O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org
Dasht zonasi. Dashtlar o‘rmon-dasht va chala cho‘l zonalariga nisbatan
katta maydonni egallagan. Dasht zonasi qadimiy geografik hosila bo‘lib, O‘rta
Osiyo hududida dastlab neogen davrida vujudga kelgan. Keyinchalik g‘arbiy va
sharqiy regionlarga tarqalgan. Dashtlarning asosiy xususiyatlari iqlimining keskin
kontinentalligi, o‘rmonsiz bo‘lishi, relefining tekisligi, erozion relef shakllarining
keng tarqalganligi va boshqalardan iborat.
Dashtlarda havoning o‘rtacha harorati iyul oyida 21°-23°S atrofida bo‘ladi. Qish
ancha davom etadi, sovuq kunlar ko‘p bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati O‘rta
Rossiya va Qozog‘iston dashtlarida -10°, -15°S va undan ham past bo‘ladi.
Yog‘ingarchilik miqdori g‘arbdan sharqqa qarab kamayib boradi, iqlimining
kontinentalligi orta boradi. Ukraina dashtlarida yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 350-
450 mm ni, Qozog‘iston va Kulunda dashtlarida 250-300 mm ni tashkil etadi.
Mumkin bo‘lgan bug‘lanish miqdori 700-850 mm ga yetadi. Bu esa yillik yog‘in
miqdoridan ikki marta ko‘pdir.
Zonaning tuproq, qoplami oddiy va janubiy qora tuproqlardan iborat.
Dashtlarda asosan qo‘rg‘oqchilikka chidamli kserofit g‘allagulli o‘simliklar-
chalov, butaga, bug‘doyiq, qo‘ng‘irbosh, tonkonog va boshqalar o‘sadi.
Dashtlarning yassi pasttekisliklarida va tepalik yon bag‘rlarida dasht olchasi, dasht
bodomi, qarag‘ay, qora tikan, rakitniklardan tarkib topgan butazorlar ham
uchraydi. Dasht zonasini kemiruvchilarsiz tasavvur qilish kiyin. Kemiruvchilar
orasida katta yumronqoziq, chavkar yumronqoziq, kul rang yumronqoziq, dauriya
yumronkozig‘i, katta qo‘shoyoq, oddiy olaxurjin, ko‘rsichqon, dala sichqoni, dasht
sassiq ko‘zani ko‘p uchraydi. Qushlardan bizg‘aldoq, to‘rg‘ay, tuvaloq, dasht
burguti, bedana keng tarqalgan. Bu qushlarning ko‘pchiligi boshqa yerlarda uchib
keladi.