O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə327/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Dasht zonasi. Dashtlar o‘rmon-dasht va chala cho‘l zonalariga nisbatan
katta maydonni egallagan. Dasht zonasi qadimiy geografik hosila bo‘lib, O‘rta 
Osiyo hududida dastlab neogen davrida vujudga kelgan. Keyinchalik g‘arbiy va
sharqiy regionlarga tarqalgan. Dashtlarning asosiy xususiyatlari iqlimining keskin 
kontinentalligi, o‘rmonsiz bo‘lishi, relefining tekisligi, erozion relef shakllarining
keng tarqalganligi va boshqalardan iborat. 
Dashtlarda havoning o‘rtacha harorati iyul oyida 21°-23°S atrofida bo‘ladi. Qish
ancha davom etadi, sovuq kunlar ko‘p bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati O‘rta 
Rossiya va Qozog‘iston dashtlarida -10°, -15°S va undan ham past bo‘ladi.
Yog‘ingarchilik miqdori g‘arbdan sharqqa qarab kamayib boradi, iqlimining 
kontinentalligi orta boradi. Ukraina dashtlarida yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 350-
450 mm ni, Qozog‘iston va Kulunda dashtlarida 250-300 mm ni tashkil etadi. 
Mumkin bo‘lgan bug‘lanish miqdori 700-850 mm ga yetadi. Bu esa yillik yog‘in
miqdoridan ikki marta ko‘pdir. 
Zonaning tuproq, qoplami oddiy va janubiy qora tuproqlardan iborat.
Dashtlarda asosan qo‘rg‘oqchilikka chidamli kserofit g‘allagulli o‘simliklar-
chalov, butaga, bug‘doyiq, qo‘ng‘irbosh, tonkonog va boshqalar o‘sadi.
Dashtlarning yassi pasttekisliklarida va tepalik yon bag‘rlarida dasht olchasi, dasht 
bodomi, qarag‘ay, qora tikan, rakitniklardan tarkib topgan butazorlar ham
uchraydi. Dasht zonasini kemiruvchilarsiz tasavvur qilish kiyin. Kemiruvchilar 
orasida katta yumronqoziq, chavkar yumronqoziq, kul rang yumronqoziq, dauriya
yumronkozig‘i, katta qo‘shoyoq, oddiy olaxurjin, ko‘rsichqon, dala sichqoni, dasht 
sassiq ko‘zani ko‘p uchraydi. Qushlardan bizg‘aldoq, to‘rg‘ay, tuvaloq, dasht
burguti, bedana keng tarqalgan. Bu qushlarning ko‘pchiligi boshqa yerlarda uchib 
keladi.






Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin