O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI FANIDAN



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə319/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI FANIDAN 

AMALIY MASHG’ULOT ISHLANMALARI 

YER YUZASINI INSON TOMONIDAN O‘ZLASHTIRILISHI VA TABIIY 

LANDSHAFTLARIING O‘ZGARISHI (SEMINAR)

REJA: 
1.Insonlarning tabiatga dastlabki ta’siri. 
2.Tabiiy landshaftlarning o’zgarishi.
3.Antropogen landshaft. 
Inson bilan tabiat urtasidagi uzviy alokadorlik eng kadimdan boshlab, to
xozirgi fan-texnika, taraqqiyoti davrida ham dolzarb muammolardan bulib 
kelmokda. Tabiat barcha jonli mavjudodlarning vujudga kelishiga, rivojlanishiga
va insonning xayot kechirishi uchun imkoniyat yaratib bergan rang-barang 
manzarali makondir. Inson tabiatning boshqa elementlaridan yakqol farq kiluvchi
ongli bir kismi bulib, u uzining butun faoliyati davomida tabiatga ta’sir etadi, uni 
uzgartiradi va uz ehtiyojini kondirish uchun undan foydalanadi. Odam, paydo
bulgandan boshlab to xozirgi kunga kadar tabiatga ta’sir etib, uni uzluksiz 
uzgartirib kelmokda va uzining yashashi uchun zarur bulgan barcha moddiy
boyliklarni tabiatdan olmokda. Insonning tabiatga kursatgan ta’siri vakt utishi va 
ishlab chikarishning shakllanishi bilan oddiylikdan asta-sekin murakkablashib
borgan. Xuddi shunday tabiatda yuz bergan dastlabki mikdor uzgarishlar 
keyinchalik sifat uzgarishlarga olib kelgan.
Insonning tabiatga bulgan ta’si paleolit davrida juda ham oddiy bulib, 
fakatgina ov bilan shugulaanib, uzi yashab turgan xududning xayvonot dunyosiga
ta’sir etgan. Mezolit davriga kelib odamlar ovchilik va meva yiguvchilik. bilai 
birga uy xayvonlarini bokish, boshpana kurish bilan ham shugullana boshlaydi.
Natijada bokira landshaftlarga odamning ta’siri sezilarli darajada kuchaya boradi, 
tabiiy komplekslarning ekologik muxiti buzila boshlaydi.
Neolit va eneolit davrlariga kelib odamlarnint turmush darajasi yaxshilana 
boradi, xujalik xayoti ilgari siljiydi. Odamlar ovchilik, balikchilik, chorvachilik
bilan bir katorda dexqonchilik bilan ham shugullanadi. Sug‘oriladigan 
dexkonchilikning vujudga kelishi fakatgina tuprok, usimlik va xayvonot olamini
uzgartiribgina kolmasdan, balki urta golotsen landshaftlarini va ularning eng 
avvalgi strukturasini ham uzgartirdi. Bunday uzgarishlar Urta Osiyoning bir qator
regionlarida ham sodir buldi. 
Bronza davriga kelib sugoriladngan dexkonchilikning rivojlanishi va suv
inshootlarining barpo etilishi insonning tabiatga bulgan ta’sirini yanada 
kuchaytirdi. Bu davrda kuplab voxolar, kishlok va shahar tipidagi seliteb
landshaftlar intensiv ravishda shakllana bordi, temir asriga kelib insonning tabiatga 
bulgan ta’siri yanda keng kuloch yoydi, sugoriladigan yerlarning maydoni
kengaydi, urmonlarning maydoni keskin kiskardi, tuprok, eroziyasi kuchaydi, 
kuchma kumlarning areallari kupaydi, usimlik va xayvonot olamidagi noyob turlar
keskin kamaydi. 
Umuman, xozirgi vaktda sayyoramizda inson xujalik faoliyati ta’sir etmagan
landshaftlarni deyarli uchratish mumkin emas. Yer kurrasining inson yashashi 


uchun kulay bulgan katta-katta hududlari kishilarning xujalik faoliyati tufayli


uzining bokiralik kiyofasini butunlay uzgartirdi. Yirik-yirik sanoat markazlari, 
shaharlar, axoli punktlari, irrigatsion inshootlar, voxolar, boglar, xilma-xil
plantatsiyalar barpo etilgan. Natijada landshaft sferasining katta kmsmida 
antropogen landshaftlar infrastrukturasi vujudga keldi.
Yer yuzasi tabiatidan foydalanish tarixi kupchilik zonalarda 
urmonlarning kesilib ketish tarixi bilan chambarchas boglik. Dexqonchilikning
rivojlanishi bilan aralash va keng bargli urmonlarning maydoni 40-50% ga, Urta 
dengiz soxillaridagi subtropik urmonlarning maydoni 70-80% ga, mussonli
urmonlarning maydoni 85-90% ga kamayib ketdi. Paleogeograflarning 
ma’lumotiga karaganda 900 yilda G‘arbiy YYevropaning 70% maydoni urmonlar
bilan band bulgan xozir esa ularning maydoni 25% ni tashkil etadi. Buyuk Xitoy 
va Xind-Gang pasttekisliklarida atigi 5% urmon saklanib qolgan. Urmonlarni
kesish hisobiga yangi yerlarni ochish va kishlok xujaligini rivojlantirish xozirgi 
kunda ham tropik mamlakatlarida davom etmokda.
Xozirgi paytda inson kuruklik yuzasining 19 mln, km2 maydonini yoki 13% 
ini xaydab dexqonchlik bilan shugullanmokda. Shundan ekin ekiladagan maydon
14,6 mln. km2 ni yoki 10% ni tashkyl etadi. Uzlashtirilgan yorlarning aksariyat 
kismi urmon dasht, dasht, subtropik, tropik zonalariga va togoldi rayonlariga to'g'ri
keladi. Antropogen bedlendning maydoni 4,5 mln km2, yoki kuruklikning 3% ini 
tashkil etadi. Ut-butazorli yaylovlar va tabiiy utloklar maydoni 28,5 mln. km2 ga
yoki 1.9% ga teng. 
Insonning tabiatga ta’siri va buning natijasida tabiiy landshaftlarning
uzgarishi axolining geografik tarkalishiga va zichligiga bog‘lik. Arktik 
saxrolarda va baland tog mintakalarida amaliy jixatdan axoli yashamaydi va uning
tabiatga bulgan ta’siri ham nixoyatda kam. Tundra, urmon-tundra va chul 
zonalarida axoli juda siyrak yashaydi va uning tabiatga ta’siri ma’lum darajada
kuprok. Kuruklikning kolgan xududlarida dunyo axolisining 82% dengiz satxidan 
500 m balandlikgacha bulgan tekisliklarda joylashgan va urtacha zichligi 1 km2 ga
42 kishi to'g'ri keladi. Axolining 11% 500 m dan 1000 m gacha bulgan 
balandliklarda (zichligi 1km2 ga 15 kishi), 6% 1000m dan 2000 m gacha bulgan
balandliklarda (zichligi 1km2 ga 10 kishi) va 1% 2000 dan yukorida (zichligi 1 
km'' ga 4 kishi) joylashgan (Saushkin, 1970).
Binobarin, xozirgi kunda inson xujalik faoliyati tufayli materiklardagi tabiiy 
landshaftlarning 55% xududi uzlashtirilgan va ularning strukturasi hamda
komponentlararo alokadorligi uzlashtirilgan, 20% xududi tubdan uzlashtirilgan. 
Urmonlarni ayovsiz kesib tashlash natijasida kupchilik zonalarda va tog yon
bagrlarida tuprok eroziyasi kuchaydi. Fakat sungi yuz yil ichida tuprok, eroziyasi 
evaziga 2 mlrd ga buzuk yer Xitoyning lyossli tekisliklariga to'g'ri keladi.
Sayyoramiziing 4,5 mln. km2 maydoni kishilarning xujalik faoliyati tufayli 
eroziyaga uchragan, kayta shurlangan va botkoklangan, kuchma kumlar, tog-kon
sanoatidan chikkan bekorchi jinslar, antropogen karst kabilar bilan band. 
Tabiatdan foydalanish materiklar buyicha bir xil emas. Axoli zich joylashgan
tekisliklarda, yirik togoraliga botiklarida va keng vodiylarda tabiiy landshaftlarning 
40-50%, ayrim regionlarda undan ham kuprok kismi uzlashtirilgan. YYevropada



xaydalgan yerlarning maydoni 40% dan ortadi. Osiyoning Xindistondan


Koreyagacha bulgan musson iklimli urmonlar zonasida va Shimoliy 
Kozog‘istondan Janubiy Sibirgacha chuzilgan dasht zonasida agrolandshaftlar
uzluksiz polosa hosil kilib tarkalgan. Buyuk Xitoy va Gang pasttekisliklarining 70-
80% maydoni kishlok ujaligida foydalaniladi. Urta Osiyo, Old Osiyo, Markaziy
Osiyo va Arabiston chul landshaftlari asosan yaylov sifatida foydalaniladi. 
Shimoliy Amerikadagi preriy zonasining 80%, keng bargli va aralash urmonlar
zonasining 60% xududi dexqonchilik va kurilishlar bilan band. Janubiy Amerikada 
urmon tabiat komplekslari 41% ni, yaylovlar 18% ni va xaydalgan yerlar 9% ni
tashkil etadi. Kishlok xujaligida foydalanadigan yerlar musson urmonlari zonasiga 
va savannalarga tug‘ri keladi. Avstraliyaning 60% xududi yaylov landshaftlaridan
iborat. Savanna, dasht va siyrak urmonlarning 90% maydoni chorva mollarini 
bokishda foydalaniladi. Bu yaylovlar xaydaladi, ugitlanadi va yilning kuruk
fasllarida sugoriladi. 
Antropogen landshaftlar. Ma’lumki geografik kobik, va uning tarkibida

mavjud bulgan landshaft sferasi doimo rivojlanishda. Landshaft


sferasining xozirgi kiyofasini uzgarishini va shakllanishini uchta yirik 
jarayonlar guruxi belgilaydi: geografik zonallik jarayonlar, geologik jarayonlar va
inson faoliyati tufayli geokomplekelarni uzgarishini tobora kuchayishi jarayoni. 
Darhaqikat, insonning xujalik faoliyati tabiat komponentlariga juda tez tasir
etadigan, geografik muxitning kiyofasini kuz ungingizda uzgartiradigan kuchli 
jarayondir. Masalan, tabiat granitli koyalarni 6000 yilda 1 m tezlik bilan yemirsa,
inson bir necha ming marta tezlik bilan portlatishlar yordamida koyalarni yemiradi, 
relefni uzgartiradi, tog yon bagrlarini terrasalashtiradi, kanallar utkazadi, suv
omborlari kuradi, madaniy ekinzorlar barpo etadi va x.k. Bular inson faoliyati 
tufayli landshaft sferasi tarkibida vujudga kelgan antropogen landshaftlar
hisoblanadi. 
Inson tomonidan tabiat asosida sun’iy ravishda yaratilgan antropogen
landshaftlar tabiiy geografiyada va landshaftshunoslikda yangi muammodir. 
Xozirga kadar ularni haritalashtirish, tiplashtirish va tasniflashtirish olimlar
tomonidan tulik ishlab chikilmagan. Landshaft sferasining xozirgi strukturasini 
tashkil etuvchi geotizimlarni antropogen landshaftlar bilan kam uzgartirilgan tabiiy
landshaftlarning xududiy hamoxang majmuasidan tashkil toptan. 
Antropogen landshaftlar tabiiy landshaftlardan farq kilib, ularda modda va
energiya almashinish mexanizmi, namlik, mineral va organik moddalarning 
aylanma harakati uzgargan, sugoriladigan tuproklarda agroirrigatsion yotkiziklar
vujudga kelgan, usimlik va xayvonlarning tur tarkibi, tabiiy jarayonlarning fasliy 
ritmikasi, landshaft tiplarining tashki kiyofasi uzgargan.
Binobarin, inson o‘zining xujalik faoliyati davomida geokomplekslarning 
ko‘pchilik komponentlarini uzgartiribgina kolmasdan, balki yangi antropogen
landshaftlarni ham vujudga keltiradi. Antropogen landshafta komplekslari hamma 
geografik zonalarda, tog‘li ulkalarda uchraydi va ular turli xil zonal sharoitlarda
shakllanadi. Har bir zona uzining antropogen landshaftlar majmuasiga ega. 
Masalan, arid iklimli Urta Osiyo ulkasining antropogen landshaftlari voxali shahar,



vohali kishlok, voxali antrolandshaft, baxorikor agrolandshaft, irrigatsion landshaft


terassalashtirilgan tog yon bagri urmonlari kabilardan tarkib topgan. 
Antropogen geokomplekslarning tabiiy sharoiti tabiiy landshaftlardan uziga
xos xususiyatlari bilan farq kiladi, ular kaysi zonaning xududida vujudga kelgan 
bulsa, shy zonaning tabiiy sharoiti bilan boglik xolda rivojlanadi va tabiiy
konuniyatlar asosida tarakqiy etadi. Ular uzining xujalikda foydalanish va kelib 
chikish xusuyesiyatlariga kura ikki xil toifaga bulinadi: madaniy va madaniy
bulmagan geotizimlar. 
Madaniy landshaftlar maqsadga muvofiq uzgartirilgan geokomplekslar bulib,
ular tabiiy xolda uz-uzidan rivojlanish xususiyatiga ega emas. Agar, maksadga 
muvofiq uzgartirilgan tabiiy jarayonlarni inson kullab-kuvvatlab va boshkarib
turmasa, u xolda madaniy landshaftlar uz-uzidan tiklana olmaydi. Ammo, bundan 
madaniy landshaftlarning yashash muddati kiska degan xulosa chikarish kerak
emas. Chunki sayyoramizda insoniyat mavjud ekan, axoli soni orta borar ekan, 
madaniy landshaftlar ham uzining mavjudligini, boyligini, gorizontal va vertikal
rivojlanishini davom ettiraveradi. Shuning uchun madaniy landshaftlar inson 
tomonidan boshkariladigan geotizimlar hisoblanadi. Urta Osiyo voxalari madaniy
landshaftlarga tipik misoldir. Madaniy bulmagan landshaftlarga kishlok xujaligida 
foydalanishdan chikib kolgan tashlandik yerlar, kayta shurlangan va botkoklangan
maydonlar, karerlar, rudalari ajratib olingan tog jinslari, irrigatsion jarlar va 
boshkalar kiradi.
Shunday kilib, yukorida taxlil kilingan fikr va muloxazalarga asoslangan 
xolda antropogen landshaftning moxiyatini kuyidagicha ta’riflash mumkin.
Antropogen landashft deb Yer yuzasining tubdan uzgartirilgan, inson xujalik 
faoliyati tufayli vujudga kelgan va shakllangan, hamda kelib chikishi nuktai
nazaridan tabiiy landshaftlar kabi mustakil genetik katorga ega bulgan geografik 
kompleksga aytilada. Antropogen dandshaftlarni landanaftshunoslikning muxim
ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bulgan tarmoklaridan biri - antropogen 
landshaftshunoslik urganadi.
Xozirgi barcha landshaftlar inson xujalik faoliyati ta’sirida 
uzgarish darajasiga karab oltita guruxga bulinadi..
1. Deyarli uzgarmagan tabiiy landshaftlar (muzliklar, kutbiy va eng arid 
saxrolar, baland tog landshaftlari, foydalanilmaydigan urmonlar va
utloklar, kurikxonalar, uzlashtirilmagan landshaftlar). 
2. Kuchsiz uzgargan landshaftlar (maksadga muvofik foydalaniladigan
urmonlar, tabiiy utloklar, yaylovlar, suv xavzalari, milliy boglar. Bu 
landshaftlarda asosiy tabiiy alokalar buzilmagan).
3. Buzilgan landshaftlar (ikkilamchi siyraklashgan urmonlar, makvis 
tipidagi butazorlar, musson urmonlari urnida hosil bulgan savannalar,
siyrak urmonlar va butazorlar. Bular tabiiy resurslardan uzok vakt 
davomida noto'g'ri foydalanish tufayli vujudga kelgan).
4. Kuchli buzilgan landshaftlar yokn antropogen bedlend (erozion bedlend, 
ikkilamchi shurlangan va botkoklashgan yerlar, kuchma kumlar, konlardan
chikqan tashlandik tog jinslari, antropogen karst va boshkalar. Budar ham tabiiy 
resurslardan notutri foydalanish natijasida vujudga kelgan).



5. Uzgartirilgan yoki madaniy landshaftlar (voxalar, boglar, kup yillik


ekinlar plantatsiyalari, antropogen urmon polosalari, madaniy utloklar, 
terrasalashtirilgan yon bag‘rlardagi urmonlar va boglar. Bu landshaftlarda tabiiy
alokalar u yoki bu darajada maksadga muvofik uzgartirilga). 
6.
Sun’iy landshaftlar (shaharlar, kishoklar, sanoat-energetik va transport 

uzellari, tug‘onlar, suv omborlari, yer usti kommunikatsiyalari va x,k. Bular tabiat


asosida inson tomonidan yaratilgan). 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin