O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


YEVROSIYONING DARYO VA KO‘LLARI, YOZUVSIZ KARTAGA



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə321/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

YEVROSIYONING DARYO VA KO‘LLARI, YOZUVSIZ KARTAGA 

TUSHIRISH (AMALIY MASHG‘ULOT) 

Ishning maqsadi – yozuvsiz kartaga Yevrosiyoning daryo va ko‘llari, yozuvsiz
kartaga tushirish tushirish. 
Topshiriq. Yozuvsiz kartaga shartli belgilar asosida quyidagilar tushiriladi:



1. Yevrosiyoning daryolarini;


2. Yevrosiyoning ko’llarini. 


Zaruriy vositalar: rangli qalam, o’chirg’ich, lineyka, yozuvsiz karta, atlaslar va
gipsometrik kartalar. 
YEVROSIYONING TABIAT ZONALARI

(SEMINAR) 

Reja: 
1. Yevrosiyo materigining tabiat zonalari. 
2. Balandlik iqlim mintaqalari.
Yevrosiyo maydonining kattaligi, shimoldan janubga va g‘arbdan sharqda qarab 

uzoq masofaga cho‘zilganligi, tabiiy sharoitining xilma-xilligi materikning


landshaft zonalarida va ularni tashkil etuvchi barcha komponentlarda o‘zining 
yorkin ifodasini topgan. Materikda Shimoliy yarim shar uchun xos bo‘lgan barcha
geografik mintaqalar, landshaft zonalari Va balandlik mintaqalari mavjud. Ular 
o‘zlarining geografik tarqalishida tekisliklarda kenglik zonallik va provinsiallikka,
tog‘larda esa balandlik mintaqalik qonuniyatlariga qatiyan amal qiladi. Quyida Siz 
har qaysi geografik mintaqaga taalluqli bo‘lgan tabiat zonalari bilan tanishasiz.


Arktika mintaqasining tabiat zonasi. Arktika mintaqasida bitta tabiat
zonasi-muz zonasi (Arktika sahrolari zonasi) mavjud. 


Muz zonasi. Muz zonasi Arktika orollarida va materikda Taymir yarim
orolining shimoliy qismida joylashgan. Zonaning 85% ga yaqin qismi muzlar bilan 
qoplangan. Eng issiq oyning o‘rtacha harorati 0°S atrofida bo‘ladi. Havo juda
isigan paytda ham harorat 5°S dan yuqori ko‘tarilmaydi. Qishi kattiq sovuq bo‘ladi 
va uzoq davom etadi, yozi esa mo‘’tadil sovuq va qisqa. Sovuq nurash kuchli
bo‘lganligi tufayli katta-katta maydonlar parchalangan tosh uyumlari bilan 
qoplangan. Mayda zarrachali gruntlarda tarkibida chirindilar juda kam bo‘lgan
zonal arktika tuprog‘i shakllangan. O‘simlik qoplami juda siyrak. Ular 180 turdan 
ziyod mox va lishayniklardan, 37 tur gullaydigan o‘simliklardan tarkib topgan.
Arktika tuproqlarida umumiy fitomassalar zahirasi 5 t/ga ni tashkil etadi. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin