tuproqlar ustida o‘sadigan keng barg‘li , mayda barg‘li va qarag‘ay o‘rmonlar
podzollashgan, ishqori yuvilgan, tipik va qisman oddiy qora tuproqlarni qoplab
olgan turli xil o‘tli dashtlar bilan almashinadi. Qadimgi vaqtlarda o‘rmonlar va
dashtlar egallab olgan maydonlarni nisbati bir-biriga teng bo‘lgan.
Keyinchalik
o‘rmonlar ko‘plab keslib, ularning o‘rnini antropogen dashtlar va agrolandshaftlar
egallagan.
O‘rmon-dasht zonasining iqlimi tayga va aralash o‘rmonlar zonalariga
nisbatan iliqroq va quruqroq. Iyul oyida havoning o‘rtacha harorati 19°-21°S
atrofida bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori g‘arbda Ukraina o‘rmon-dashtlarida 600-
500 mm dan sharqda Sibir o‘rmon dashtlarida 400-300 mm gacha kamayadi.
Zonaning shimoliy chegaralarida yog‘in miqdori bilan bug‘lanish miqdori, yani
namlik balansi birga teng. Janubga kelgan sari yog‘ingarchilik miqdori kamaya
boradi, mumkin bo‘lgan bug‘lanish miqdori aksincha orta boradi. Ukraina o‘rmon-
dashtlarida buk, g‘arb, O‘rta Rossiya va Zavolje o‘mon-dashtlarida eman, zarang,
juka va qayrag‘ochlar, Sibir o‘rmon-dashtlarida qayin, tilog‘och va qarag‘aylar
ko‘p o‘sadi. O‘t o‘simliklari chalov, betaga va turli xil o‘tlardan iborat.
Turli xil
utli dashtlarda fitomassalarning umumiy zaxirasi 25-50 t/ga ni tashkil etadi.
O‘rmon-dashtlar inson xo‘jalik faoliyati tasirida kuchli o‘zgarib ketgan. Qishloq
xo‘jaligida bug‘doy, javdar, makkajuxori, grechixa, no‘xat,
kungaboqar, qand
lavlagi eqiladi.
Dostları ilə paylaş: