Chala cho‘l zonasi. Chala cho‘llar dasht va cho‘l zonalari oralig‘ida
joylashgan o‘tkinchi landshaft zonasidir. Bu yerda dam dashtlarga, ham cho‘llarga
xos tabiiy xususiyatlarni kuzatish mumkin. Chala cho‘llar iqlimining keskin
kontinentalligi, quruqligi, och kashtan tupoqlarining chirindiga kambag‘alligi,
shuvoq-boshoqli o‘simliklarning siyrakligi, okar suvlarning deyarli yo‘qligi,
qurg‘okchiliklarni tez-tez takrorlanib turishi kabilar bilan harakterlanadi. Zonada
yoz issiq, quyoshli bo‘ladi. Garmsellar takrorlanib turadi. Havo harorati yuqori
240-27°S. Qishi sovuq qor kam yog‘adi. Yanvar oyining o‘rtacha harorati -12°, -
16°S, qor qoplamining qalinligi 10-30 sm ni tashkil etadi. Yillik yog‘in miqdori
o‘rtacha 150-250 mm dan oshmaydi. Yer osti suvlari kuchli sho‘rlangan va istemol
qilish uchun yaroksiz. Faqat qumli joylarda chuchuk suvlar uchraydi.
Qoramtir kashtan va tipik kashtan tuproqlari zonaning shimolida, och
kashtan tuproqlari janubda polosa hosil qilib joylashgan. Bu tuproqlar tarkibida
tuzlar ko‘p. Ayniqsa och kashtan tuproqlari kichikroq masofalarda shurtob yerlar
bilan tez-tez almashinib turadi. Iqlimning quruqdili zonaning o‘simlik qoplamida
o‘z aksini topgan. O‘simlik qoplami pastkamliklarda va limanlarda tukli chalov,
betaga, tonkonog, jitnyaklardan, yassi tekis yerlarda oq shuvok, qora shuvoq izen,
romashniklardan tarkib topgan. Shurtob va sho‘r yerlarda sho‘ra o‘tlar, qora
shuvoqlar yaxshi o‘sadi. O‘simlik qoplami shimoldan janubga qarab siyraklashib
boradi. Shuvoq-boshoqli chala cho‘llarning biologik mahsuldorligi juda past.
Fitomassalarning umumiy zadirasi 5-12,5 t/ga dan oshmaydi. Hayvonot dunyosi
aralash harakterga ega. Bu yerda dasht hayvonlari ham, cho‘l hayvonlari ham
bemalol yashayveradi.
Cho‘l zonasi.Mo‘’tadil mintaqaning eng quruq issiq tabiati xilma-xil bo‘lgan
cho‘l zonasi neogenda va to‘rtlamchi davrning boshlarida vujudga kelgan. Bu zona
g‘arbda Kaspiybo‘yi pasttekisligidan boshlanib, sharqda Gobi cho‘lining sharqiy
chegarasigacha davom etadi. Cho‘llar zonasi Kaspiybo‘yi, Ustyurt, Orolbo‘yi,
Qizilqum, Qoraqum, Mo‘yinqo‘m, Balxashbo‘yi, Taklamakon, Alashan, Gobi va
boshkd cho‘llar majmuasydan tashkil topgan.
Cho‘l zonasining tabiiy sharoiti mutadil mintakadagi boshqa zonalarning
tabiiy sharoitidan o‘ziga xos xususiyatlari bilan keskin farq qiladi. Bunday
xususiyatlaridan birinchisi cho‘l tabiat qomplekslarining rang-barangligi bo‘lsa,
ikkinchisi iqlimning aridligidir. Cho‘llarda yoz jazirama issiq quruq deyarli
yomg‘irsiz o‘tadi. Iyulning o‘rtacha harorati 25°-32°S. Sovuq bo‘lmaydigan davr
160-250 kunni tashkil etadi. Quyoshli kunlar ko‘p bo‘ladi va uzoq davom etadi.
O‘rta Osiyo cho‘llari hududida yoz oylarida termik depressiya paydo bo‘ladi.
Cho‘llarda yog‘in juda kam tushadi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 80-150 mm,
tog‘oldi va tog‘li rayonlarda yog‘ingarchilik bir oz ko‘payadi. Bu yerlarda tranzit
daryolardan boshqa oqar suvlar deyarli yo‘q. Cho‘llar uchun sur qo‘ng‘ir tuproqlar
harakterli bo‘lib, ularda organiq moddalar tyozda mineralizatsiyalashib ketadi.
Shuning uchun tuprok tarkibidagi chirindilarning miqdori 1% ga ham yetmaydi.
Cho‘l o‘simliklari quruq iqlim sharoitiga moslashgan kserofit turlardan
tarkib topgan. Shimoliy cho‘llarda shuvoqlar va sho‘ralar keng tarqalgan.
Shuvoqlardan bo‘z shuvoq moyqora shuvog‘i, bazan Turon shuvog‘i, sho‘ralardan
esa buyurgun, boyalich, toshbuyurgun, kovrak, itsiygak va boshqalar o‘sadi.
Janubiy cho‘llarning o‘simlik qoplamida efemerlar va efemeroidlar ko‘pchilikni
tashkil etadi. Markaziy Osiyoda ikki o‘rkachli tuya va yovvoyi eshaklar uchraydi.
Cho‘llar yaylov sifatida foydalaniladi. Fitomassalarning umumiy zahirasi shuvovli
cho‘llarda 2,5 t/ga dan saksovulzorlarda 50 t/ga gacha yetadi.