Subtropik chala cho‘l va cho‘l zonalari. Bu zonalarning iqlimi quruq va
kontinental bo‘lganligi uchun quruq subtropiklar deb ham ataladi.
Quruq
subtropiklar materik ichkarisida vujudga kelgan bo‘lib, g‘arbda Eron tog‘ligidan
boshlanadi. U O‘rta Osiyoning janubiy qismi, Tarim botig‘i, Beyshan cho‘li va
Gobining janubiy qismini o‘z
ichiga olib, sharqda Xuanxe havzasining o‘rta
qismigacha davom etadi. Subtropik chala cho‘llari va cho‘llari mutadil mintaqa
cho‘llaridan
farq qilib, ularda yanvarning o‘rtacha harorati 0°S dan yuqori. Yozi
juda issiq, iyulning o‘rtacha harorati 28°-30°S ni tashkil etadi. Quyosh nur sochib
turadigan soatlar bir yilda 2500 dan oshadi. Qishi O‘rta dengiz va sernam
tropiklarga Qaraganda ancha sovuq bo‘ladi. Hatto minimal harorat ba’zan -20°, -
23°S gacha tushishi mumkin. Yillik yog‘in miqdori 150-200 mm dan oshmaydi.
Mumkin bo‘lgan bug‘lanish miqdori yog‘in miqdoridan 8-10 marta ortiq. Bahorda
yomg‘ir yog‘ishi bilan bo‘z tuproqlar efemer va efemeroidlar bilan qoplanadi.
Quruq subtropiklarning
katta maydonlary paxtazorlar, tokzorlar,
tutzorlar, mevali
daraxtlar va poliz ekinlari bilan band.
Dostları ilə paylaş: