O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Subtropik sernam musson o‘rmonlar zonasi



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə330/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Subtropik sernam musson o‘rmonlar zonasi. Bu zona Yevrosiyoning
janubi-sharqdda musson iqlim ta’sirida hosil bo‘lgan. U Xitoy va Yaponiyaning 
janubiy qismlarini egallagan. Zona hududida musson iqlim tili hukmron bo‘lgani
uchun yoz nihoyatda sernamlili, qish esa quruqligi va salqinligi bilan farq qiladi. 
Subtropik mintaqaning musson zo‘rmonlar zonasi iqlimi mutadil mintaqaning keng
barg‘li o‘rmonlar zonasi musson iqlimidan qish oylarida haroratning yuqor bo‘lishi 
va yog‘in miqdorining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Qish oylarining o‘rtacha
harorati +4°S dan +8°S gacha bo‘ladi. Yil davomida o‘rtacha 1000-2000 mm 
atrofida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zan shimoldan sovuq havo massalari kirib kelganda
havo harorati 0°S gacha pasayadi. 
Sernam musson o‘rmonlar zonasining doimiy yashil o‘simliklari yozgi
sernamlikka va qishki qurg‘oqchilikka moslashgan. O‘rmonlar tarkibida keng 
barg‘li daraxtlarning buk va eman turlaridan tashqari floraning qadimiy issiqsevar
turlari-komeliya, kamforali dafna, sagovniklar, magaoliyadoshlar va palmalar 
uchraydi. Sernam o‘rmonlar tagida qizil va sariq tuproqlar rivojlangan. Zona
hududi qadimdan kuchli o‘zlashtirilgan. O‘rmonlar evaziga o‘zlashtirilgan yerlarda 
sholi, apelsin, limon, choy va boshqa subtropik mevalar yetishtiriladi.





Subtropik chala cho‘l va cho‘l zonalari. Bu zonalarning iqlimi quruq va
kontinental bo‘lganligi uchun quruq subtropiklar deb ham ataladi. Quruq 
subtropiklar materik ichkarisida vujudga kelgan bo‘lib, g‘arbda Eron tog‘ligidan
boshlanadi. U O‘rta Osiyoning janubiy qismi, Tarim botig‘i, Beyshan cho‘li va 
Gobining janubiy qismini o‘z ichiga olib, sharqda Xuanxe havzasining o‘rta
qismigacha davom etadi. Subtropik chala cho‘llari va cho‘llari mutadil mintaqa 
cho‘llaridan farq qilib, ularda yanvarning o‘rtacha harorati 0°S dan yuqori. Yozi
juda issiq, iyulning o‘rtacha harorati 28°-30°S ni tashkil etadi. Quyosh nur sochib 
turadigan soatlar bir yilda 2500 dan oshadi. Qishi O‘rta dengiz va sernam
tropiklarga Qaraganda ancha sovuq bo‘ladi. Hatto minimal harorat ba’zan -20°, -
23°S gacha tushishi mumkin. Yillik yog‘in miqdori 150-200 mm dan oshmaydi.
Mumkin bo‘lgan bug‘lanish miqdori yog‘in miqdoridan 8-10 marta ortiq. Bahorda 
yomg‘ir yog‘ishi bilan bo‘z tuproqlar efemer va efemeroidlar bilan qoplanadi.
Quruq subtropiklarning katta maydonlary paxtazorlar, tokzorlar, tutzorlar, mevali 
daraxtlar va poliz ekinlari bilan band.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin