O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə326/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Keng barg‘li o‘rmonlar zonasi. Keng barg‘li o‘rmonlar mo‘’tadil iqlim
sharoitida shakllangan landshaft komplekslari bo‘lib, G‘arbiy YYevropaning 
Atlantikayoni sektorida va Sharqiy Osiyoning Tinch okeanyoni sektorida
joylashgan. Bu zona sernam va iliq dengiz iqlim, sharqda esa musson iqlim 
xususiyatiga ega. Qishi yumshok, Qor qoplami uzoq saqlanmaydi, yozi salqin,
iyulning o‘rtacha harorati o‘arbda 16°-20°S ga, sharqda 20°-24°S ga teng. 
Yanvarning o‘rtacha harorati g‘arbda 0°S gacha ko‘tariladi. O‘rtacha yillik
atmosfera yog‘inlari ham g‘arbda 800-1000 mm dan sharqda 1600-2000 mm gacha 
ko‘payadi.
Keng barg‘li o‘rmonlarning o‘ziga xos zonal o‘simliklari buk bilan eman 
daraxtlaridir. O‘simliklarning ko‘p yarusligi keng barg‘li o‘rmonlar uchun xosdir.
Hozirgi paytda keng barg‘li o‘rmonlar ko‘plab kesib yuborilgan. Natijada qadimiy 
keng barg‘li o‘rmonlarning maydoni keskin kamayib, ularning o‘rnini suniy
ekilgan yosh igna barg‘li daraxtlar yYevropa yeli, pixta, oddiy qarag‘ay, 
dengizbo‘yi qarag‘ayi va boshqalar egallagan. Bu o‘rmonlar tagida qo‘ng‘ir
o‘rmon tuproqlari keng tarqalgan. G‘arbiy YYevropada va Sharqiy Osiyoda 
aholining zich joylashishi zonaning o‘simlik qoplami qatorida hayvonot olamiga
ham kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Hayvonlarning soni ancha kamayib qolgan, ayrim 
turlari umuman yuqolib ketgan. Keng barg‘li o‘rmonlarga xos bo‘lgan eng qadimgi
hayvonlardan zubr faqat qo‘rikxonalarda saqlanib qolgan. Bir necha hayvon turlari 
Qizil kitobga kiritilgan va ular inson tomonidan muhofaza qilinadi.
O‘rmon-dasht zonasi. Bu zona o‘rmonlar bilan dashtlar o‘rtasidagi
o‘tkinchi zona bo‘lib, ikki xil landshaft tipidan-o‘rmon va dashtlardan tashkil 
topgan. Zona hududida shimoldan janubga qarab o‘rmonlar kamaya boradi, dasht
landshaft komplekslarining maydoni orta boradi. O‘rmon-dasht zonasida sur 


tuproqlar ustida o‘sadigan keng barg‘li , mayda barg‘li va qarag‘ay o‘rmonlar


podzollashgan, ishqori yuvilgan, tipik va qisman oddiy qora tuproqlarni qoplab 
olgan turli xil o‘tli dashtlar bilan almashinadi. Qadimgi vaqtlarda o‘rmonlar va
dashtlar egallab olgan maydonlarni nisbati bir-biriga teng bo‘lgan. Keyinchalik 
o‘rmonlar ko‘plab keslib, ularning o‘rnini antropogen dashtlar va agrolandshaftlar
egallagan. 
O‘rmon-dasht zonasining iqlimi tayga va aralash o‘rmonlar zonalariga
nisbatan iliqroq va quruqroq. Iyul oyida havoning o‘rtacha harorati 19°-21°S 
atrofida bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori g‘arbda Ukraina o‘rmon-dashtlarida 600-
500 mm dan sharqda Sibir o‘rmon dashtlarida 400-300 mm gacha kamayadi. 
Zonaning shimoliy chegaralarida yog‘in miqdori bilan bug‘lanish miqdori, yani
namlik balansi birga teng. Janubga kelgan sari yog‘ingarchilik miqdori kamaya 
boradi, mumkin bo‘lgan bug‘lanish miqdori aksincha orta boradi. Ukraina o‘rmon-
dashtlarida buk, g‘arb, O‘rta Rossiya va Zavolje o‘mon-dashtlarida eman, zarang, 
juka va qayrag‘ochlar, Sibir o‘rmon-dashtlarida qayin, tilog‘och va qarag‘aylar
ko‘p o‘sadi. O‘t o‘simliklari chalov, betaga va turli xil o‘tlardan iborat. Turli xil 
utli dashtlarda fitomassalarning umumiy zaxirasi 25-50 t/ga ni tashkil etadi.
O‘rmon-dashtlar inson xo‘jalik faoliyati tasirida kuchli o‘zgarib ketgan. Qishloq 
xo‘jaligida bug‘doy, javdar, makkajuxori, grechixa, no‘xat, kungaboqar, qand
lavlagi eqiladi. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin