O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Subekvatorial mintaqaning tabiat zonalari



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə332/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Subekvatorial mintaqaning tabiat zonalari. Materikning subekvatorial
mintaqaga qaraydigan hududida tabiiy geografik sharoitning ayniqsa iqlimning 
zonal va provinsial tafovo‘tlari ta’sirida ikkita landshaft zonasi - savannalar va
fasliy nam o‘rmonlar vujudga kelgan. 


Subekvatorial savannalar zonasi. Subekvatorial savannalar tropik
savannalar zonasidan issiq iqlimli hamda o‘ziga xos salqin quruq issiq quruq va 
issiq yomg‘irli fasllari bilan ajralib turadi. Bu yerda yog‘ingarchilik miqdori 800-
1200 mm gacha yetadi. Savannalarning o‘t o‘simliklari va o‘rmonlari tagida kam 
gumusli qizil-qo‘ng‘ir tuproqlar keng tarqalgan. Ko‘pchillik daraxtlar qisqa
mavsumga bargini to‘kadi. Savanna landshaftlarining katta maydoni inson xo‘jalik 
faoliyati ta’sirida kuchli o‘zlashtirilgan va ularning o‘rnida turli xil
agrolandshaftlar barpo etilgan. 


Subekvatorial fasliy nam o‘rmonlar zonasi. Bu zona subekvatorial savannalarga
nisbatan ancha sernam, quruq fasl kam davom etadi. Subekvatorial o‘rmonlar 
daraxt turlariga juda boy. O‘simliklarning xilma-xilligi jihatidan janubroqda
joylashgan ekvatorial zonaga o‘xshab ketadi. Zona hududida qish juda iliq bo‘ladi. 
Yanvarning o‘rtacha harorati Hindiston yarim orolida +20°S ga, Hindixitoy yarim
orolida +16°S ga teng. Hindixitoy hududining orografik tuzulishi qish oylarida 
mu’tadil mintaqadan sovuq havo massasini to‘siqsiz kirib kelishiga imkon
yaratadi. Ba’zan yarim orolning shimoli-sharqiy qismiga sovuq havo kirib 
kelganda hatto 20° sh.k. larda harorat +5°S gacha pasayadi. Ana shu davrda ba’zi
bir daraxtlar bargini tukadi. 
Atmosfera yog‘anlarining taqsimlanishi, miqdori va rejimida ham tafovo‘tlar
mavjud. Himolay tog‘aarining janubiy yon bag‘rida o‘rtacha yillik yogan miqdori 
4000 mm ni tashkil etadi. Xatto Shillong massivida joylashgan Cherrapunjada
12000 mm dan ko‘p yogan tushadi. Hindiston va Hindixitoy yarim orollarining 
g‘arbiy chekka qismlaridagi tog‘larda 2000 mm dan ziyodroq ichki rayonlarida esa
1000 mm atrofida yog‘in-sochin bo‘ladi. Subekvatorial fasliy nam o‘rmonlar 
zonasida qizgach-sariq laterit, qora va kul rang tropik hamda allyuvial tuproklar
keng tarqalgan. Nam o‘rmonlarda turli xil palmalar, baland bo‘yli palmirlar, 
bambuklar, lianalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Subekvatorial o‘rmonlarning
hayvonot dunyosi xilma-xil. Hindistonda va Shri-Lanka orolida hozir ham yovvoyi 
fillarni uchratish mumkin. Qalin o‘rmonlarda maymunlarning bir necha turlari
yashaydi. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin