O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Subarktika mintaqasining tabiat zonalari



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə322/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Subarktika mintaqasining tabiat zonalari. Subarktika mintaqasi ikkita
landshaft zonasidan - tundra va o‘rmon-tundradan tarkib topgan. 


Tundra zonasi. Tundraga Yevrosiyo materigining shimoliy chekka qismi va
Shimoliy Muz okeanidagi Novaya Zemlyaning Janubiy oroli, Kolguchev, 
Vaygach, Novaya Sibir orollari kiradi. Tundra shakllanish tarixiga ko‘ra yosh
landshaftlar hisoblanadi. Bu yerda materik muzliklari uzoq vaqt hukmronlik 
qilgani uchun relef shakllarida ularning izlari hozirga qadar ham yaxshi saqlangan.
Tundraning katta qismini relefi tekislik bo‘lib, qirlar va tog‘lar Fennoskandiyada, 
Ural tog‘lari yaqinida, Yenisey daryosidan sharq tomonda uchraydi. Tundraning
iqlim sharoiti juda qattiq, qishi sovuk bo‘lib uzoq davom etadi, yozi qiska, yog‘in 
miqdori g‘arbdan sharqda qarab keskin kamayib boradi. Masalan, Murmansk sohili
tundralarida yiliga 400 mm, Dudinkada 254 mm, Xatangada 227 mm va Lena 
deltasida 86 mm yog‘in tushadi. Tundra hududida ko‘p yillik muzlab yotgan



gruntlar keng tarqalgan. Tundra zonasi landshaftlarining ichki zonal tafovutlariga


ko‘ra uchta zonachaga bo‘linadi: Arktika tundrasi, tipik tundra va janubiy tundra. 
1. Arktika tundrasi materikning eng chekka shimoliy qismini, Arktikaning
janubiy orollarini egallab olgan va Arktika saxro landshaftlari bilan tutashgan. 
Havo harorati yil davomida past bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha harorati 5°-6°S ga
yetng. O‘simliklar kam tarqalgan, mox va lishayniklar siyrak o‘sadi. Arktika 
tundrasi kuchli botqoqlangan, ayniqsa gipn botqoqliklari hukmronlik qiladi. Zona
uchun harakterli bo‘lgan poligonal tundra tuproqlarida gleylashish jarayoni juda 
sust davom etadi.
2. Tipik tundra yoki mox-lishaynikli tundra ham deb ataladi. Bu zonacha 
Arktika tundrasidan janubroqda joylashgan bo‘lib, uning yer yuzasini sidirg‘asiga
lishayniklar va moxlar qoplab olgan. Mox va lishaynikli tundralar substartga 
bog‘liq holda bir-birini almashtirib turadi. Tipik tundrada bulardan tashqari doimiy
yashil bagulnik, brusnika, golubika, Kassandra kabi rezavor butachalari, kaklik 
o‘ti, moroshkalar o‘sadi. Gilli uchastkalar uchun olachalpok tundra harakterli.
Tipik tundra zonachasi Arktika tundrasiga nisbatan bir oz iliqroq. Iyulning o‘rtacha 
harorati 60-9°S gacha ko‘tariladi.
3. Janubiy tundra yoki butazorli tundra janubda o‘rmon-tundra bilan tutash 
joylashgan. Bu zonacha tundra zonasining eng ilik joyi hisoblanadi. Iyul oyida
havoning o‘rtacha harorati 9°-11°S ni tashkil etadi. Asosiy tuprok tili tundra-gley, 
torfli-gleyli va botqoq tuproqlardan tarkib topgan. Ular sfagn, politrix moxlari,
lishayniklar va turli xil butalar bilan qoplangan. Pakana qutb qayini, qutb tollaridan 
tashkil topgan butazorlar keng tarqalgan va ular yerniklar deb ataladi.
Butazorlarning bo‘yi 50-70 sm ga yetadi. Ahyon-ahyonda bo‘yi 3-4 m ga 
yetadigan daraxtlar ham uchraydi. Sharqiy YYevropa tundrasidagi daraxtlar qayin,
yel, olxadan, Sibir tundrasidagi daraxtlar esa tilogochlardan iborat. Shimol bug‘usi, 
qutb tulkisi-peses va lemminglar tundraning tipik hayvonlari hisoblanadi. Tipik va
janubiy tundralardagi fitomassalarning umumiy zaxirasi 25 t/ga ni tashkil etadi. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin