo`shilgan betonda g`ovaklarning umumiy hajmi 
tahminan 1000-2000 sm
-1
ni tashkil еtib, o`lchami 0, 005-0, 1sm atrofida o`zgarib 
turadi. Alohida g`ovaklar orasidagi masofa 0, 025 sm dan oshmaydi.


46 

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin