O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə325/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Aralash o‘rmonlar zonasi. Aralash o‘rmonlar dengiz iqlimi ta’sirida
vujudga kelgan bo‘lib, ular materikning g‘arbiy va sharqiy qismlarida joylashgan. 
Bu o‘rmonlar g‘arbda Sharqiy YYevropa tekisligining g‘arbiy qismiga, sharqda
O‘rta va Quyi Amurbo‘yi hamda Janubiy Primore o‘lkalariga to‘g‘ri keladi. 
Zonaning iqlimi ancha iliq va nam. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 600-700 mm
atrofida. Rigadan sharq tomonda 800 mm gacha yomg‘ir yog‘adi. Iyulning 
o‘rtacha harorati 100-20°S. YYevropaning aralash o‘rmonlar zonasida qish ancha



iliq. Yanvarning o‘rtacha harorati g‘arbida -5°S dan sharqida -10°S gacha


pasayadi. Uzoq Sharq aralash o‘rmonlarining shimolida esa -18°, -20°S ni tashkil 
etadi. Qor qoplami taygadagiga Qaraganda uzoq saqlanmaydi. G‘arbiy aralash
o‘rmonlarda chimli-podzol tuproqlar, sharqiy musson iqlimli aralash o‘rmonlarda 
o‘rmon qo‘ng‘ir tuproqlari hukmronlik qiladi. O‘rmonlar tarkibida igna barg‘li ,
mayda barg‘li va keng barg‘li daraxtlar uchraydi. Keng barg‘li lardan zarang, grab, 
jo‘ka va boshqa daraxtlar, igna barg‘li lardan yYevropa yeli, qarag‘aylar o‘sadi.
Musson iqlimli aralash o‘rmonlar zonasida Mongoliya emani, Take jukasi, Amur 
jukasi, sariq qayin, mayda barg‘li zarang, Qoreya kedri, Ayan yeli, oq pustli pixta,
yaxlit barg‘li pixta keng tarqalgan. Fitomassalarning umumiy zahirasi 350-400 t/ga 
atrofida.
Igna barg‘li -keng barg‘li aralash o‘rmonlar zonasining hayvonot dunyosi 
rang-barang. Uning g‘arbida yYevropa kosulyasi (bug‘uning bir turi), o‘rmon
suvsari, yYevropa sassiq kuzani, o‘rmon sonyasi, bog‘ sonyasi, sariq tomoq 
sichqonlar, yashil va o‘rta qizilishtonlar yashaydi. Bundan 200 yil avval tarpanlar -
yovvoyi otlar va turlar yashagan. Lekin ular yo‘qolib ketgan. Zonaning sharqida 
esa taygaga xos hayvonlardan tashqari Golarktikaning Xitoy-Himolay kichik
zoogeografik oblastiga mansub bo‘lgan ussuri yo‘lbarsi, qora ayiq, qizil bo‘ri, 
harza, chipor butu, o‘rmon mushugi, yenotsimon it, Manchjuriya quyoni, mogera
ko‘rsichkoni va boshqalar ko‘p uchraydi. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin