31
cho`kishiga ta`siri ayniqsa katta bo`ladi. Kontraktsion cho`kish sement toshidagi
yangi hosil bo`lgan jismlar hajmi reaktsiyaga kirishayotgan moddalar hajmidan
kam bo`lganligi bois sodir bo`ladi. Cho`kish sement bilan suv o`rtasidagi kimyoviy
reaktsiya intensiv borayotgan vaqtda sodir bo`ladi va namunaning tashqi
o`lchamini o`gartirishdan tashqari materialdagi g`ovaklar strukturasini o`zgartiradi:
suv еgallagan g`ovaklar hajmi kamayib havoli g`ovaklar miqdori ko`payadi.
Odatda bunday cho`kish beton qotayotgan lekin hali etarli darajada yumshoq
bo`lgan vaqtda sodir bo`ladi va shuning uchun material yorilmaydi.
Karbonizatsion cho`kish kaltsiy oksidi gidratining karbonlashuvi natijasida sodir
bo`lib beton yuzasida boshlanib sekin-asta uning ichiga o`tadi.
Betonning cho`kishi, ayniqsa qotgan materialda bo`layotgan namlik va
korbonizatsiyali cho`kish betonning yorilishiga sabab bo`lishi mumkin. Masalan,
oldindan zo`riqtirilgan armatura bo`ylab yoki ochiq yuzasi katta bo`lgan
buyumlarda darz paydo bo`lib konstruktsiyalarning sifati va ish muddatiga ta`sir
qiladi. Ba`zi holatlarda еsa konstruktsiyalarni ta`mirlash lozim bo`ladi. Shuning
uchun beton va temir-beton buyumlar loyihalashtirilayotganda beton cho`kishining
ta`sirini hisobga olish lozim.
Betonning cho`kishi uning tarkibi, ishlatilgan materiallarning xususiyatiga
bog`liq bo`ladi. Sement bilan suv miqdori oshib ketganda, yuqori alyuminatli
sement, mayda zarrali va g`ovakli to`ldiruvchilar ishlatilganda betonning cho`kishi
oshib ketadi. Betonning tez qurishi uni tez va noteks cho`ktiradi (material
yuzasining cho`kishi ko`proq bo`ladi) va betonda darz paydo bo`lishi mumkin.
Beton cho`kishini uning tarkibi bilan bog`lovchi bir qancha fikrlar taklif
еtilgan. Biroq amalda cho`kish hisoblashdagidan ancha farq qilishi mumkin.
Sababi, hisobga olish qiyin bo`lgan omillarning ta`siri ko`p bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: